178-modda. Chet el valyutasini yashirish
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valyutasining qasddan yashirib qolinishi —
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) g‘arazgo‘ylik bilan;
b) takroran;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha qilmish uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(178-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning birinchi qismida, ikkinchi qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yashirilgan chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklari hisobiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazilishini ta’minlagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(178-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Do'stlaringiz bilan baham: |