8. O„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„larning harakati.
8
organning) maxsus qarori bilan tasdiqlanadi. O‗z navbatida, tartibga
soluvchi daromadlardan mahalliy byudjetlarga tushgan mablag‗larning
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjeti bilan respublika
tasarrufidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari, viloyat byudjetlari bilan
uning tuman va shaharlari byudjetlari, Toshkent shahrining shahar
byudjeti bilan uning tumanlari byudjetlari o‗rtasida taqsimlanishi
tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan ajratma
me‘yorlari bo‗yicha amalga oshiriladi.
Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining byudjetlari
o‗rtasida taqsimlash O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan (byudjet daromadlarining g‗azna ijrosi yo‗li bilan) amalga
oshiriladi. Muayyan moliya yili uchun Byudjet kodeksida ko‗rsatilgan
daromadlar bo‗yicha ajratma normativlari belgilanmagan bo‗lsa, o‗sha
daromadlar to‗liq hajmda respublika byudjetiga kirim qilinadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya organlarining taklifiga ko‗ra
mahalliy soliqlarning to‗liq hajmda kiritiladigan byudjet darajasini
(masalan, viloyatning viloyat byudjeti yoki viloyatning tuman/shahar
byudjeti) belgilaydi. Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va
boshqarishda mahalliy byudjetlar uchun o‗rnatilgan cheklovlar muhim
ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga
ko‗ra balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‗lishlari
hamda mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo‗l
qo‗yilmasligi lozim. Shu sababli, mahalliy byudjetlarning daromadlari
va xarajatlarini balanslashtirish va ularning taqchil bo‗lmasligini
ta‘minlash maqsadida byudjet amaliyotida byudjetlararo munosabatlar
mexanizmlariga murojaat qilinadi.
Byudjetlararo transfertlar — O‗zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetiga,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli
jamg‗armalariga hamda buning aksicha o‗tkaziladigan, shuningdek,
Qoraqalpog‗iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha
o‗tkaziladigan mablag‗lar. Byudjetlararo transfertlar subvensiyalar,
o‗tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi, o‗zaro
hisob-kitoblar bo‗yicha mablag‗lar va maqsadli ijtimoiy transfertlar
shaklida amalga oshiriladi.
Subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi va
Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan
xarajatlarni
amalga
oshirish
uchun
ajratiladi.
O‗zbekiston
Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi
byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga
beriladigan
subvensiyalarning
miqdorlari
asosiy
makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari
tasdiqlanayotganda belgilanadi. Qoraqalpog‗iston Respublikasining
respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent
shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga
beriladigan subvensiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan
belgilanadi. Foydalanilmagan subvensiyalar joriy moliya yili oxirida
tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak
69
.
Tegishli ma‘muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan
va yuqori turuvchi byudjetga o‗tkaziladigan daromadlar ular qaysi
ma‘muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‗lsa, o‗sha ma‘muriy-
hududiy birlik byudjetiga o‗tkazib berilishi mumkin. O‗tkazib
beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:
–
O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi
turuvchi byudjetlarga — asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi
va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
–
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga — Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
tomonidan tasdiqlanadi. O‗zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga tushumlari o‗tkazib beriladigan
69
O‗zbekiston Respublikasi ―Byudjet kodeksi‖ 135-modda. O‗RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda
xo‗jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‗lanadigan
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‗mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Qoraqalpog‗iston
Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari o‗tkazib
beriladigan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan
to‗lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bilan
birgalikda tasdiqlanadi.
Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o‗tkazib
beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga
tushishi lozim bo‗lgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.
O‗tkazib beriladigan daromadlarni o‗tkazish ular bo‗yicha haqiqatda
tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq
bo‗lmagan miqdorda amalga oshiriladi (3-jadval)
70
.
Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga dotatsiya quyi
turuvchi byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subvensiyalar va
o‗tkazib beriladigan daromadlar hisobga olingan holda mazkur byudjet
daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda
ajratiladi. O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan davlat
maqsadli jamg‗armalarining byudjetlariga dotatsiya jamg‗armalar
xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga
olingan holda jamg‗armalar daromadlarining prognoz qilingan hajmidan
oshib ketgan taqdirda ajratilishi mumkin. Dotatsiyaning miqdori:
–
O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi
turuvchi byudjetlarga va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlariga
ajratilganda — asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi va Davlat
byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
–
Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar
70
O‗zbekiston Respublikasi ―Byudjet kodeksi‖ 136-modda. O‗RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda
byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajratilganda —
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Quyida keltirilgan 4-jadvalda umumdavlat soliqlari va mahalliy
soliqlardan ajratmalarning 2019-yil uchun Toshkent shahri mahalliy
byudjetlari me‘yorlari keltirilgan.
Byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida
byudjetlar parametrlari o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar
o‗rtasida yuzaga keladigan o‗zaro pul munosabatlaridir. Byudjetlararo
o‗zaro hisob-kitoblar:
–
qonun hujjatlari qabul qilinganligi;
–
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar
mahalliy
byudjetlari
daromadlarining
prognozi
aniqlashtirilganligi;
–
byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‗lari oluvchilarning
bo‗ysunuvi o‗zgarganda xarajatlar bir byudjetdan boshqa byudjetga
o‗tkazilganligi;
–
kapital qo‗yilmalar limitlari byudjetlar darajalari o‗rtasida qayta
taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga keladi.
Byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo‗lgan
summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan aniqlanadi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |