1 mavzu. Kasbiy psixologiya faniga kirish



Download 3,24 Mb.
bet95/114
Sana28.01.2022
Hajmi3,24 Mb.
#414627
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
Bog'liq
КАСБИЙ ПСИХ МАЪРУЗАЛАР

Nazorat uchun savollar
1.Individual xususiyatlarga nimalar kiradi??
2. Qobiliyat haqida aytib bering.
3. Xarakter va unung turlarini izohlang ?
4. Temperament va uning tiplarini tushuntiring ?
5. Iqtidor va istedodning farqini ayting ?


10-Mavzu: REORIENTATSIYА - PSIXOLOGIYАNING ASOSIY MUAMMOSI SIFATIDA
REJA:
10.1. Qayta kasbga yo’llashning psixologik mohiyati
10.2. Shaxs kasbiy shakllanishi jarayonidagi inqirozlari
10.3. Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati
Tayanch ibora va tushinchalar: reorientatsiya, bo’sh o’rinlarni to’ldirish muammosi, kasbiy mayl, qiziqish, layoqat, kasbiy yarog’lilik, iqtidor, qobiliyat, salohiyat, jinsiy xususiyatlar, ziddiyatlar.
10.1.Qayta kasbga yo’llashning psixologik mohiyati
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qo’llanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga) kasbga yo’naltirishni bildirib keladi.Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. O’rtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish o’rnini yo’qotib, vaqtincha ishsizlar ro’yhatiga kiradi. Reorientatsiya bu- qayta kasbga yo’llash (reorientatsiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyasida o’z kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadigan jarayon.
Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchli (ayanchli) his – tuyg’ular qobig’ida o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi.
Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforientatsiya) atamasi qadim zamondan qo’llanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga) kasbga yo’naltirishni bildirib keladi. Qayta kasbga yo’llash (reorientatsiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyani kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni angaltadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. O’rta miyona darajadagi mutaxassislar esa ish o’rnini yo’qotib, vaqtincha ishsizlar ro’yhatiga kiradi.
Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchli (ayanchli) his-tuyg’ular qobig’iga o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik to’yg’usi ustuvorligida namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm surishi, asta-sekin uning ta’sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin o’zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulg’ayishi yangi muhit, o’zgacha sharoit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar echimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob’ektga uzoq davr mehnat faoliyatini bag’ishlash ham frustratsiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol o’ynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustratsiyaning manbai vazifasini o’taydi (bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro’yxati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar etishmaganligi tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta’minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan shug’ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:
1. SHaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.
2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.
3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.
5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi.
7. Iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati.
8. Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mahorati.
9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi).
10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati.
12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
13. Ekstravertligi va introvertligi.
14. Yuksak insoniy tuyg’ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
15. Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan mezonlar bo’yicha tekshirish ishlari bir necha metodlar, metodikalar orqali ko’p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish