160-modda. Josuslik
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qo‘lga kiritishi, yig‘ishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa ma’lumotlarni yetkazishi yoki yig‘ishi —
(160-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(160-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi.
Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, o‘ziga yuklatilgan topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda o‘z ixtiyori bilan hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
O‘zining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan va qilmishi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ma’lum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.
161-modda. Qo‘poruvchilik
Qo‘poruvchilik, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari faoliyati yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligiga yoki iqtisodiyotiga putur yetkazish maqsadida odamlarni qirib yuborish, ularning sog‘lig‘iga ziyon, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilishga qaratilgan harakatlar —
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(161-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandi 5.4.3-kichik bandining beshinchi xatboshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |