10.2. SHaxs kasbiy shakllanishi jarayonidagi inqirozlari
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub’ekti roziligida ishga muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo’naltiriladi. Ish joyning masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba’zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz berib turadi). Psixologik kuzatishlarning ko’rsatishiga qaraganda, reorientatsiya (kasb tanlashga yo’llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bo’lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o’tishi bilan o’zaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo’llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o’ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri o’ziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog’lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma’naviy ta’minlanganlik (ruhiy ko’tarinkilik hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy hayotdan o’z o’rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz hozirlaydi. Reorientatsiya (qayta kasbga yo’llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart-sharoitlar yaratadi. Inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak-xohish ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Ko’p profilli kasb-hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg’usini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.
SHaxsning kasbiy shakllanishi inqirozlari psixologlarining chuqur o’rganish predmeti mavjud emas. Psixik rivojlanish yosh va hayotiy inqirozlari esa psixologik tadqiqotlarda aks etgan. Kasbiy shakllanish inqirozlarini ko’rib chiqishdan oldin shaxsga doir turli inqirozlarini taqlil etamiz.Psixologiyada bolalik inqirozlari chuqur o’rganilgan. Odatda hayotning birinchi yilidagi inqiroz 3 yoshdagi, 6-7 yoshdagi va 10-12 yoshdagi o’smirlik inqirozlariga ajratiladi. Inqirozlar davomiyligi, shakli va ta’sir kuchi bolaning individual psixologik xususiyatlaridan ko’ra ijtimoiy sharoitlari, oilada tarbiya va pedagogik tizim xususiyatlariga ko’ra inqirozlar sezilarli darajada farqlanadi. Bolalik inqirozlari bolalarning yangi yosh pog’onaga o’tish davrida paydo bo’ladi va atrofidagi odamlar bilan o’zaro munosabatlar shakli shuningdek, jismoniy va psixologik imkoniyatlar bilan boqliq bo’ladi. Negativlik, qaysarlik, erkalik yuqori darajadagi ziddiyatlilik holati bolalarning inqiroz davridagi xulqiy reaksiyalaridir. R.A.Axmerov shaxsni biografik inqirozlarini tahlil qilar ekan, ularning omili sifatida voqealar va ulardagi munosabatni ko’rsatadi. U quyidagi inqirozlarni ajratadi: o’zini namoyon eta olmaslik inqirozi - hayotiy dasturning sub’ektiv salbiy qis etish.
Bo’m-bo’shlik inqirozi- toliqish va halban va yutuqlarning yo’qligidan siqilish. Istiqbolsizlik inqirozi - kasbiy o’sish istiqbolining kelajak uchun real rejalarining yo’qligi. Muallif bu inqirozlarni inson yoshi bilan bog’lamaydi. Uning fikricha, ular sub’ektiv kechinmalar bilan belgilanadi. V.CH.Svabodnikov yosh toifasini ishlab chiqishda davrlashni asosi sifatida inson jamoasi tushunchasini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |