31b 3savol MTKSning axborot tizimini doimiy tayyorgarlikda saqlash va qiziqtirilayotgan ma’lumotni berishga doimiy ravishda tayyor bo‘lishni qo‘llab quvvatlash asbob – uskunalar pasportlari va texnologik zanjirlar ma’lumotlar bazasini doimiy ravishda yangilash bo‘yicha nazoratni amalga oshirishni taqozo etadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, har bir kiruvchi shakl bilimlar kutubxonasi hisoblanadi va maxsus amaliy dasturlar paketi yordamida qo‘llab quvvatlanadi. Asbob – uskunalarning quyidagi shakllari mavjud:a) bir nomlanishdagi asbob - uskunalar uchun;b) bir guruhga kiruvchi asbob – uskunalar uchun;v) texnologik zanjirlar uchun asbob – uskunalarga;g) tarmoq guruhlari xizmatlari uchun;d) jami tarmoq uchun.Har bir pasport quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:- asbob – uskunaning nomlanishi va markasini;- ishlab chiqaruvchi – vazirlik;
- ishlab chiqaruvchi – korxona;- yillar bo‘yicha asbob – uskunaning holati. 1 yil – dastlabki talablarni tasdiqlash yili; 2 yil – texnik vazifalarni tasdiqlash yili; 3 yil – texnik hujjatlarni ishlab chiqish yili; 4 yil tajribali namunalarni qabul qilish yili; 5 yil – seriyali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish. Modernizatsiyalashtirish, yaratish va ishlab chiqarishdan olish ikki ma’noda bo‘lishi mumkin: 0 yoki 1, bu yerda 1 asbob –uskuna buni talab qilishni anglatadi, 0 esa – talab qilmaslikni;- ishlab chiqaruvchi – davlatni;- qisqacha texnik tavsifni;- asbob – uskunaning bahosini;- so‘mlardagi iqtisodiy samarani (ekspert baholanish)
32b 1 savol Har kuni bo‘ladigan «besh daqiqa» lik yig‘ilishda bosh ofitsiant ofitsiantlar brigadirlarining axbarotini eshitadi, ular zalda brigadaning necha a’zosi bor, qaysi stollar qaysi ofitsiantga tayinlanganligi haqida aytadi. Bosh ofitsiant xodimlarning tashqi qiyofasini ham tekshiradi, ular xizmatga tayyor ekanligiga ishonch hosil qiladi. So‘ngra bosh ofitsiant kechagi kun ofitsiantlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni muhokama qiladi, olingan tanbeh va rahmatnomalar haqida gapiradi. Bugungi kun vazifalari, taom va mahsulotlarni realizatsiya qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bosh ofitsiant ishdagi o‘zgarishlar, restoran, trest (bir sohadagi )bo‘yicha e’lon qilingan buyruq, farmoyishlar haqida ofitsiant, bufetchi, shveysar, farrosh va boshqalarni xabardor qilishi kerak. «Besh daqiqa» lik yig‘ilishga bosh ofitsiant restoranning sex, bo‘lim va boshqa xizmat boshliqlarini chaqiradi. Bunday yig‘ilishlarda restoran direktori yoki uning muovini qatnashishi shart. Bosh ofitsiant hamkasblariga nisbatan xushmuomala, g‘amxo‘r, ochiq ko‘ngilli, o‘rtoqlik munosabatida bo‘lishi lozim. Bosh ofitsiant brigadalarga tegishli joylarni bo‘lib beradi, tantanali qabullar, banketlar, to‘ylarda xizmat qilish bo‘yicha brigadir tayinlaydi.
Yuqoridagi masalalar hal bo‘lgandan keyin bosh ofitsiant o‘zining asosiy vazifasini bajarishga kirishadi. Bu vazifa mehmonlarni kutib olishdir. Bosh ofitsiant ko‘p narsalarni xotirasida saqlashi lozim. Masalan, zalda qancha bo‘sh joy borligini bilishi kerak? Ba’zi restoranlarda bo‘sh o‘rinlar haqida vestibyulda yoritiladigan tablo bo‘ladi. Ko‘p hollarda restoranga keluvchilar tabloga nazar tashlab, bo‘sh joy borligini bilib, ichkariga kiraveradi. Bosh ofitsiant iste’molchilarni qarshi olar ekan, salomlashadi, ularni ofitsiant ishtirokida o‘tirishga taklif qiladi, mijoz o‘ziga qulay joyga o‘tirgach, taomlar assortimenti bilan tanishtiradi.Butun ish kuni davomida bosh ofitsiant ovqatlar qoidaga binoan berilayaptimi, idishlardan to‘g‘ri foydalanilayaptimi, hisob-kitob to‘g‘ri amalga oshirilayaptimi — bularni nazorat qiladi. Bundan tashqari bosh ofitsiant mijozlarning taklif va e’tirozlariga quloq soladi, birinchi talabdayoq, «mulohaza va takliflar daftari»ni iste’molchilarga olib chiqib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |