162-modda. Davlat sirlarini oshkor qilish
Davlat sirlarini oshkor qilish yoki o‘zgaga berish, ya’ni davlat siri, harbiy sir yoki xizmat siri hisoblangan ma’lumotlarning, bu ma’lumotlar ishonib topshirilgan yoki xizmati yoxud kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor bo‘lgan shaxs tomonidan oshkor qilinishi, basharti, bu qilmishda davlatga xoinlik alomatlari bo‘lmasa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(162-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks VIII bo‘limining o‘ninchi xatboshisi (“Atamalarning huquqiy ma’nosi”), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 1-moddasining birinchi qismi, 10-moddasi.
O‘sha harakatlar og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
163-modda. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish
Hujjatlarning, shuningdek ashyo yoki moddalarning, agar ular haqidagi ma’lumot davlat siri yoki harbiy sirni ifodalasa, xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ishonib topshirilgan shaxs tomonidan yo‘qotilishi, basharti, bu yo‘qotish ana shu hujjatlar, ashyo yoki moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(163-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi.
O‘sha harakatlar og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(163-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
Do'stlaringiz bilan baham: |