Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari - tajribalar qo`yish va bevosita ko`rish mumkin
bo`lganlami, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta`sirlanishga javoblarini kuzatish
maktabi muhim o`rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg
psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo`nalishga ega bo`lgan psixologik oqim paydo
tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma`lum
darajada hissa qo`sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy bosqichda
turgan psixik jarayonlarga, ya`ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o`rganishda rasional bosqichdagi
murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini
eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o`zlarining
ustilarida o`tkazib, natijalarni ob`ektiv bo`lishiga kamroq e`tibor berganlar.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb
qaray boshlaydilar. O`z-o`zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday
ifodaning ma`nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga
qaramay ko`pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma`qul ko`radilar. N.Ax tomonidan sun`iy
tushunchalarning shakllanishi bo`yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari
tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog`lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi
qarab chiqish, yoinki birlamchi ma`lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur
taraqqiyoti masalasini ko`tarib chiqib, o`sishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan
tafakkurni mutlaqo ajratib qo`ydilar. Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o`z-o`zini
kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib
qaralganda ushbu pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin
emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida
aniq ko`rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat`iy ajratib
tashladilar.
Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual
operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o`z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu
jihatlari qay yo`sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko`rsatish aqliy
faoliyatning produktiv va reproduktiv ko`rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini
qo`ydi. O.Zels masala yechish jarayonini o`rganishda umumiylikka ega bo`lgan masalani
vujudga keltirish bosqichlariga alohida e`tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini
ajratib ko`rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo`ladi. Kompleks o`z ichiga
ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma`lumning tavsifnomasini bo`laklarga
ajratish; b) qidiriluvchi noma`lumning o`rnini aniqlash; v) noma`lum qidiriluvchi bilan ma`lum
o`rtasidagi munosabatlarni ajratib ko`rsatish.
Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo`nalishi vujudga keldi. Uning, ko`zga
ko`ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka
(1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning
mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko`lam
jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilarning aksiomatik xarakterga ega
bo`lgan ushbu tezislari mazkur ta`limot g`oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan
qism va elementlarning yig`indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha
yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi.
Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh
mohiyati ularning sezgilarga o`xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki
geshtaltchilarning yaxlit yaratishidan iborat.
Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib
boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o`rganish
natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos
o`xshashlik borligi to`g`risida xulosa chiqaradi.
V.Kelyorning
fikricha,
topshiriqni
yechish
mexanizmi
quyidagilardan
iborat:
organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya`ni vaziyat
elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog`liq ravishda yangi
ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo`luvchi geshtaltchilar
muammosi vaziyatda organizmda ba`zi bir zo`riqishlar ta`sirida vujudga keladi, topshiriqni
yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina
boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida
maydonga chiqadi.
Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko`tarib chiqadilar,
chunonchi ijodiy tafakkurning o`ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi,
bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish
yo`lini qo`llash kabilar. Tafakkurni psixologik o`rganishda funksional rivojlanish g`oyasini
amaliyotga tadbiq qilish ham ma`lum darajada geshtaltpsixologiya namoyondalarining xizmati
hisoblanadi.
Shunga qaramasdan V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning eksperimental tadqiq
otlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo`lgan predmetlarni yangi aloqalar va
munosabatlarga fikran jihatini ochishni aniqladilar. Ammo ular ham mazkur muammoli
vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar.
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oqimi o`tgan
asrning oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik
psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular
qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo`shiladilar. Ma`lum
davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o`ynaydi. hozirgi davrda bu
oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida
bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, ya`ni stimul-reaksiya
xizmat qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: