A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni


Ishlab  chiqarishning  tarkibiy  bo’linmasi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/527
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#258568
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   527
Bog'liq
3641-Текст статьи-9417-1-10-20201126

Ishlab  chiqarishning  tarkibiy  bo’linmasi  —  ishlab  chiqarishii  tezkor  boshqarish 
vazifalarini  bajaruvchi  hamda  moddiy  mahsulot  ishlab  chiqarishni  (uy-joylar,  tayyor 
mahsulotlar,  yuk  tashish  va  boshqalar)  ta’minlovchi  boshqaruvning  mustaqil 
bo’ginidir. 
 
2.3. Xususiy korxonada personal mehnatini tashkil etish va boshqarish 
 
Menejmentda  “mehnat"  va  “ish"  tushunchalarining  o’z  ta’riflari  mavjuddir. 
Mehnat  —  iqtisodiy  maqsadga  muvofiq  faoliyatdir.  Ish  –  shartnoma  asosida,  ya’ni 
mehnatga  haq  to’lash  va  boshqalarga  bo’ysunish  asosida  bajariladigan  mehnat 
faoliyati turidir. 
Mehnatni  tashkil  etishga  juda  ko’p  omillar:  texnologiyalar,  milliy,  tarmoq  va 
korporativ  madaniyat,  tovar  va  mehnat  bozorlari,  davlat  va  kasaba  uyushmalar 
tomonidan muvofiqlashtirish va boshqalar ta’sir ko’rsatadi. 
Insonlar tovarlar va xizmatlar yaratish hamda ularni sotish uchun o’z bilim va 
tajribalarini birlashtiradilar. Shu nuqtai nazardan, mehnatni tashkil etish insonlarning bu 
maqsadga  erishish  uchun  o’zlariga  yuklatilgan  shaxsiy  topshiriqlarni  qay  tarzda  bajara 
olishlarini  belgilab  beradi.  Odatda,  bu  holda  korxona  jamoasi  o’rtasidagi  mehnat 
munosabatlari  tizimini  shakllantiradigan,  taqsimotini  muvofiqlashtiradigan  va  aniq 
belgilab  qo’yilgan  ish  qoidalarini  rasmiylashtiradigan  tuzilma  tarkib  topadi.  Bunday 
muvofiqlashtirish  natijasida  bir  toifa  xodimlar  boshqalarga  bo’ysunadigan  va  ular 
tomonidan nazorat qilinadigan bo’ladilar. 
Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatadigan quyidagi omillar mavjud: 
1. Mehnat ta’siri (bozorda tovar va ishchi kuchiga talab, geografik, demografik 
va madaniy omillar). 
2. Texnologiya  ta’siri  (XX  asrning  birinchi  yarmida  industrial  ishlab 
chiqarishda  konveyer  usulining,  so’nggi  yillarda  axborot  texnologiyalarining 
qo’llanishi mehnatni tashkil etishda tub o’zgarishlarga olib keldi). 
3. Strategik  ta’sir.  Ushbu  masalada  qarorni  kompaniya  bosh-qaruvchilari 
qabul  qilishlariga  qaramasDan,  ana  shunday  qarorlarga  kelishga  yuqorida  qayd  etilgan 
ikki ta’sirni hisobga olmaslikning iloji yo’q. 
Mehnatni  tashkil  etishga  o’ziga  xos  yondashuv  Tavisto  inson  munosabatlari 
instituti  tadqiqotlarida  o’z  ifodasini  topdi.  Ushbu  yondashuv  “ijtimoiy-texnik  tizimlar” 
(“sotsiotexnik") nomini oldi. Institut tadqiqotchilari mazkur tizimning ikki jihati: 
1) ijtimoiy  omillar  (xususan,  xodimlar  o’rtasidagi  munosabatlar,  ularning 
shaxsiy va jamoa munosabatlari); 
2) texnik  omillar  (xususan,  mashina-uskunalar,  texnologik  jarayon,  muhit)ni 
uyg’unlashtirish muvaffaqiyat garovi ekanligini ta’kidlaydilar. 
Mehnatni  ijtimoiy-texnik.  tamoyillar  asosida  tashkil  etish  ikkita  asosiy 


 
40 
xususiyatga  ega.  Birinchidan,  bu  ishchi  guruhlarining  mustaqilligini  kengaytirishni 
ko’zdatutadi.  Bu  tizim  boshqaruvda  guruhlarga  ishlab  chiqarish  topshirig’ini 
bajarishda  muayyan erkinliklar berishga asoslangan. Masalan, ushbu tamoyilga amal 
qilingan  „V
OLVO
"
 
