3. Етакчи (3). indd



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana05.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#483400
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
3. Yetakchi faoliyatini tashkil etish(2)

To‘rtinchi qadam. 
Xalqimizda­ “Birlashgan­ o‘zar,­
birlashmagan­to‘zar”­dеgan­naql­bor.­Albatta,­birlashib,­biz­
- katta kuchmiz. Agar jamoa yoshlari birlashmasa, bir kishi 
bilan biron natijaga erishish amrimahol. Shuning uchun 
Yеtakchiga­ muassasada­ yoshlar­ siyosatini­ samarali­ amalga­
oshirishda­ jamoa­ (komanda)­ kеrak­ bo‘ladi.­ Dеmak,­ ishni­
jamoani­shakllantirishdan­boshlash­kеrak!
Bunda avvalo, muassasadagi faol va iqtidorli yoshlarning 
qiziqishlari­va­layoqatini­yaxshilab­o‘rganishi­kеrak.­Ulardan­
qaysi­biri­o‘z­ishiga­ishtiyoq­bilan­yondashadi,­o‘z­ishini­mеhr­
bilan bajaradi, kim o‘z vazifasini uddalay oladi, boshqalarga 
yordam qo‘lini cho‘zadi va hamkasblariga yoqadi, kim 
tashabbus ko‘rsatadi va mustaqil ishlay oladi, bundan tashqari 
ularda boshqa salbiy xislatlarni ham kuzatish mumkin, kimga 
ozgina­ijodkorlik­yеtishmaydi­va­hokazo.
Faol va iqtidorli yoshlardan jamoa shakllantirib olish 
lozim.­ So‘ng­ ularni­ ma’lum­ yo‘nalishdagi­ ishlarga­ sardor­
qilib tayinlab, ishining mazmuni tushuntirish, vazifalarini 
aniq­ bеlgilab­ bеrish,­ zaruriy­ ma’lumotlar­ bilan­ ta’minlash­
hamda­ishning­a’lo­darajada­bajarilishini­nazorat­qilib­turish­
lozim.­Ha,­aytgancha,­shunday­diplomatik­yo‘l­tutish­kеrakki,­
yoshlar ularga yuklatilayotgan vazifalarni qo‘shimcha yuk 


20
sifatida emas, balki o‘zini ko‘rsatish uchun yaratilayotgan 
yana­bir­imkoniyat­sifatida­qabul­qilishiga­erishish­kеrak.
Jamoadagi barcha yoshlar uchun o‘z ijodkorligini oshirishi, 
tashabbus ko‘rsatishi, shaxsiy yuksalish uchun imkoniyatlar 
yaratilib­ bеrilishi­ kеrak.­ Ularda­ “bizning­ fik­rimiz­ baribir­
e’tiborga­ olinmaydi”­ qabilida­ noto‘g‘ri­ tasavvur­ va­ ishiga­
loqayd munosabat shakllanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik 
kеrak.­ Yoshlarni­ bir­biridan­ yakkalab­ qo‘ymasdan,­ bir­biri­
bilan samarali muloqot qilishi va do‘stona munosabatda 
bo‘lishiga sharoit yaratish lozim. Ularda o‘z ishiga kuchli 
ishtiyoq uyg‘otish maqsadida o‘zaro musobaqa va raqobat 
muhitini­yaratish­kеrak.­
Ijodkorlik, tashabbuskorlik, hazil-mutoyiba va 
g‘ayratchanlik muhiti hukm surgan jamoada ish samarali 
bo‘ladi.­ Bunday­ jamoani­ shakllantirish­ uchun­ Yеtakchi­
shunday­ sharoit­ yaratishi­ kеrakki,­ unda­ yoshlar­ bir­biriga­
ochiq munosabatda bo‘lishga intilsin. O‘zaro norasmiy 
muloqot uchun uchrashuvlar, suhbatlar, bahs-munozaralar 
uyushtirishga­ harakat­ qilish,­ yangi­ g‘oya,­ yangi­ fikrlar,­
tashabbuslarga­e’tibor­qaratish­va­qo‘llab­quvvatlash­lozim.
Muhim masalalardan yana biri bu – jamoadagi biror bir 
kishiga nisbatan alohida munosabatda bo‘lmaslik, kimnidir 
alohida­ajratmaslik.­Sizning­bеtarafligingiz­barchaning­ishiga­
xolisona­baho­bеrish­va­muammolarni­hal­etishga­imkoniyat­
yaratadi. Agar jamoa yoshlari o‘rtasidagi hamjihatlikka putur 
еtganini­ sеzsangiz,­ darhol­ oldini­ olishga­ harakat­ qiling.­
Va­ oxirgi­ tavsiya­ imkoni­ bo‘lganda,­ jamoangiz­ a’zolarini­
rag‘batlantirib boring va buni ular his etsin!

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish