4-topshiriq reja: Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i. Sanoat tarmoq tuzilmasi va tarkibiy siljishlar



Download 195,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.03.2022
Hajmi195,66 Kb.
#503990
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarmoqlar Iqtisodiyoti 4-Joriy Topshiriq

Metallurgiya sanoati
. Hozirgi O‘zbekiston hududida rudadan metal olish 4-5 
ming yildan ziyod tarixga ega. Qadimda misdan turli buyumlar tayyorlangan. 
Keyinroq rudadagi metallardan qalay, kumush, oltin va boshqalarni eritish, quyish 
va qizdirib ishlash o‘zlashtirilgan, dastlabki tanga pullar zarb qilingan. Ilk o‘rta 
asrlarda Farg‘onada, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron vodiylaridagi bir qancha 
hududlarda zargarlik, mis-garlik, temirchilik, degrezlik, rixtagarlik rivojlangan. 
Ruh, surma, margimush, vismut, kobalt kabi rangli metallar ma’lum bo‘lmasada, 
ularning qotishmalaridan keng foydalanilgan. 
Qora metallurgiya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yagona korxona Bekobod 
shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik ishlab chiqarish 
birlashmasidir. Unda po‘lat va po‘lat prokatlar, turli aylanma xajmdagi po‘lat 
soqqalar, va po‘lat trubalar hamda chiroyli va bejirim sirli idishlar ishlab 
chiqariladi.
Rangli metalurgiya - respublika metalurgiyasining eng muhim, yetakchi 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sanoatning bu turi O‘zbekistonda XX 
asrning 25-yillaridan jadal rivojlana boshladi. Rangli, nodir va qimmatbaho metal 
(mis, qo‘rg‘oshin, ruh, volfram, molibden, kumush, oltin, simob) konlari topildi. 


Rangli 
metallar 
sifatini 
yaxshilash, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
intensivlashtirish, turli foydali qazilmalarning yangi konlarini o‘zlashtirish 
hisobiga rangli metallur¬giya ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish 
mo‘ljallanmoqda, shu bilan birga, yangi fabrika va konlar barpo etiladi. Jizzax 
viloyatida O‘zquloq ko‘rg‘oshin-ruh koni, Surxondaryo viloyatida Xonrizm kon 
boyitish korxonasi quriladi. Olmaliq kon - metallurgiya kombinatida mis, ruh, 
sulfat kislotasi va yo‘ldosh elementlarni ishlab chiqarish ko‘paytiriladi.
Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O‘zbekiston 
erlarida miloddan avvalgi VI–V asrlardayoq oltin qazib olingan va undan turli 
taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxeologik 
topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga 
qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibti-doiy usullarda oltin zarralari aralash 
qumni qo‘y terisi qore-jagan yog‘och tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma 
oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, 
Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida ma’lumotlar bor. 
O‘rta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar 
kovlangan Chotqol-Qurama, Nurota tog‘larida, markaziy Qizilqumdagi konlarda 
tug‘ma oltin kon lahmlari hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonda ma’lum 
bo‘lgan konlarning ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar. 
XIX asrning 80-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyoning xom ashyo 
resurslarini o‘rganila boshlandi. O‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, 
geologik kartalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. Chirchiq, Piskom va Chotqol 
daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalar oltin olish bilan 
shug‘ullana boshladilar, 1913-1917 yillarda esa Obirahmat darasi (Toshkent 
viloyati) dagi oltin konidan foydalanildi. 
Noyob metall kon¬larini qidirib topish va ulardan foydalanish muammolarini 
hal qilish ishlarida markaziy ilmiy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar 
boshida «O‘zbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. O‘sha yillari Ohangaron
Chirchiq daryolari vo¬diylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltin qumini 
yuvish usulida ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kilogrammdan 
oshmagan.
1941-1945 yillarda oltin izlovchilik (artel) yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal 
olib borildi, olingan yillik ol¬tin miqdori qariyb 50 kg. ga yetdi. Rudali oltin izlash 
va qidiruv bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, 
Pirmurob, 
G‘o‘saksoy, 
so‘ngra 
Ko‘chbuloq, 
Muruntov, 
Chormiton, 
Maryayunbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa rudali oltin konlari 
topildi. 1965 yilda Metallurgiya vazirligiga bo‘ysinuvchi «O‘zbekoltin» 
birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Birlashma qazib 
olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kimyo eritish 


zavodida oltin ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. 1970 yili Chodak oltin koni ishga 
tushirildi. O‘sha vaqtdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin 
olish oldingi yillardagiga nisbatan uch marta ko‘paydi. 1972 yilda Ko‘chbuloq 
koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 
yili Kauldi, 1980 yili Marjonbuloq ol¬tin qazib olish majmui, 1989 yili Zarafshon 
va Qizilolmachisoy konlari foydalanishga topshirildi. 
Respublika mustaqillikka erishishi bilan O‘zbekiston hukumati uzoq yillar 
davomida sobiq ittifoq ixtiyorida bo‘lgan oltin qazib olish sanoatini respublika 
mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tashkiliy 
choralar ko‘rdi. 
Respublikada 40 dan ortiq oltin koni aniqlangan. Oltinning asosiy zahiralari 
Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. O‘z¬bek oltini jahonning eng 
yuqori sifat standartlariga mos bo‘lib, to‘rtta to‘qqiz raqami bilan baholanadi va u 
oxirgi 25 yilda e’tiroz (reklamatsiya) olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun 
bir necha bor xalqaro sovrinlar bilan taqdirlandi. 
Yevroosiyo qit’asida eng katta hisoblanadigan, rudasi tarkibida oltin ko‘p 
bo‘lgan Muruntov koni dunyodagi gigant konlari jumlasiga kiradi. Ushbu konning 
topilishi xalqaro geolo¬giya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish 
bo‘yicha XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi. 
Muruntovdagi affinit korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi 
joriy etilgan bo‘lib, u bir qancha nou-xauni o‘z ichiga oladi. Bu esa, juda yaxshi 
tovar ko‘rinishiga ega bo‘lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi. 
Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada 
rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va 
razved¬ka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provinsiyasi bo‘lgan 
Qizilqumdagi Muruntov koni bilan bir qatorda Aji-bugut, Bulutkon, Balpantov, 
Aritontov, Turbay va boshqa yangi konlar aniqlandi va o‘rganildi. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta 
ishlar amalga oshirildi. Natijada O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha 
dunyoda sakkizinchi, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘ringa chiqib oldi! 
Aholi jon boshiga oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda 
birinchi va dunyoda beshinchi o‘rinda turadi. 
Respublika kumush konlariga ham ega. Bular Navoiy viloyatidagi 
Visokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oqtepa 
konlaridir. Katta miqdordagi tasdiqlangan zaxiralar oltin va mis-porfir konlarida 
mavjud. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli va chet ellik 
investorlar uchun jozibali kondir. 
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi. 
Uni olish uchun mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va 


ekologiya nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - er ostida ishqorlarni yuvish 
usuli bilan olinadi. 
Mis, ko‘rg‘oshin, ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati 
rayonida Qo‘rg‘oshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari 
negizida shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining yetakchi korxonasi tugal 
metal¬lurgiya sikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombina¬ti 
hisoblanadi. Kombinatning mis majmuasi Qalmoqqir mis koni, ruda boyitish 
fabrikasi, metallurgiya zavodidan, qo‘rg‘oshin - ruh majmuasi Qo‘rg‘oshinkon, 
Oltintopgan, Chalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya 
zavodlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport qilmoqda. Har 
yili bir necha o‘n ming tonna mis ishlab chiqa-rayotgan O‘zbekiston mis zahiralari 
bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari 
asosan Toshkent viloyatining Olmaliq rudali maydonida joylashgan. Bu erdagi 
uchta konda bir necha mis zahiralari bor deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, 
Dalneye koni razvedka qilingan. Zahiralarning kattaligi, qazib chiqarish tannarxi, 
rudadagi misning tarkibi jihatidan MDH mamlakatlarida hali unga teng keladigan 
kon yo‘q. Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O‘zbekiston qattiq 
qotishmalar va o‘ta chidamli Chirchiq metal¬lar kombinati hisoblanadi. Kombinat 
ingichka volfram (Sa¬marqand) va Qo‘ytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari 
rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molib¬den negizida ishlaydi. 
Kombinatda birinchi molibden quyilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa qattiq 
qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) 
elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi. 
Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar - reniy, selen, tellur, 
skandiylar ishlab chiqariladi, rangli metallarning ikkilamchi quyilmalarini olish 
yo‘lga qo‘yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming 
tonna ikkilamchi alyuminiy xalq xo‘jaligiga yetkazib berilmoqda. 

Download 195,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish