6.2. Xorijiy mamlakatlar moliya tizimida byudjetdan tashqari
jamg„armalarning ahamiyati
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar byudjet paydo bo‗lishidan ancha
avval yuzaga kelgan. Ularning paydo bo‗lishi davlat faoliyatining
233
kengayishi bilan bog‗liq bo‗lib, bu yangi xarajatlarni, mos ravishda,
ularni amalga oshirish uchun qo‗shimcha mablag‗larni talab qilgan.
Davlat jamg‗armalarining soni doimo o‗zgarib turgan. Ular, odatda,
vaqtinchalik xarakterga ega bo‗lib, maxsus jamg‗armalar yoki maxsus
hisob shaklida bo‗lgan, shuningdek, ularni boshqarish uchun qo‗shimcha
xarajatlar zarur edi.
Ilk byudjetdan tashqari jamg‗armalarga Xitoy, Hindiston, Misr,
Qadimiy Yunoniston va Qadimiy Rim kabi qadimgi dunyo
mamlakatlarida vujudga kelgan xayriya jamg‗armalarini kiritish
mumkin. Islom dunyosida ―vaqf‖ jamg‗armalari shakllanib, arab tilidan
tarjima qilinganda u ―fuqarolik muomalasidan chiqarilib, davlat
tomonidan diniy yoki xayriya maqsadlari uchun berilgan mulk‖ degan
ma‘noni anglatadi. Keyinchalik ushbu jamg‗armalar turli funksiyalarga
ega bo‗ldi: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqalar.
Markazlashgan davlatning mustahkamlanishi ko‗plab maxsus
jamg‗armalarni birxillashtirishga olib keldi, oxir-oqibat, ular davlat
byudjetiga (XVII asr oxiri) birlashtirildi.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida byudjetdan tashqari jamg‗armalarni
shakllantirish davlatlar tomonidan o‗z funksiyalari va vazifalarini to‗la
hajmda amalga oshirish uchun qo‗llanishda davom etadi. Masalan, XIX
asr oxirida Germaniya kansleri Otto fon Bismark dunyoda birinchi marta
ijtimoiy sug‗urta tizimini joriy qildi, u keyinchalik pensiya
jamg‗armalarini tashkil etishga asos bo‗lgan avlodlar oldida birdam
mas‘ullik tamoyiliga asoslangan bo‗lib, jahonning turli mamlakatlariga
keng tarqaldi.
1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida davlatlar
o‗rtasida byudjetdan tashqari pul mablag‗larining qo‗shimcha
jamg‗armalarini shakllantirishga ehtiyoj yuzaga keldi, bu davlatning
iqtisodiy rivojlanish jarayonida ta‘sirini kengaytirish zaruratidan kelib
chiqadi. Ushbu davrda iqtisodiy yordam va ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash
bo‗yicha davlat byudjetidan tashqari jamg‗armalari (ayrim ijtimoiy
234
guruhlar manfaatlarini himoya qilish uchun) paydo bo‗ladi
80
.
Hozirgi
shart-sharoitlarda
davlat
byudjetdan
tashqari
jamg‗armalarining dolzarbligi, ayniqsa o‗tish iqtisodiyotiga ega
mamlakatlarda, shuningdek, iqtisodiy inqirozlar davrida saqlanib
qolmoqda, chunki:
• ushbu jamg‗armalar byudjet bilan bir qatorda davlatga
iqtisodiyotga aralashish imkonini beradi va tadbirkorlikka moliyaviy
yordam ko‗rsatadi;
•
byudjetdan
tashqari
jamg‗armalarning
maqsadga
yo‗naltirilganligi va mo‗ljallanganligi davlat tomonidan ularning
mablag‗laridan
foydalanish
samaradorligini
nazorat
qilishni
yengillashtiradi;
• muayyan sharoitlarda (aktiv saldoning mavjudligida) byudjet
defitsitini qoplash uchun jamg‗armalar mablag‗laridan foydalanish
mumkin.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar qat‘iy maqsadga yo‗naltirilgan
bo‗lib, avtonom boshqaruvga ega bo‗ladi. Ular byudjetdan mazkur davr
uchun muhim ahamiyatga ega muayyan xarajatlar uchun mablag‗lar
ajratish asosida, yoki jamg‗armalarga daromadlarning o‗z manbalarini
biriktirish asosida tashkil etilishi mumkin.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar hajmiga ko‗ra mamlakatning
davlat byudjetiga yaqinlashadi, masalan, Fransiya va Yaponiyada davlat
xarajatlarining yarmidan ko‗pi, Buyuk Britaniyada esa uchdan bir qismi
byudjetdan tashqari jamg‗armalardan moliyalashtiriladi. Maxsus
jamg‗armalar hisobidan davlat korxonalarga subsidiyalar va kreditlar,
tashqi qarzlar ajratadi, aholi uchun ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatadi.
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar, odatda, muayyan maqsad uchun
yo‗naltiriladi. Masalan, ijtimoiy sug‗urta jamg‗armasi pensiya va nafaqa
to‗lovlarini to‗lash uchun mo‗ljallangan. Kredit jamg‗armalari
korxonalar yoki boshqa davlatlarga kredit berish maqsadiga ega bo‗ladi.
Biroq ayrim jamg‗armalarda xarajatlar turi har doim ham aniq
80
Сирожиддинова З.Х. Ўзбекистон Республикасининг Бюджет тизими. Дарслик. - Т. ―infoCom‖, 2010.
-б.343.
235
belgilanmagan. Misol uchun, Buyuk Britaniyada vazirlik va idoralarning
mablag‗lari qoldiqlaridan barcha jamg‗armalarda muvozanatni saqlab
turish uchun tashkil etilgan bosh g‗aznachi (moliya vaziri) jamg‗armasi
mavjud.
Yaponiyada soliq tushumlarini qayta taqsimlash uchun maxsus
hisob mavjud. Davlat byudjeti daromadlarining bir qismi ushbu hisobda
jamlanadi va mahalliy byudjetlarning ehtiyojlariga qarab yo‗naltiriladi.
Ushbu qayta taqsimot aholi soni o‗rtasida farq va prefekturalarning
rivojlanish darajasi bilan bog‗liq.
Maxsus jamg‗armalar huquqiy maqomi, foydalanish maqsadlariga
ko‗ra bir-biridan farqlanadi.
Huquqiy maqomiga ko‗ra maxsus jamg‗armalar davlat va mahalliy
jamg‗armalarga ajratiladi. Davlat jamg‗armalari markaziy hukumat
ixtiyorida bo‗ladi. Ularning eng muhimlari sirasiga investitsiyaviy,
valyuta va boshqa jamg‗armalarni kiritish mumkin.
Mahalliy hokimiyat organlarining tasarrufida ko‗plab mahalliy
jamg‗armalar mavjud bo‗lib, ularning orasida eng yirigi zayom
jamg‗armalari hisoblanadi. Buyuk Britaniyada XIX asrning oxiridan beri
bunday jamg‗arma kapital qo‗yilmalarni moliyalashtirish uchun
foydalaniladi. Foydalanish maqsadlariga bog‗liq ravishda maxsus
jamg‗armalar iqtisodiy, ilmiy-tadqiqiy, kredit, ijtimoiy, harbiy-siyosiy,
davlatlararo kabi turlarga bo‗linadi.
Iqtisodiy jamg‗armalar xo‗jalik hayotini tartibga solishga
qaratilgan. Unga, masalan, investitsiyaviy, konyunkturaviy jamg‗armalar
kiradi.
Ushbu jamg‗armalarning mablag‗lari, ayniqsa, davriy inqirozlar
paytida xususiy kompaniyalar va past daromadli davlat korxonalarini
moliyalashtirishga yo‗naltiriladi. Yordam beg‗araz subsidiyalar va
imtiyozli kreditlar shaklida taqdim etiladi.
AQShda federal byudjet mablag‗lari hisobidan shakllantiriladigan
iqtisodiyotni qayta qurish va rivojlantirish jamg‗armasi faoliyat
ko‗rsatadi. Uning asosiy vazifasi – xususiy sanoat kompaniyalari bilan
bank operatsiyalarini sug‗urtalashdir.
236
1984-yildan beri ushbu jamg‗arma orqali yangi iqtisodiy
rivojlanish dasturlari, eng avvalo, qora metallurgiyadagi dasturlarni
boshqarish amalga oshirildi. Ushbu jamg‗arma, ayniqsa, ishlab
chiqarishda inqiroz kuzatilgan yillarda xususiy biznesni rag‗batlantiradi.
Bundan tashqari, tadbirkorlikka madad shtatlar darajasida amalga
oshirilishi mumkin. Masalan, har bir shtat iqtisodiy taraqqiyot agentligi
jamg‗armasiga ega bo‗lib, uning maqsadi kompaniyalarga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri moliyaviy yordam ko‗rsatishdan iborat.
Ikkinchi
jahon
urushi
nihoyasiga
yetgach,
Fransiyada
modernizatsiya jamg‗armasi tashkil etilgan. 1955-yilda u boshqa
jamg‗armalar bilan birlashtirilgandan so‗ng, Iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot jamg‗armasiga (IITJ) aylantirildi. Unga asosan ssuda kapitali
bozoriga joylashtiriladigan zayomlar, shuningdek, byudjetdan ajratmalar
kelib tushadi. Jamg‗arma investitsiya dasturlar va mintaqaviy rivojlanish
rejalarini, mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni,
ishchi kuchlarini qayta tayyorlashni, sanoat korxonalarini industrial
markazlardan qoloq hududlarga ko‗chirishni moliyalashtiradi. Bunda
mablag‗lar umumdavlat taraqqiyot dasturiga muvofiq investitsiyalashni
amalga oshirayotgan davlat va xususiy korxonalarga qaytarilmas
ssudalar va uzoq muddatli imtiyozli zayomlar shaklida taqdim etiladi.
Yaponiyada investitsiyaviy byudjet (davlat investitsiyalari va
zayomlari dasturi) deb ataladigan yirik jamg‗arma mavjud bo‗lib, u
omonat, sug‗urta, pensiya va boshqa maqsadli jamg‗armalar
mablag‗laridan shakllantiriladi hamda davlat sektorini, shuningdek,
maxsus hisobni (markaziy hukumat yoki mahalliy hokimiyatlarning
avtonom byudjetlari) beg‗araz subsidiyalar va imtiyozli kreditlar
shaklida moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Ko‗plab mamlakatlarda fundamental tadqiqotlar olib boruvchi
ilmiy markazlarni qurish va ta‘minlash uchun, sanoatda ilmiy
tadqiqotlarni qo‗llab-quvvatlash uchun ilmiy-tadqiqot jamg‗armalari
tashkil etilgan. Masalan, AQShda ikkita yirik jamg‗arma mavjud: Milliy
fan jamg‗armasi (MFJ) va Standartlar Byurosining ilmiy jamg‗armasi
(SBIJ).
237
MFJ
mablag‗lari
federal
byudjet
tushumlari,
sanoat
korxonalarining foydasidan ajratmalar, universitetlar va kollejlar
badallari hisobidan shakllantiriladi. Ular fundamental tadqiqotlar
sohasidagi dasturlarni moliyalashtirish, ilmiy tadqiqotlar uchun olimlarni
mukofotlash, ilmiy markazlar qurish, o‗quv mashg‗ulotlari, kadrlar
tayyorlash uchun sarflanadi. SBIJ tajribalar o‗tkazayotgan va ilmiy
tadqiqotlarni sanoat hamda qishloq xo‗jaligida foydalanish darajasigacha
yetkazadigan kompaniyalarni moliyalashtiradi
81
.
Buyuk Britaniyada tadqiqotlarni rivojlantirish bo‗yicha milliy
korporatsiya jamg‗armasi mustaqil balansga ega va davlat byudjetiga
bog‗liq emas. Uning mablag‗lari ixtirolardan foydalanish huquqi uchun
litsenziyalarni sotishdan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Davlat
jamg‗armaga muddatsiz bo‗naklar va yillik subsidiyalar taqdim etadi.
Jamg‗arma mablag‗lari ilmiy muammolarni ishlab chiqish va ushbu
ishlanmalarning natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan
shug‗ullanadigan xususiy korxonalarning kapital qo‗yilmalariga
sarflanadi. Jamg‗arma mablag‗lari hisobiga davlat universitetlari, milliy
va xususiy kompaniyalarning laboratoriyalarida tadqiqotlar amalga
oshirilib, ular sanoat tomonidan o‗zlashtirishgacha yetkaziladi.
Kredit jamg‗armalari – davlat banklari, omonat kassalari, boshqa
kredit tashkilotlari tasarrufida bo‗lgan, qaytarish va foiz to‗lash sharti
bilan taqdim etiladigan resurslardir. Davlat buyurtmalarini bajaradigan
yoki mamlakatni rivojlantirish bo‗yicha davlat dasturlari doirasida
faoliyat
yurituvchi yuridik shaxslar bunday jamg‗armalardan
foydalanishda ustuvor huquqqa ega bo‗ladi. Kredit jamg‗armalari
Fransiyada ancha keng tarqalgan: Fransiya Banki, Tashqi savdo banki va
depozitar-ishonch kassalari.
Qo‗shma Shtatlarda uchta eng muhim tarmoq – qishloq xo‗jaligi,
uy-joy qurilishi va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‗yicha dasturlarni amalga
oshiradigan bir qator kredit jamg‗armalari faoliyat yuritmoqda. Qishloq
xo‗jaligini kreditlash uchun o‗rta muddatli kredit va federal kooperatsiya
81
Финансы. Учебник для вузов. Под ред. проф. Л. А. Дробозиной. М. ЮНИТИ. 2010 г. – С. 256.
238
bo‗yicha
federal
yer
banklari,
federal
banklar
faoliyatini
muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi fermerlik krediti ma‘muriyati
jamg‗armasi tashkil etilgan.
Mazkur kredit muassasalarining jamg‗armalari g‗aznachilik
mablag‗lari hisobidan, shuningdek, o‗z majburiyatlarini sotish orqali
shakllantiriladi va turli maqsadlar (hosilni sotish, omborlar qurish va
boshqalar) uchun ssudalar taqdim etishda foydalaniladi.
Amerika kapitalini eksport qilishda AQSh eksport-import banki
jamg‗armasi
muhim
o‗rin
tutadi.
Bank
Amerika
eksport
kompaniyalariga kredit (15-20 yil muddatgacha) beradi, xususiy
banklarning eksport kreditlari bo‗yicha kafolatlar taqdim etadi (kredit
summasining 30-60%i atrofida). Bank resurslarining asosiy manbai –
o‗z mablag‗lari va zayomlardir.
Yaponiyada ko‗p sonli kredit jamg‗armalari mavjud bo‗lib,
ularning orasida moliyaviy korporatsiyalar jamg‗armalari (uy-joy
qurilishini
moliyalashtirish,
kichik
va
o‗rta
korxonalarni
moliyalashtirish) va ixtisoslashgan banklar jamg‗armalari (Yaponiya
eksport-import banki, Yaponiya taraqqiyot banki, qishloq xo‗jaligi
uchun Markaziy kooperatsiya banki va boshqalar) ancha nufuzli
sanaladi.
Moliyaviy
korporatsiyalarning
jamg‗armalari
byudjetdan,
shuningdek, berilayotgan kreditlar uchun foizlardan shakllantiriladi.
Ushbu jamg‗armalar ―riskli korxonalarni‖ moliyalashtirish maqsadida
yoki boshqa kredit manbalaridan foydalana olmaydigan kompaniyalarga
yordam berish uchun o‗rtacha foizlar bilan zayomlar taqdim etadi.
Ijtimoiy jamg‗armalar – aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish uchun
mo‗ljallangan resurslardir. Ishlab chiqarish rivojlanishi natijasida
yollanib ishlovchilar sonining o‗sishi, ilmiy-texnik taraqqiyot tufayli
jamiyatning turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarida nomuvofiqlikning
kuchayishi va avvalroq tilga olingan boshqa omillar ijtimoiy sug‗urta
jamg‗armalarini ko‗paytirish zaruratini yuzaga keltirdi.
2008-yildan so‗ng ijtimoiy jamg‗armalarning miqdori 5-8 barobar
oshdi. Ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: jismoniy shaxslarning
239
sug‗urta badallari, tadbirkorlarning sug‗urta badallari, davlat
subsidiyalari.
Sug‗urtalangan shaxslarning badallari ularning daromadlaridan
to‗g‗ridan-to‗g‗ri chegirma, ya‘ni, mohiyatan, maqsadli to‗g‗ri soliq
sanaladi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda badal stavkasi yalpi
daromadga foiz sifatida belgilanadi va daromad miqdoridan proporsional
mustaqil hisoblanadi. Badalning yillik maksimal summasi yoki stavkasi
qo‗llaniladigan maksimal daromad nazarda tutiladi.
Badal stavkalari turli mamlakatlarda turlicha: AQShda – 7,15%
(jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir xil stavka), Buyuk Britaniyada –
5,7 va 9% (daromadga qarab), Fransiyada – 5,7%, Yaponiyada – 5,3%.
Ba‘zi mamlakatlarda, masalan, Amerika Qo‗shma Shtatlarida
jismoniy shaxslar tomonidan sug‗urtaning barcha turlari bo‗yicha bitta,
boshqa mamlakatlarda esa (Germaniya, Yaponiya) bir qancha badal
to‗lanadi, bunda ularni to‗lash ijtimoiy xizmatlarning ayrim turlaridan
foydalanish huquqini beradi.
Korxonalardan olinadigan sug‗urta badallari ish bilan band
xodimlarning umumiy ish haqiga emas, balki oldindan belgilangan
maksimal yalpi ish haqiga nisbatan foizlarda undiriladi, ya‘ni, ushbu
maksimumdan oshgan summa hisobga olinmaydi. Kompaniyada
malakali xodimlar ulushi va ularning ish haqi qancha yuqori bo‗lsa,
kompaniyaning ijtimoiy jamg‗armalarga ajratmasi shuncha kam bo‗ladi.
Ijtimoiy jamg‗armalarga ajratmalar ishlab chiqarish xarajatlariga
kiritiladi va narxlarni oshiradi. AQShda ijtimoiy dasturlarni amalga
oshirish uchun turli ma‘muriy bo‗ysunuvdagi ko‗plab ijtimoiy
jamg‗armalar faoliyat yuritadi.
240
2-rasm. AQShning yirik umummilliy jamg„armalari
Germaniyada ijtimoiy sug‗urta jamg‗armalari sug‗urtaning alohida
turlari, shu jumladan, ishchi va xodimlarning pensiya sug‗urtasi, kasallik
sug‗urtasi, ishsizlik sug‗urtasi va boshqalarni o‗z ichiga olgan avtonom
jamg‗armalar to‗plamini o‗z ichiga oladi.
Buyuk Britaniyada ikkita asosiy ijtimoiy jamg‗arma mavjud: milliy
sug‗urta jamg‗armasi va davlat korxonalarining pensiya jamg‗armasi.
Yaponiyada 4 ta yirik jamg‗arma mavjud: sog‗liq sug‗urtasi
jamg‗armasi, Milliy pensiya jamg‗armasi, ishlab chiqarishda
jarohatlanish sug‗urtasi jamg‗armasi va ishsizlikdan sug‗urtalash
jamg‗armasi.
Fransiyada eng muhim ijtimoiy jamg‗armalar orasida kasallik,
nogironlik, ona sug‗urtasi, pensiya jamg‗armasi, oilani qo‗llab-
quvvatlash jamg‗armasi, milliy ishsizlik jamg‗armasi mavjud.
Davlatlararo jamg‗armalar o‗rtasida Xalqaro valyuta jamg‗armasi
eng muhim ahamiyat kasb etib, uning maqsadi to‗lovlar balansidagi
muvozanatni saqlash uchun xalqaro likvidlikni tartibga solishdan iborat.
АҚШнинг йирик
умуммиллий
жамғармалари
Давлат
хизматчиларини
суғурталаш
жамғармаси
Муҳтожларга
кўмак
жамғармаси
Қарилик, ногиронлик ва
боқувчисини йўқотганлик бўйича
суғурта жамғармаси
241
Shuningdek, a‘zo mamlakatlarning hukumatlari kafolati ostida
ko‗pincha 20 yil muddatga ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish
uchun uzoq muddatli kreditlar beradigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
banki (XTTB) ham muhim jamg‗armalar qatoridan joy olgan. Yevropa
Ittifoqida bir qator davlatlararo jamg‗armalar, jumladan, Yevropa Ittifoqi
byudjeti, Yevropa Taraqqiyot jamg‗armasi va boshqalar tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |