Ko’rsatkichlar
|
2017
|
2018
|
2019
|
Oylik ish haqi (dollar) (daromad)
|
3693 (R0)
|
5414(R1)
|
8662 (R2)
|
Jon boshiga tovar va xizmatlar uchun xarajatlar (ming dollar talab)
|
23,0(E0)
|
32,9(E1)
|
530(E2)
|
Qo`shimcha talab (ming dollar)
|
-
|
9,9(E1-E0)
|
20,1(E2 - E1)
|
Qo`shimcha daromad (dollar)
|
-
|
1721 (R1 - R0)
|
3248 (R2 -R1)
|
1 dollar daromadga talab (dollar)
|
6,23
|
6,08
|
6,12
|
Qo`shimcha 1 dollar daromadga qo`shimcha talab (dollar)
|
-
|
5,75
|
6,19
|
Istemolning daromadga nisbatan elastiklik koeffitsiyenti:
2018/2017: 5,75/6,23=0,923
2019/2018: 6,19/6,08=1,018
Demak,elastiklik koeffitsiyenti 10.3%(1,018∙ 0,923 = 110,3%) oshgan. Bu ko`rsatkichni (7) bo`yicha hisoblasak
[(20,1 / 9,9) : (3248 / 1721)] / [(32,9 : 23,0) / (5414 : 3693)] = (2,030:1,887) / (1,430 : 1,466) = 1,0758 : 0,9754 = 1,103 yoki 110,3%.
Demak, oldingi natijaga ega bo`lamiz.
Shartnomani (rejani, normani) bajarish nisbiy ko`rsatkichlarini ham dinamikada qarash mumkin. Bu holda ularning dinamika nisbiy miqdori haqiqiy bajarish ko`rsatkichi dinamikasi bilan shartnomada ko`zlangan ko`rsatkichning dinamikasi orasidagi o`zaro nisbatga teng.
Kk=K1/K0 = [(H1 : Sh1 ) / (H0 : Sh0 )] = (H1 : X0 ) / (Sh1 : Sh0 ) (8)
Misol, I kvartal uchun shartnomada ko`zlangan 500 dona o`rniga 480 dona mahsulot haqiqatda yetkazib berilgan. II kvartalda esa 600 dona o`rniga 648 dona haqiqatda yetkazilgan.
Demak, I kvartalda shartnoma 96% (480 ∙ 100:500 = 96%), II kvartalda esa 108% (648 ∙ 100:600=108%) bajarilgan yoki I kvartalga nisbatan shartnomani bajarish darajasi 12,5% yaxshilangan (108 ∙ 100:96=112,5%). Bu natijani (8) tenglik bo`yicha ham aniqlash mumkin. I kvartal shartnomasiga nisbatan II kvartal shartnomasida 20% mahsulot yetkazib berishni oshirish ko`zlangan (600 ∙ 100:500 = 120%). Haqiqatda mahsulot yetkazib berish hajmi 35% oshgan (648 ∙ 100:480 = 135%).
Demak, shartnomani bajarish II kvartalda I kvartalga nisbatan 12,5% yaxshilangan (135 ∙ 100:120 = 112,5%).
Nisbiy ko`rsatkichlarni fazo jihatidan o`zgarishda deb qarash mumkin. Bu holda yuqorida ko`rib chiqilgan har xil turdagi nisbiy ko`rsatkichlar orasidagi bog`lanishlar o`z kuchini saqlaydi, faqat taqqoslashlarni vaqt bo`yicha bajarmasdan, obyektlararo (hududlararo, mamlakatlararo) amalga oshirish lozim.
Nisbiy miqdorlar haqidagi masalalarni ko`rib chiqish yakunida yana bir muhim jihatga e`tibor berish kerakki, nisbiy ko`rsatkichlardan amaliy faoliyatda foydalanish jarayonida ularning soyasida turgan mutlaq ko`rsatkichlarni hech qachon nazardan chiqarmaslik lozim, chunki ularning katta yoki kichik qiymatlarga ega bo`lishiga qarab 1% o`zgarishning og`irligi (mutlaq qiymati) turlicha miqdorga, demak, ma`noga ega bo`ladi.
Nazorat savollari:
Hodisaning sifati va miqdori deganda nimalar tushuniladi?
Statistik ko`rsatkich nima,ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda u qanday ahamiyatga ega?
Statistik ko`rsatkich bilan hodisa belgisi o`rtasida qanday munosabat mavjud?
Statistik ko`rsatkichlarning qanday turlari bor?
Mutlaq ko`rsatkich deganda nima tushuniladi?
Mutlaq ko`rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?
Mutlaq ko`rsatkichlar qanday shakllarda (o`lchov birliklarida) ifodalanadi?
Shartli o`lchov birliklari nima va qachon qo`llanadi?
Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko`rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash kerak?
Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzallarini, ko`ylaklarini, kostyumlari va boshqa buyumlarini donalab hisoblab bo`ladimi? Agarda bo`lsa, bunday o`lchash qanday kamchiliklarga ega?
Nisbiy ko`rsatkichlar nima va ular qanday ifodalanadi? Foiz bilan koeffitsiyent, foiz bilan promille o`rtasida qancha farq bor?
Taqqoslash deganda nima tushuniladi, uning qanday turlari mavjud?
Nisbiy ko`rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?
Nisbiy ko`rsatkich turlari orasida qanday o`zaro bog`lanishlar bor?
Adabiyotlar ro’yxati
Statistics / James T. McClave, Terry Sincich.—12th ed. 2013. – 814 p.
Statistics for Managers: Using Microsoft Excel, Fifth Edition by David M. Levine, David F. Stephan, Timothy C. Krehbiel, and Mark L. Berenson. Pearson Education, Inc, 2008.-538 r.
Statistika: darslik// Shodiev X. va Xabibullayev I. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019.-454 b.
Statistika bo`yicha praktikum: o’quv qo’llanma // Shodiyev X. va Xabibullayev I. tahriri ostida.. –T.: Tafakkur bo`stoni, 2015.-336 b.
Statistika: darslik // Soatov N.M. – T.: Ibn Sino, 2003
Do'stlaringiz bilan baham: |