kompaniyasida  ishchilar  ishlab  chiqarish  jarayoni  butun  bir 
bosqichini  nazorat  qilish  vakolatiga  egalar.  Ular  o’zlariga  berilgan  mustaqillikdan 
foydalangan  holda,  mazkur bosqich  doirasida ish topshiriqlarini o’zlari taqsimlaydilar. 
Ikkinchidan,  ijtimoiy-texnik  tizimda  asosiy  diqqat-e’tibor  konveyer  liniyalaridan 
“katak” tamoyili asosida tashkil etilgan ishlab chiqarishga qaratiladi. Bu usulda ishchi 
zarur  butlovchi  va  ehtiyot  qismlar,  asboblar  bilan  ta’minlangan  bo’lib,  yig’uv  birligi 
(buyum)ni  boshidan  oxirigacha  o’zi  tayyorlaydi.  Mazkur  holda  mehnat  operatsiyalari 
xilma-xilligi pirovard natijaga yo’naltirilishi yuksak  malakaning zarurligi, mehnatda 
katta qoniqish hosil qilishni ta’minlaydi. 
XX asrning  70-  yillarida  Yaponiya  kompaniyalarining  mehnatni    tashkil  etish 
tizimi  ularga  o’sha  davrda  (1973  yilda)  ro’y  bergan    “neft’  taqchilligi”dan  so’ng 
raqobatchilikda katta ustuvorlikni ta’minladi. Ushbu usul yuksak sifatli mahsulotni kam 
sarf-xarajat bilan ishlab chiqarishga asoslangandi. 
Yaponiya  kompaniyalari  yuksak  sifatga  erishish  uchun  intilish  mehnat 
unumdorligining  pasayishiga  olib  keladi,  degan  aqida  ildiziga  bolta  urib,  mehnatni 
tashkil etish an’anaviy tasavvurlarini qayta ko’rib chiqishga majbur qildilar. 
Ma’lumki,  ommaviy  mahsulot  ishlab  chiqarishga  an’anaviy  yondashuv 
omilining  mezoni  deb  tayyorlangan  mahsulot  miqdori  hisoblanardi.  Sifat  mezoniga 
esa ikkinchi darajali, deb qaralardi. Bu tamoyilda ishlab chiqarish jarayonida muayyan 
darajada  brakka  yo’l  qo’yilishini  tabiiy  hol,  deb  baholash  odat  edi.  Bu  brak 
keyinchalik  qo’shimcha  mehnat  sarf  qilinishi  hisobiga  bartaraf  etilar  yoki  brak 
mahsulotlar korxonada to’planib yotaverardi. 
Keskin  raqobat  kurashida  o’z  mavqelarini  saqlab  qolish  uchun  g’arb 
kompaniya  va  firmalari  yaponlarning  kam  sarf-xarajat  bilan  yuqori  sifatli  mahsulot 
ishlab chiqarishdan iborat  mehnatni tashkil etish  usullarini  o’z korxonalarida qo’llashga 
kirishdilar.  Xususan,  “Ford  motor  companie"  “Yaponiya  izidan"  strategiyasini  joriy 
eta boshladi. Bu Fordning ommaviy ishlab chiqarish usuli o’rniga yapon menejmentini 
joriy  etishni  anglatardi.  Ya’ni,  amerikalik  avtomobilsozlar  ham  o’zlarining  unchalik 
tayyorgarlikka  va  malakaga  ega  bo’lmagan  ishchilarini  yuqori  malakali  va  o’rgatilgan 
mugaxassislarga almashtirish yo’lini tutdilar. 
XX  asrning  80-yillarida  Massachusets  texnologiya  instituti  olimlari  yapon 
avtomobilsozlarining raqobat kurashidagi muvaffaqiyatlari manbalarini chuqur tadqiq 
etishga  qaratilgan  Xalqaro  Dasturni  amalga  oshirdilar.  Shu  tariqa  “Tejamkor 
menejment" nomi Ni olgan mehnatni tashkil etish usulining ilmiy asoslari yaratildi. 
Ushbu  usulda  “tejamkor"  ishlab  chiqarish  tizimi  barcha  darajalarda,  iloji 
boricha,  yuksak  samaradorlikka  erishib,  raqobatda  ustuvorlikni  ta’minlash  tamoyiliga 
asoslangan.  Mazkur  yondashuv  shilab  chiqarish  jarayonida  foydalaniladigan  hamma 
narsani,  ayniqsa,  pirovard  mahsulot  qiymatiga  qo’shilmaydigan  barcha  yordamchi 
jarayonlardagi sarf-xarajatlarni muttasil kamaytirib borishni talab etadi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  53-  moddasiga  muvofiq  “Xususiy 


 
41 
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir”
1
. Davlat boshqaruv 
organlari tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlab kelmoqdalar. Bu: 
— tadbirkorlik  huquqiy  kafolatlari  mustahkamlanayotganda,  ayni  shu 
kafolatlarni  mustahkamlashga  qaratilgan  me’yoriy  hujjatlar  muttasil  takomillashtirib 
borilayotganida; 
— tadbirkorlik  faoliyati  sub’ektlarining  huquqiy  va  qonuniy  manfaatlari 
ishonarli himoya qilinayotganida; 
— tadbirkorlik  faoliyati  sub’ektlariga  moliyaviy,  moddiy-texnik  va  axborot 
resurslaridan  erkin  foydalanishda,  ular  o’z  mahsulotlarini  tashqi  va  ichki  bozorda 
sotishlarida, ishbilarmonlar uchun konsalting, lizing, sug’urta va boshqa xizmatlar tizimi 
rivoj-lantirilayotganda,  kadrlar  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirishda, 
boshqa ko’pgina masalalarda ko’maklashayotganda o’z ifodasini topmoqda. 
Amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  xususiy  korxonalar  kichik  va  o’rta 
tadbirkorlik sub’ektlariga bo’linadi.  

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   527




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish