1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.09.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish]
168-modda. Firibgarlik Oldingi tahrirga qarang. Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Firibgarlik:
a) ancha miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Firibgarlik:
a) ko‘p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan holda besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Firibgarlik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(168-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(168-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi Qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3, 9-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi, 7-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi va 12-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi va 12-bandi. [OKOZ: