173
|
2
|
2
|
6
|
Паҳлавон Маҳмуд рубоийларнинг поэтик аҳамияти
|
Pahlavon Mahmud purhikmat ruboiylari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida alohida mavqega ega bo'lgan atoqli shoiidir. Ma’lumotlaiga ko‘ra, uning ota-onasi ko‘hna Urganjdan Xivaga ko'chib ketayotganganlarida, 645 (1248) yilda karvon ko‘hna shaharga yaqinlashganda Mahmud tavallud topgan. Shamsuddin Somiyning «Qomusul-a’lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkadai Ozariy», Kamoliddin Husayn Fanoiyning «Majolisun-ushshoq» singari mo‘tabar manbalarda Pahlavon Mahmud haqida nodir ma’lumotlar keltiriladi.
Shahar hunarmandlari orasidan yetishib chiqqan bu zukko shoir o‘zining qator fazilatlari bilan xalqqa tanilgan va zamondoshlari orasida ko‘plab rivoyatlaming tug‘ilishiga sababchi bo‘lgan. Pahlovon Mahmud asosan po‘stindo‘zlik, telpakdo'zlik kasbi bilan shug‘ullangan bo‘lsa- da, jismonan baquwat va kuragi yerga tegmagan pahlavonligi hamda badiiy jihatdan yuksak ahamiyat kasb etuvchi ruboiylari bilan ham shuhrat qozonadi. Shoiming asli ismi Mahmud bo‘lib, Xorazmning qator shaharlari, hatto Hindistonga borib kurash tushganda doimo g‘alaba qozongani bois u «Pahlavon Mahmud» unvoni bilan shuhrat taratgan. Mazkur ulug‘ inson haqidagi rivoyatlardan birida hikoya qilinishicha, Pahlavon Mahmud bir jangda Hindiston shohi Roy Rapon Cho‘nani o‘limdan qutqarib qoladi va buning evaziga qachonlardir Hindistonga asir tushgan xorazmliklami ozod qildiradi (Mallayev N. 0‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976 yil, 171-bet). Shoiming «Puryoyvaliy» deb atalgan laqabi ham mavjud bo'lib, bu yuksak nom uning kurashda ko'rsatgan jasorati hamda ma’rifiy-ma’naviy olamini ulug'lovchi sharafli unvon sanaladi. Shuningdek, manbalarda e’tirof qilinishicha, kurash tutuvchilardan biror kishi zo‘rxonaga tavof uchun kirmoqchi bo‘lsa, uning awal Puryoyvaliyning qadamiga bosh qo‘yishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu jihatdan ba’zan «puryoyvaliy» so‘zi ma’jozan «aziz-u mukarram» ma’nosida ham qo'llanilishi qayd etilgan (0‘zbek adabiyoti tarixi. 1-tom, Toshkent, 1978 , 189-bet).
Pahlavon Mahmud oʻz asrining donishmandi edi, u oʻzining uzoq umri davomida hayotni mushohada etib, toʻgʻri xulosalar chiqargan, bu hol uning ruboiylarida yorqin aks etib, ularni hikmatli soʻzlar darajasiga koʻtargan. Mana shulardan biri:
Qora tosh sira ham boʻlmas lojuvard,
Toza qalbga yuqmas aslo changu gard,
Quloq solgin Puryoyvaliy soʻziga,
Qoʻrqoqlardan biron chiqqanmidi mard!
Rost aytadi bu ulugʻ donishmand, yomon odamdan faqat yomonlik, yovuzlik kutish mumkin, mardlikka, vallomatlikka, ezgulikka u qobil emas!
Pahlavon Mahmudning nodonlardan, johillardan nafrati shu qadar zoʻrki, uni shoirning oʻz tili bilan aytmasdan boshqacha ta’bir bilan tushuntirish imkondan xorijdir. Mana u nima deydi:
Uch yuz Koʻhi Qofni kelida tuymoq,
Dil qonidan bermoq falakka boʻyoq,
Yoinki bir asr zindonda yotmoq,
Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq.
Pahlavon Mahmudning muhabbat mavzuidagi ruboiylarini olib koʻraylik. Pahlavonning ishq mavzuidagi ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, mahbubga munosabatning samimiyligi, lirik qahramonning ma’shuqa rizosi uchun har qanday fidokorlikka hozirligi, obrazlarning rang-barangligi, xulosalarning favqulodda va kutilmaganligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Chunonchi:
Na choraki malomatdur vatanim,
Ishq oʻldirdi, sevgi mening kafanim.
Jannat bogʻlarida sen oʻtir, zohid,
Men—mast bulbul, doʻzax mening chamanim.
Soʻragin, goʻzalim, kerak boʻlsa jon,
Jon emas, soʻragin hattoki imon.
Faqat yaqinroq kel, qilma intizor,
Do'stlaringiz bilan baham: |