1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Ta’limni toifalashtirishda inklyuziv ta’lim



Download 1,42 Mb.
bet76/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

3. Ta’limni toifalashtirishda inklyuziv ta’lim.
Ta’limni toifalashtirishda inklyuziv ta’lim jarayonlari ayniqsa aqliy o‘sishda oqsayotgan va jismoniy nuqsoni bo‘lgan bolalar soni 20% gacha yetuvchi va undan oshuvchi yirik shaharlar, megapolislarda alohida o‘rin egallay boshlaydi. Bu yerda gap irsiy shikastlangan rivojlanayotgan insonga sodda va jamiyat uchun zarur bo‘lgan kasbni o‘rgatish, unga barqaror axloqiy ko‘nikmalarni singdirish haqida boradi.
Inklyuziv ta’lim sohada deyarli yangi atama. "Inklyuziv" so‘zi "o‘z ichiga olish", "kiritish" ma’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqib, inklyuziv ta’limning mazmuni imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim maktablarida o‘qitish demakdir. Inklyuziv ta’lim bilan birga bugungi kunda integratsiyalashgan ta’lim ham bor. Bu so‘zning ma’nosi esa birlashish, qo‘shilish, yaxlitlik demakdir. Bu ta’lim diqqat markazida maxsus ehtiyojli, yordamga muhtoj bolalarning umumta’lim maktab o‘quvchilari bilan birgalikda o‘qitilishi turadi. Endi savol tug‘iladi: "maxsus maktablarchi?".
Psixolog L.S.Vigotskiy imkoniyatlari cheklangan bola normal rivojlanayotgan bolalar davrasidan chiqarilmaydigan ta’lim tizimini yaratish zarurligini ta’kidlagan edi. Uning fikricha, maxsus maktab o‘zining barcha afzalliklaridan qat’i nazar, asosan bir kamchilik bilan ajralib turadiki, u o‘z tarbiyalanuvchisi - ko‘r, kar yoki aqli zaif bolani tor jamoaga kiritadi, hamma narsa bolaning nuqsoniga moslashtirilgan, uning e’tiborini o‘z nuqsoniga qaratadigan va uni haqiqiy hayotga kiritmaydigan berk dunyoni yaratadi. Lo‘nda qilib aytganda, maxsus maktab bolani alohida ajratilgan olamdan chiqarish o‘rniga, unda o‘z qobig‘iga yanada kuchliroq o‘ralishga eltuvchi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Shu tufayli ham L.S.Vigotskiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolani tarbiyalashning asosiy vazifalari uni hayotga olib kirish va uning nuqsoni o‘rnini boshqa biron-bir yo‘l bilan to‘ldirishdan iborat, deb hisoblagan. Shunday qilib, L.S.Vigotskiy birlashtirilgan ta’lim g‘oyasini birinchilardan bo‘lib asoslagan. Keyinchalik uning g‘oyasi G‘arbiy Yevropa va AQSh maktablarining ish amaliyotida ro‘yobga chiqarildi.
Dunyo mamlakatlarining har biri maxsus ta’limni o‘zining alohida yo‘li bilan integratsiya qilishi zarurligini anglab yetdi. XX asr oxiriga kelib jahonning ko‘pgina mamlakatlari (AQSh, Buyuk Britaniya, Shvesiya, Germaniya, Italiya, Skandinaviya mamlakatlari)da bolalarni maxsus (korreksion) ta’lim muassasalariga joylashtirish qolgan barcha imkoniyatlardan foydalanilgan va ular kutilgan natijani bermagan holda ko‘riladigan eng so‘nggi chora hisoblanadi. Bu mamlakatlarning ta’lim amaliyotida inklyuziv yondashuv tamoyili qo‘llaniladi, ya’ni rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ommaviy maktabda hamma qatori ta’lim olish imkoniyati beriladi.
So‘nggi yillarda chet el mamlakatlari (AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqalar)da “integratsiya” tushunchasining o‘rnini “kiritish” (inclusion) tushunchasi egallamoqda. Bunga YuNESKOning kirituvchi ta’lim ga ko‘maklashuvchi ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi (Ispaniya, Salamanka shahri, 1994 yil) imkoniyat yaratdi. Yangi tushunchani va tegishli harakatlar tizimini amalga kiritish tashabbuskorlari fikriga ko‘ra, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bunday nuqsonsiz bolalar bilan bir sinfda birlashtirilishi o‘z-o‘zicha nuqsonli bolalar sinf hayotida to‘laqonli ishtirok etishlarini anglatmaydi. Inglizcha “includ” fe’li “o‘z ichiga olish, qamrab olish, o‘z tarkibida ega bo‘lish” deb o‘giriladi. Shu tufayli ham “ inclusion ” so‘zi nafaqat ta’limga, balki insonning jamiyatdagi o‘rniga ham yangicha nuqtai nazarni aks ettiruvchi atama sifatida namoyon bo‘ladi.
Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobilyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi. Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko‘zda tutadigan ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimini hayotga tadbiq etish bugungi ta’lim tizimiga ba’zi bir o‘zgartirishlar kirtishni taqozo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o‘quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog‘liq tomonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tizimi davlatning qadriyatlarga munosabatini aks ettiruvchi institut hisoblanadi. XX asr 90-yillarining boshida ko‘pgina mamlakatlarda e’lon qilingan demokratik, ochiq fuqarolik jamiyat qurishga, odamlar o‘rtasida umumiy tenglik g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga, insonni eng oliy qadriyat deb e’tirof etishga o‘tish o‘z-o‘zidan rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga va ularning huquqlariga davlatning munosabati o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi.
XXI asr maxsus ta’limi - yangicha tipdagi tizim. U quyidagilarni nazarda tutadi:
• rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ham, ularning normal rivojlanayotgan tengdoshlari ham ta’lim oladigan yangicha tipdagi ta’lim muassasalarini yaratishni;
• mavjud maxsus ta’lim muassasalariga yangi funksiyalar - mazkur mintaqaning umumiy ta’lim muassasalariga kiritilgan bolalar va ularning oilalariga, shuningdek ushbu muassasalarning mutaxassislariga maxsus konsultativ yordam ko‘rsatishni;
• ta’lim jarayonining uzluksizligini va uni maktab yoshi chegarasidan chiqarishni.
Shunday qilib, ta’lim sohasida alohida ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarini rivojlantirish imkoniyatlari ham yangi funksiya - rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga maxsus psixologo-pedagogik yordam ko‘rsatish funksiyasini joriy etish, ham tamoyilial yangi ta’lim muassasalarini yaratish bilan bog‘liq.
Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi dargohlar bilan birgalikda turli yo‘nalishdagi maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari faoliyat ko‘rsatadi. Ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o‘quv yurtlariga tayyorlash hamda ijtimoiy hayotga moslashuviga shart - sharoit yaratishdir. Bola huquqlarini Halqaro Konvensiyasi hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobilyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g‘oyasini ilgari suradi. Chunki har bir bolada - u sog‘lommi yoki nogironmi - takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor.
Osiyo Taraqqiyot bankining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan va respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumta’lim granti" loyihasi maqsadi bunday bolalarning ijtimoiy integratsiyasi, ya’ni ularning tengdoshlari o‘rtasida ijtimoiylashuvi, moslashuviga erishishdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda "Ta’lim hamma uchun" milliy rejasi ishlab chiqilib, inklyuziv resurs markazlari tashkil etilgan. Yangi imkoniyat yaratuvchi «Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘simrlar inklyuziv ta’lim haqida»gi nizom loyixasi ishlab chiqildi. Nizomda ta’kidlashicha, ta’lim olishga layoqati bo‘lgan lekin imkoniyati cheklangan har bir bolaga o‘z tengqurlari qatorida ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada Respublikamizda XTV ning holqaro YuNESIF tashkiloti bilan hamkorlikda «inklyuziv» ta’lim orqali bolaga do‘stona munosabat muhitini shakllantirsh» loyihasi amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2007 yilda 11ta tumanda jami 110 ta maktabda 210 nafar nogiron bola iklyuziv tarzda ta’lim olish tashkil etilgan.
Bu ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish uchun avvalo yordamchi va maxsus maktab-internatlar atrofidagi pilot maktablari tanlab olindi Loyiha vazifalarini amalga oshirishni nazorat qilib borish uchun mahalliy nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari jalb qilindi va muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. Shu bilan birga ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida inklyuziv sinflar kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. O‘qituvchilarni o‘qitish, qo‘llanmalar yaratishga kirishildi. Ya’ni nazorat sinflarda dars beruvchi muallimlar uchun maxsus trening modullari ishlab chiqildi va imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor berildi. Alohida yordamga muhtoj bolalar nuqson turlari va ularning darajalariga qarab umumta’lim maktablarida tashkil etilgan integratsiya va inklyuziv sinflarga tortildi.
Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ta’limning samaradorligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘llash, jamiyatning to‘laqonli va teng huquqli a’zosi etib voyaga yetkazishdir. Shu bilan birga ish jarayonida ayrim psixologik va pedagogik muammolarni bartaraf etish, maktab o‘quvchilari bilan birga nogiron bolalar o‘rtasida sodir bo‘ladigan ba’zi holatlarni yo‘qotish, sinfda va maktabda ular o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratishdir.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish