1-Modul. Psixologiya predmeti 1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja



Download 378,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana29.12.2021
Hajmi378,67 Kb.
#82456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-maruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi

Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo`ldi (D- 

Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari - tajribalar qo`yish va bevosita ko`rish mumkin 

bo`lganlami,  aynan,  insonning  xulq-atvori,  harakatlari,  ta`sirlanishga  javoblarini  kuzatish 

(harakatdami keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi). 



To`rtinchi  bosqich.  Psixologiya  ob`ektiv  qonuniyatlami,  psixikaning  faoliyat  va 

ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlami o`rganuvchi fan sifatida. 



Ilmiy  yo`nalishlar  va  maktablar.  Psixologiya  fani  taraqqiyotida  nemis  psixologiya 

maktabi  muhim  o`rinlardan  birini  egallaydi  va  asrimizning  boshlarida  Germaniyada  Vyursburg 

psixologiya  maktabi  deb  nomlangan  yangi  yo`nalishga  ega  bo`lgan  psixologik  oqim  paydo 

bo`ldi. Mazkur  yo`nalishning  yirik vakillari sifatida  O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller  (1879-

1922), A.Messer (1837-1937),  Ax Narsis  (1871-1946) va boshqalarni  sanab o`tish  lozim. Ular 

tomonidan  olib  borilgan  eksperimental  tadqiqotlar  tafakkur  muammosining  rivojiga  ma`lum 

darajada hissa qo`sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda 

turgan psixik jarayonlarga, ya`ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o`rganishda rasional bosqichdagi 

murakkab  jihatlardan  mexanik  ravishda  vujudga  keladi,  deb  tushuntirish  mumkin  emasligini 

eksperimental  yo`l  bilan  isbotlashga  harakat  qildilar.  Olib  borilgan  tadqiqotlarni  o`zlarining 

ustilarida o`tkazib, natijalarni ob`ektiv bo`lishiga kamroq e`tibor berganlar. 

Vyursburg psixologiya  maktabining namoyondalari  tafakkur bu ichki harakat,  aktidir deb 

qaray  boshlaydilar.  O`z-o`zini  kuzatish  metodidan  foydalanib,  ish  tutishda  ular  mana  bunday 

ifodaning ma`nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga 

qaramay  ko`pchilik  shunchaki  hukm  chiqarishni  ma`qul  ko`radilar.  N.Ax  tomonidan  sun`iy 



tushunchalarning  shakllanishi  bo`yicha  dastlabki  metodika  yaratildi.  Mazkur  nazariya  vakillari 

tafakkurni  munosabatlarning  aks  etishi  bilan  bog`lab,  tafakkurni  munosabatlarning  birlamchi 

qarab  chiqish,  yoinki  birlamchi  ma`lumot  berish  manbai  sifatida  talqin  qiladilar.  Tafakkur 

taraqqiyoti masalasini ko`tarib chiqib, o`sishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan 

tafakkurni mutlaqo ajratib qo`ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi  - bu o`z-o`zini 

kuzatish  ekanligini  tan  oladi,  xolos.  Mazkur  muammo  gnoselogik  nuqtai-nazardan  olib 

qaralganda  ushbu  pozisiya  idealizm  izmiga  kirib  borayotganligini  anglab  olish  unchalik  qiyin 

emas.  Vyursburg  maktabi  namoyondalari  tafakkurni  alohida  mustaqil  bilish  faoliyati  sifatida 

aniq  ko`rsata  bildi.  Biroq  tafakkurni  amaliyotda  nutqdan  va  hissiy  obrazlardan  qat`iy  ajratib 

tashladilar. 

Vyursburg  psixologiya  maktabi  namoyondalaridan  biri  O.Zels  tafakkurni  intellektual 

operasiyalar  harakati  sifatida  qabul  qilgan.  U  o`z  oldiga  fikr  yuritish  faoliyatining  u  yoki  bu 

jihatlari  qay  yo`sinda  shakllanishini  kuzatish,  intellektual  faoliyat  bosqichlarini  ko`rsatish  aqliy 

faoliyatning  produktiv  va  reproduktiv  ko`rinishidagi  ziddiyatlarni  bartaraf  qilish  vazifasini 

qo`ydi.  O.Zels  masala  yechish  jarayonini  o`rganishda  umumiylikka  ega  bo`lgan  masalani 

vujudga  keltirish  bosqichlariga  alohida  e`tibor  berib,  elementlar  bilan  predmetlar  munosabatini 

ajratib ko`rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo`ladi. Kompleks o`z ichiga 

ushbu  jihatlarni  qamrab  olishi  nazarda  tutilgan:  a)  ma`lumning  tavsifnomasini  bo`laklarga 

ajratish; b) qidiriluvchi noma`lumning o`rnini aniqlash; v) noma`lum qidiriluvchi bilan ma`lum 

o`rtasidagi munosabatlarni ajratib ko`rsatish. 

Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo`nalishi vujudga keldi. Uning, ko`zga 

ko`ringan  namoyondalari  qatoriga  X.Erenfels  (1859-1932),  V.Keler  (1887-1967),  K.Kofka 

(1886-1941)  va  boshqalar  kiradi.  Geshtaltchilar  fikriga  qaraganda,  har  bir  psixik  hodisaning 

mazmuni  uning  tarkibiga  kiruvchi  qism  va  elementlarni  birgalikda  aks  ettirishdan  ko`lam 

jihatidan  keng,  mazmun  jihatidan  rang-barangdir.  Geshtaltchilarning  aksiomatik  xarakterga  ega 

bo`lgan ushbu tezislari mazkur ta`limot g`oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan 

qism  va  elementlarning  yig`indisi  yaxlit  tuzilish  mazmunini  belgilab  bera  olmaydi,  aksincha 

yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi. 

Geshtaltpsixologiyaning  markaziy  nazariyasi  har  qanday  psixologik  jarayonlarning  bosh 

mohiyati  ularning  sezgilarga  o`xshash  alohida  elemetlari  emas,  balki  konfigurasiya  shakl  yoki 

geshtaltchilarning yaxlit yaratishidan iborat.  

Geshtaltpsixologiyada  tafakkur  muammosining  tadqiqoti  keng  qamrovli  tarzda  olib 

boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o`rganish 

natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos 

o`xshashlik borligi to`g`risida xulosa chiqaradi.  

V.Kelyorning 

fikricha, 

topshiriqni 

yechish 

mexanizmi 

quyidagilardan 

iborat: 


organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya`ni vaziyat 

elementlariga,  geshtalt  ichiga  kirib,  geshtaltda  qaysi  joyni  egallashga  bog`liq  ravishda  yangi 

ahamiyat  kasb  etadi.  Vaziyatning  muhim  elementlaridan  namoyon  bo`luvchi  geshtaltchilar 

muammosi  vaziyatda  organizmda  ba`zi  bir  zo`riqishlar  ta`sirida  vujudga  keladi,  topshiriqni 

yechish  muammoli  vaziyatning  qismlari  yangi  geshtaltda  yangi  munosabatda  idrok  qilina 

boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida 

maydonga chiqadi.  

Geshtaltchilar  tafakkur  psixologiyasining  qator  muammolarini  ko`tarib  chiqadilar, 

chunonchi  ijodiy  tafakkurning  o`ziga  xosligi,  tafakkur  jarayonida  yangilikning  vujudga  kelishi, 

bilimlar  bilan  tafakkur  nisbati,  topshiriqni  bajarish  jarayonida  asta-sekin  va  birdaniga  yechish 

yo`lini  qo`llash  kabilar.  Tafakkurni  psixologik  o`rganishda  funksional  rivojlanish  g`oyasini 

amaliyotga  tadbiq  qilish  ham  ma`lum  darajada  geshtaltpsixologiya  namoyondalarining  xizmati 

hisoblanadi.  

Shunga  qaramasdan  V.Kyoler  M.Vertgaymer,  K.Dunkerlarning  eksperimental  tadqiq 

otlari  tafakkurning  asosiy  mexanizmlaridan  biri  bo`lgan  predmetlarni  yangi  aloqalar  va 



munosabatlarga  fikran  jihatini  ochishni  aniqladilar.  Ammo  ular  ham  mazkur  muammoli 

vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar. 

Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oqimi o`tgan 

asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik 

psixologlar  Dj.Uotson  (1878-1958)  va  E.Torndayk.  (1871-1949)  lardir.  Keyinchalik  bular 

qatoriga  K.Levin  (1890-1957)  A.Vays  (1974-1931)  va  boshqalar  kelib  qo`shiladilar.  Ma`lum 

davrgacha  mazkur  oqim  psixologiya  olamida  dominantlik  rolini  o`ynaydi.  hozirgi  davrda  bu 

oqim  bir  necha  mustaqil  psixologik  maktablarga  ajralib  ketgan.  Lekin  ularning  mohiyatida 

bixeviorizm  nafasi  urib  turadi.  hammasi  uchun  umumiy  formula  S-R,  ya`ni  stimul-reaksiya 

xizmat qilib kelmoqda.  




Download 378,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish