1. Tashkiliy ta’sir — korxona faoliyatini muvofiklashtirib turuvchi me’yoriy
hujjatlar (korxona nizomi, jamoa shartnomasi, shtatlar jadvali, xizmat yo’riqnomalari,
ish o’rnini tashkil etish qoidalari)ga asoslangan. Tashkiliy ta’sir yuqori darajada
yo’lga qo’yilgan korxonalarda mehnat va ijro intizomi, pirovard ishlab chiqarish
natijalari yuqori bo’ladi va farmoyish ta’sirini qo’llashga hojat bo’lmaydi.
2. Farmoyish bilan ta’sir ko’rsatish — boshqaruv maqsadlariga bevosita ma’muriy
boshqarish orqali erishishga qaratilgan. Personalga farmoyish orqali ta’sir ko’rsatish
vositalariga ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va ijro intizomi, mehnatni
me’yorlash, ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga qaratilgan rahbariyat
farmoyishlari, buyruqlari, ko’rsatmalarini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |