6-BOB. BYUDJETDAN TASHQARI MAQSADLI
JAMG„ARMALARNING DAROMADLARI VA XARAJATLARI
HAMDA ULARNING XUSUSIYATLARI
6.1. Byudjetdan tashqari jamg„armalar tushunchasi, mohiyati
va tasnifi
Ixtiyoriy davlat mavjud bo‗lishi uchun, mamlakatning ayrim
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‗nalishlarini qo‗shimcha moliyaviy
resurslar bilan ta‘minlash uchun byudjetdan tashqari jamg‗armalar
muhim ahamiyat kasb etib, ular markaziy yoki mahalliy hokimiyat
organlari tasarrufida bo‗lgan, maqsadli yo‗nalishi, shakllantirish va
foydalanish tartibi moliya huquqi bilan tartibga solinadigan moliyaviy
resurslar majmuini o‗zida aks ettiradi.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar turli darajadagi davlat organlari
tasarrufida bo‗lib, muayyan faoliyatni moliyalashtirish uchun
mo‗ljallangan maxsus jamg‗armalarda to‗plangan. Shunday qilib,
byudjetdan tashqari jamg‗armalar davlat moliyaviy resurslarini
shakllantirishning bir usuli sanaladi
77
.
Tarixiy jihatdan, davlat o‗z faoliyatini kengaytirishi barobarida bu
yanada yangi xarajatlarni talab qilardi. Ularni qoplash uchun mablag‗lar
maxsus jamg‗armalarda markazlashgan va maxsus maqsadlar uchun
mo‗ljallangan. Bunday mablag‗lar, odatda, vaqtinchalik xarakterga ega
bo‗lardi. Davlat tomonidan ko‗zlangan maqsadlarga erishilishi va ularni
moliyalashtirish to‗xtatilishi bilan jamg‗armalar ham o‗z faoliyatini
yakunlagan.
Maxsus jamg‗armalar soni muntazam o‗zgarib turgan: ayrimlari
paydo bo‗lsa, boshqalari bekor qilingan. Umuman, jamg‗armalar soni va
hajmining
ortish
tendensiyasi
kuzatilgan.
Byudjetdan
tashqari
jamg‗armalarning ko‗pligi muayyan moliyaviy noqulayliklarni yuzaga
keltirgan, chunki ayrim jamg‗armalarda mablag‗lar yetishmasligi,
77
Финансы, денежное обращение и кредит:. Учебник / Под ред. М.В. Романовского и О.В. Врублевской. 2-е
изд. М.: ЮРАЙТ, 2010. -С.180.
227
boshqasida esa ortiqchaligi kuzatilgan va bu ularni boshqarishda
qo‗shimcha
xarajatlarni
talab
qilgan.
Markazlashgan
davlat
mustahkamlanishi bilan jamg‗armalarni birxillashtirish davri boshlanadi.
Ushbu jamg‗armalarni sarflash qat‘iy belgilangan maqsad bo‗yicha
amalga oshiriladi, aynan esa: davlat va ijtimoiy sug‗urta, moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash uchun qo‗shimcha moliyalashtirish xarajatlari,
fiskal va huquq-tartibot organlarining ijtimoiy ta‘minoti, hududlarning
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish.
Zamonaviy shart-sharoitlarda byudjet bilan bir qatorda byudjetdan
tashqari jamg‗armalarning ahamiyati ham ortib bormoqda. Ushbu
jamg‗armalarning soni va hajmining ortishi bir qator sabablar bilan
izohlanadi. Birinchidan, davlat hokimiyati organlarida, ayniqsa, beqaror
iqtisodiyot sharoitida xo‗jalik hayotiga va tadbirkorlikni moliyaviy
qo‗llab-quvvatlashga aralashish uchun qo‗shimcha vositalar yuzaga
keladi. Ikkinchidan, bu jamg‗armalar byudjetdan ajratilgan holda, davlat
tomonidan alohida e‘tibor talab qilinadigan yangi muhim masalalarni hal
etish uchun mo‗ljallangan. Mablag‗laridan qat‘iy maqsadli foydalanish
asosida byudjetdan tashqari jamg‗armalarning paydo bo‗lishi davlat
nazorati yanada samarali kechishini ta‘minlaydi. Uchinchidan,
byudjetdan tashqari jamg‗armalar muayyan sharoitlarda, ya‘ni, aktiv
saldo mavjudligida byudjet defitsitini qoplash uchun ishlatilishi
mumkin.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar bir qancha asosiy yo‗llar bilan
tashkil qilinadi. Birinchi yo‗l – bu byudjetdan o‗ta muhim ahamiyatga
ega muayyan xarajatlarni ajratish bo‗lsa, ikkinchisi – o‗z daromad
manbalariga ega byudjetdan tashqari jamg‗armani shakllantirishdir
78
.
Masalan, ko‗plab mamlakatlarda aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlash uchun mo‗ljallangan ijtimoiy sug‗urta jamg‗armasi
tashkil etilgan. Boshqa jamg‗armalar jamiyat tomonidan alohida e‘tibor
talab qilinuvchi yangi ilgari ma‘lum bo‗lmagan xarajatlar kelib chiqishi
bilan bog‗liq ravishda paydo bo‗ladi. Bu holatda hukumatning taklifi
78
Финансы: Учеб. пособие / Под ред. AM. Ковалевой. 6-е изд. М.: Финансы и статистика, 2010. -С.62
228
bilan qonun chiqaruvchi organ mazkur byudjetdan tashqari jamg‗armani
shakllantirish bo‗yicha maxsus qaror qabul qiladi. Bir qator davlatlarda
iqtisodiy byudjetdan tashqari jamg‗armalar shu tariqa yuzaga kelgan.
Maxsus byudjetdan tashqari jamg‗armalar maqsadli foydalanish uchun
mo‗ljallangan. Odatda, jamg‗arma nomidan mablag‗larni sarflash
maqsadiga ishora qilinadi.
Moliya tizimining boshqa bo‗g‗inlari kabi byudjetdan tashqari
jamg‗armalarning moddiy manbai ham milliy daromad hisoblanadi.
Jamg‗armaning asosiy qismi uni qayta taqsimlash jarayonida vujudga
keltiriladi.
Jamg‗armalarni shakllantirishdagi qayta taqsimot jarayonida milliy
daromadni safarbar etishning asosiy metodlari quyidagilardir:
– maxsus soliqlar va yig‗imlar;
– byudjet mablag‗lari;
– zayomlar;
– yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari.
Birinchi holatda maxsus soliq va yig‗imlar qonunchilik hokimiyati
tomonidan o‗rnatiladi va bu maxsus jamg‗armalarni shakllantirishning
asosiy metodi hisoblanadi, ushbu metod asosan umumdavlat byudjetdan
tashqari jamg‗armalarini shakllantirish uchun qo‗llaniladi.
Davlat byudjetdan tashqari jamg‗armalarining salmoqli qismi
markaziy va mahalliy byudjetlar mablag‗lari hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet mablag‗lari beg‗araz subsidiyalar yoki soliq tushumlaridan
muayyan ajratmalar shaklida kelib tushadi.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalarning daromadlari sifatida qarz
mablag‗lari ham namoyon bo‗lishi mumkin. Byudjetdan tashqari
jamg‗armalar ijobiy saldoga ega bo‗lgan hollarda, u qimmatli
qog‗ozlarni sotib olish va dividendlar yoki foizlar shaklida foyda olish
uchun foydalanilishi mumkin.
Bundan tashqari, byudjetdan tashqari jamg‗armalarning daromad
qismi homiylik mablag‗lari, ko‗ngilli xayriya, yuridik va jismoniy
shaxslarning hadyalaridan tashkil topishi mumkin.
Jamg‗armalarning xilma-xilligi jamg‗armalar va moliya tizimining
229
boshqa bo‗g‗inlari o‗rtasida yuzaga keladigan murakkab ko‗p bosqichli
aloqalarni taqozo etadi. Shunga bog‗liq ravishda bir tomonlama, ikki
tomonlama va ko‗p tomonlama aloqalarni ajratib ko‗rsatish mumkin.
Bir tomonlama aloqalarda pul mablag‗lari moliyaviy bo‗g‗inlardan
byudjetdan tashqari jamg‗armalarga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Bunday aloqa
byudjetdan tashqari jamg‗armalarni shakllantirishda yoki ular tomonidan
mablag‗lardan foydalanishda yuzaga keladi. Masalan, ko‗plab
mamlakatlarning valyuta jamg‗armalari markaziy byudjet mablag‗lari
hisobiga qaytarilmaydigan subsidiyalar shaklida shakllanadi. Bir
tomonlama aloqa jamg‗arma o‗z mablag‗larining bir qismini boshqa
moliyaviy bo‗g‗inlarga o‗tkazib berganda ham kuzatiladi. Misol uchun,
maxsus soliqlar hisobiga shakllantiriladigan AQSh yo‗l jamg‗armasi o‗z
tasarrufida ortiqcha mablag‗ bo‗lgan vaqtlarda federal byudjetga zayom
taqdim etadi.
Ikki tomonlama aloqalarda pul oqimi byudjetdan tashqari
jamg‗armalar va moliyaviy tizimning boshqa qismlari o‗rtasida har ikki
yo‗nalishda ham harakat qiladi. Shunday qilib, ijtimoiy sug‗urta
jamg‗armalari nafaqat sug‗urta mukofotlari, balki markaziy byudjet
mablag‗lari hisobiga ham shakllantiriladi. Aktiv saldo mavjudligida ular
bir vaqtning o‗zida qimmatli qog‗ozlarni sotib oladi va byudjet kreditori
bo‗ladi.
Ko‗p tomonlama aloqalarda bir vaqtning o‗zida byudjetdan
tashqari jamg‗arma turli xil moliyaviy bo‗g‗inlar bilan bog‗lanadi, ya‘ni,
pullar ularning o‗rtasida turli yo‗nalishlarda harakat qiladi.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar mablag‗larini qayta taqsimlash
sohasi davlat byudjetinikiga nisbatan ancha tor bo‗ladi, chunki
byudjetdan tashqari jamg‗armalarning moliyaviy resurslarni qayta
taqsimlash doirasi jamg‗armaning maqsadli yo‗nalishlari bilan
cheklangan, tarmoqlararo jamg‗armalarda esa – tarmoqqa mansublik
tushunchasi ham mavjud. Moliya tizimidagi ushbu bo‗g‗inning qayta
taqsimlash funksiyasidagi bunday cheklov ayrim hollarda moliyaviy
resurslarni qayta taqsimlashning byudjet shakliga qaraganda bir qator
afzalliklarga ega. Moliyaviy mablag‗larning bir qismini byudjetdan
230
tashqari jamg‗armaga ajratishda markazlashgan manbalar va
ehtiyojlarning mutanosibligini o‗rganib chiqish osonroq, moliyaviy
resurslarning ushbu qismini boshqarish masalalari ancha tezkor hal
qilinadi, ushbu jamg‗armalar bo‗yicha defitsit muqarrarligi bartaraf
etiladi, binobarin, iqtisodiy inqiroz sharoitida byudjetlarda bunga
erishishning iloji yo‗q bo‗ladi.
Davlat byudjeti tarkibida konsolidatsiyalanadigan jamg‗armalar
hisoblanuvchi davlat maqsadli jamg‗armalari alohida o‗rin egallab,
ularning har biri uchun moliyalashtirish manbalari, har bir manbadan
kelib tushadigan mablag‗lar me‘yorlari va shartlari, shuningdek, ushbu
mablag‗lardan foydalanish mumkin bo‗lgan maqsadlar qonunchilik bilan
belgilangan bo‗ladi. Ulardan birida mablag‗lar yetishmasligi yuzaga
kelgan taqdirda, uning xarajatlarini qoplash uchun konsolidatsiyalashgan
davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi boshqa jamg‗armalar mablag‗laridan
foydalanish yoki davlat byudjetining o‗zida yoxud uning bir bo‗g‗inidan,
masalan, Respublika byudjetidan yordam berishi mumkin. Ortiqcha
mablag‗lar mavjud bo‗lgan sharoitda esa ushbu mablag‗lar keyingi
moliya yilida foydalanish uchun davlat maqsadli jamg‗armasida
qoldirilishi yoki boshqa byudjetdan tashqari jamg‗armalar tomonidan
foydalanish uchun yo‗naltirilishi mumkin.
Davlat moliya tizimining tarkibiy qismi bo‗lgan davlat byudjetdan
tashqari jamg‗armalari quyidagi kabi qator xususiyatlarga ega:
– hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtirilgan va
aniq maqsadli yo‗nalishlarga ega;
– jamg‗armalarning pul mablag‗lari byudjetga kiritilmagan davlat
xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi;
– asosan yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy ajratmalari
hisobiga shakllantiriladi;
– jamg‗armalarga sug‗urta badallari va ularni to‗lash natijasida
kelib chiqadigan o‗zaro munosabatlar soliq tabiatiga ega bo‗ladi,
badallar tariflari davlat tomonidan belgilanadi va majburiy sanaladi;
– jamg‗armaning pul mablag‗lari davlat mulki hisoblanadi, ular
byudjet tarkibiga, shuningdek, boshqa jamg‗armalarga kiritilmaydi va
231
qonunchilikda to‗g‗ridan-to‗g‗ri nazarda tutilmagan biron-bir maqsad
uchun olib qo‗yilmaydi;
– jamg‗armalardan mablag‗larni sarflash Hukumat yoki maxsus
vakolatli organ (Jamg‗arma boshqaruvi) buyrug‗i bilan amalga
oshiriladi.
Shunday qilib, byudjetdan tashqari jamg‗armalar davlat tomonidan
uning bir qator funksiyalari va vazifalari bajarilishini ta‘minlaydigan
instrumentlardan biri, degan xulosaga kelish mumkin.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalarning tasnifini ko‗rib chiqamiz:
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar huquqiy maqomi bo‗yicha
davlat va mahalliy jamg‗armalarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |