A k s iy a d o r L ik k o m paniyasi bosh t a h r ir iy a t I t o s h k e n t



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana03.07.2021
Hajmi2,74 Mb.
#108021
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
2 5226871986872910301

—  Kiring!
A lim ardon  ovoz  egasini  tanidi:  “ Z ufar  Xodiyevich! 
H ozir  urishadi!”
U  eshikni  shaxt  bilan  ochdi.  Jajyigina  xona  billur 
qandildan  yog‘ilayotgan  nurga  to ‘lgan,  devorlardagi 
keksa  artistlarning  suratlari  solingan  ram kalar  oynasi 
yaraqlab  turardi.
Z ufar  Xodiyevich  kattakon  stol  orqasida  kresloga 
og‘ir gavdasi  bilan  c h o ‘kib  o ‘tirar,  sigaret  tutatar,  oppoq,
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


siyrak  sochlari  chiroq  nurida  yaltillardi.  U ning  xiyol 
ochiq  lablaridan  ozidagi  u c h -to ‘rt  tilla  tishi  k o ‘rinib 
turar,  chehrasida  charchoq  bir  ifoda  bor  edi.
—  Yana  kech  qoldingizm i?  —  Z ufar  Xodiyevich  kafti 
bilan  tam aki  tu tunini  haydab  koyidi.  —  Shu  odatingizni 
qachon  tashlaysiz?
A lim ardon  indam ay  turaverdi.  U   teatr  badiiy  rah- 
barining  qattiqqoMligini,  unga  gap  qaytarm aslik  kerakli- 
gini  bilar,  am m o  uning yoshlarni  yaxshi  k o ‘rishidan  ham  
xabardor  edi.  U  A lim ardonni  ishga  olayotganda  ham m a 
sharoitni  yaratib  berishga,  gastrollarga  olib  chiqishga 
v a’da  bergan  edi.  C h in d an   ham   v a’dasini  bajardi. 
A lim ardon  yoz  b o ‘yi  respublikaning  ham m a  viloyatlariga 
borib  keldi...
U  tag ‘in  n im a   d e rk in ,  degan  xayolda  Z u far 
X odiyevichdan  ko ‘z  uzm ay  turaverdi.
— 
G rim x o n ag a 
kirm aysizm i? 
— 
dedi 
Z ufar 
Xodiyevich  tag‘in  o ‘sha  koyigan  ohangda.
A lim ardon  hech  nim a  dem ay,  keskin  burildi-da, 
chiqib  ketdi.
U  sahna  chekkasiga  surib  q o ‘yilgan  parda  oldiga  bor- 
ganida  konsert  qizib  ketgan  edi.  Y ana  ikkita  nom erdan 
keyin  konferansye  qiz  shoshilib  kelib,  uning  qulog‘iga 
shipshidi:  “Tayyorm isiz?  C hiqing!”  U  A lim ardonning 
javobini  ham   kutm ay,  sahna  o ‘rtasiga  borib  e ’lon  qildi:
—  N avbat  yosh  artist  A lim ardon  T o ‘rayevga!
G ulduros  qarsaklar zalni  titratib  bordi.  U ning  nazari-
da odam lar q o ‘shiqning  nom ini  eshitishga  ham   to q at  qil- 
may,  o ‘zini  ko ‘rishga  oshiqardilar.  A lim ardon  yengil, 
ishonchli  qadam lar  bilan  sahna  o ‘rtasiga  —  m ikrofon 
oldiga  yetib  bordi.  H am on  havoni  qarsaldar  titratar,  u 
yurib  em as,  m ana  shu  qarsaklar  qanotida  uchib  sahnaga 
chiqqandek  edi.  A lim ardon  bir  vaqtlar  sahnada  qay 
holatda  k o‘rinishni  orzu  qilgan  bo ‘lsa,  hozir  xuddi  o ‘sha 
holatda  edi.  U  chust  d o ‘ppi,  qora  kostum   shim   kiyib 
olgan,  neylon  ko‘ylagining  kraxm allangan  yoqasi  tagida 
chiroyli  yaltiroq  galstuk  yonib  turardi.  U  bir  vaqtlar 
telestudiyada  ilk  bor  qoMiga  ushlab  tom osha  qilganidan 
ham   yaxshiroq  to r  ko‘tarib  turardi.
A lim ardon  qoshini  biroz  chim irib jilm aydi-da,  ohista 
ta ’zim   qildi.  Zal  yana  guvullab  ketdi.  Torning jozibador 
yangroq  sadolari  kungurador  shiftlarga  urila  boshlagach,
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


zal  sekin-sekin  tinchib  qoldi  A lim ardon  o ‘zi  bastalagan 
yangi  q o'shiqni  a jta   boshladi.  C hehrasida  ham on  o ‘sha 
tabassum   bilan  zavqlanib,  yurak-yurakdan  erib  aytdi.
Q o‘shiq  tugashi  bilan  zal  yana  dengiz  to ‘lqiniday 
guvullab  ketdi.  A lim ardon  ohista  burilib  ketarkan,  tag‘in 
bir  m arta  ta ’zim   qildi.  A m m o  zal  tinchish   rniga  battar 
to lq in la n ib ,  o dam lar   m id an   turib  ketdi.  Konferansye 
qiz  uni  q o iid a n   yengilgina  tortib,  yana  m ikrofon  oldiga 
yetaklab  bordi.
—  “Yigit  q o ‘shig‘i!”  —  dedi  u  jarangdor  ovozda.
Zal  suv  quygandek  jim jit  bo ‘lib  qoldi.  A lim ardon
yana  o ‘sha  tabassum   bilan,  yana  o ‘sha  zavq  bilan  kuyla- 
di.
Q o ‘shiq  oxirlashi  bilan  shiftlar  tag ‘in  larzaga  keldi.  U 
bu  safar  c h u q u r  ta ’zim   etdi-da,  parda  orqasiga  o ‘tib 
ketdi.
Konferansye  navbatdagi  artistlar  nom ini  e ’lon  qila 
boshlagan  edi,  tom oshabinlar  guvullab,  tartibsiz  qarsak 
chalib  yuborishdi.  Z um   o ‘tm ay  qarsaklar  bir  m e’yorda 
takrorlanuvchi  gurs-gurs  etgan  ovozga  aylanib  ketdi. 
O d am lar 
n av batd a 
chiq ay o tg an  
so zan d alarn in g  
peshanasiga  mix  qoqayotganday  baravar  qarsak  cha- 
lishar,  Alim ardonriing  o ‘zini  talab  qilishardi.
A lim ard on   h ay ajo n lan ib   ketdi.  K o nferansyening 
e ’lon  qilishini  ham   kutm ay,  tez-tez  yurib  sahnaga  chiqib 
bordi.  Zalga  em as,  sutdek  oqish  n u r  to ‘kib  turgan 
qandillarga  qarab  yangi  q o ‘shiq  boshladi.
U  olqishlar  ostida  sahna  chetiga  chiqishi  bilan  Zufar 
X odiyevichning   azabdan  chaqnagan  ko ‘zlariga  to ‘q- 
nash  keldi.
—  In so f borm i  sizda?  S an’atkorlik  odobi  bormi?
A lim ardon  indam adi.  U ning  kzlariga  dangal  tikilib
turib,  masxarali  kulib  q o ‘ydi.
Z ufar  Xodiyev  ch  o ‘zini  bosib  ololm as,  A lim ardon 
bem alol  jilm ayar,  pastda  esa  zal  ham on  guvullar, 
A lim ardonni  talab  qilib  qiy-chuv  ko ‘tarardi.
A lim ardon  m ana  shu  sahna  tez  kunda  butunlay 
o ‘ziniki,  yolg‘iz  o ‘:riniki  b o ‘lib  qolishini  hozir  aniq  bildi.
*  *  *
A lim ardon  sahna  chekkasida,  o ir  zangori  baxmal 
pardaning  tirqishidan  zalni  kuzatib  turardi.  U   h ar  safar
5/
www.ziyouz.com kutubxonasi


sahnaga  chiqishdan  oldin  shunaqa  —  bir  chekkada  turib 
zalni  tom osha  qiladi  ko‘ngli  shodon  tuyg‘ularga  lim m o- 
lim  tlib  k«tadi.
Z aldagi 
k atta k o n  
q an d il 
hali 
 ch m a g an , 
tom oshabinlar  qatorlar  o ‘rtasidagi  yoMakdan  shosha- 
pisha  o ‘tib,  o ‘z  o ‘rinlarini  qidirishardi,  hali  ochilm agan 
sahna  tom onga  orziqib qarab-qarab  q o ‘yishardi.  U lar  har 
xil:  yosh,  qari,  erkak,  ayol...  Q andaydir bir yarim -ikki  yil 
ichida  butun  0 ‘zbekistonni  hayratga  solib  q o ‘ygan 
A lim ardon  T o ‘rayevni  ko‘rishga,  dildor  ovozini  eshitish- 
ga  uzoq-yaqindan  kelgan  od am lar  shular.
A lim ardon  miyig‘ida  kulib  q o ‘ydi.  H a,  u  shod  edi!  U 
chindan  ham   butun  0 ‘zbekistonni  zabt  etganini  bilar, 
bilgan  sayin  quvonardi.  O dam lar  butunlay  m ahliyo 
bo‘lib  qolganga  o ‘xshardi.  U ning  konsertiga  eng  chekka 
qishloqlardan  kelishar,  ikki  hafta  ilgari  olib  q o ‘yilmasa 
biletlar  topilm as,  shunda  tom oshabinlar  har  bir  pattani 
o ‘n  barobar  bahosiga  b o ‘lsa  ham   olib  tushishardi.
A lim ardon  o ‘zining  nim a  uch u n   bunchalik  tez  tanilib 
ketganligini  biladi.  U  odam larning  yuragini  qitiqlash  sir- 
larini  o ‘rganib  oldi.  Q o ‘shiqdagi  har  bir  yangi  ohang 
tom oshabinning  zavqini  toshirib  yuborishini,  h a r  bir 
harakat  olam -olam   olqish  hadya  etishi  aniqligini  tushu- 
nib  qoldi.  0 ‘zi  bastalayotgan  kuylarda  quvonch  bilan 
iztirob,  m uhabbat  bilan  sadoqat  —  h am m a-ham m asini 
m ujassam   etishga  urindi.  H a r  bir  ashulada  hech  qachon 
takrorlanm as  ohang  b o ‘lishi,  q o ‘shiqlarining  har bir so ‘zi 
tinglo v ch in ing   y urak-yuragiga  yetib  borishi  uch u n  
harakat  qildi.  Shu  tufayli  shinavandalar  uni  ehtiros  bilan 
olqishlaydigan  bo ‘ldilar.
A lim ardon  to ‘ylarga  ham   ko‘p  qatnaydi,  am m o 
arzon-garovga  emas.
Zalda  gulduros  qarsaklar  yangradi.  A lim ardon  yana 
parda  tirqishidan  m o ‘raladi.  Oldingi  qatorlar  liq  to ‘Igan, 
orqaroqda  esa  joyini  topolm agan  tom oshabinlar  zir 
yugurishar  edi.  U  soatiga  qarab  q o ‘ydi.  T om osha  bosh- 
lanishiga  besh  m inul  qolgan.  U  burilib  ketayotganida 
yana  zal  guvullay  boshladi.
M ana,  ikki  yildirki,  A lim ardon  shu  qarsaklar  havosi- 
da  uchib  yuribdi.  U  xuddi  oyga   xshardi.  K un  sayin 
tiniqlashib,  kun  sayin  yorqinlashib,  balandlab  borardi. 
U ning  silliq  taralgan  sochi  ustidan  chust  d o ‘ppi  kiyib,

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish