1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


“Devoni Foniy”dagi muxtara' g'azallar badiiyati



Download 2,2 Mb.
bet32/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

148. “Devoni Foniy”dagi muxtara' g'azallar badiiyati
0‘ziga xos uslubda, mustaqil yozilgan g‘azallar Foniy devoni- da “Muxtara”’ yoki “Ixtiro”’ nomi bilan belgilangan. Shulardan “sharob” radifli ikkita g'azalning boshqalarga o‘xshamaydigan bir jihati bor: bularda Foniy o‘zining muxtara’ g‘azaliga o‘zi javobiya g‘azal yaratgan. Birinchi g'azalning matla’i quyidagicha: Ba subh toibam az mehnati xumori sharob, Vale ba shomi digar doram intizori sharob. (Mazm uni: Sharob xumorining azobidan tong payti sharob- dan tavba qilaman, Lekin kech kirgach, yana sharobga muntazirman!). Keyingi g‘azal esa “Dar javobi g'azali guzashta” (Oldingi g'azalga javob) deb nomlanib, quyidagi matla’ bilan boshlanadi: Chunon shudast ruxat gul-gul az bahori sharob, Ki digaram ba dil afkand xor-xori sharob.
(Mazmuni: Yuzing sharob bahoridan gul-gul ochilib, shunday yashnabdiku, Yana ko'nglimga sharob iztirobini soldi). An’anaviy xamriyat mavzusida bitilgan ushbu g'azallarning boshqa g‘azallardan farqlanuvchi asosiy xususiyati shundaki, ularda ham ohang, ham mazmun jihatidan bir-biriga juda mos va muvofiq tushgan qofiya va radif tanlangan. Radifli g‘azal aytish esa, Amir Xusrav Dehlaviy isbotlaganidek, fors shoirlarining she’riyatga kiritgan yangiliklaridan hisoblanadi. Arab she’riyatida radifli g‘azal deyarli yo'q, chunki arab tilining tabiati radifli she’r yozishga mos kelmaydi. She’rni radifning mantiqiy mehvari atrofida birlashtirish, shu orqali yagona mavzuning turli qirralarini ochib berish, har bir bayt va hatto ayrim paytlarda alohida bir misrada tugal bir ma’noni joylashtirib, go'zal ma’naviy silsila hosil qilish shoirdan katta kuch va iqtidor talab qiladi. Tahlil qilinayotgan g‘azallarda ushbu fazilatlardan tashqari, unga ziynat bag‘ishlab turgan yana bir shakliy unsur bor: qofiya va radifda yonma-yon keladigan cho‘ziq alif (o) hamda sonorli undoshlardan bo‘lmish “re” harfi ( xumor, intizor, bahor, xor-xor hamda sharob) g‘azaldagi xushohanglilik, musiqaviylik, ravonlikni ta’minlay olgan. G‘arb adabiyotshunosligida alliteratsiya, mumtoz adabiyotshunos- ligimizda tavzi’ san’ati nomi bilan yuritiladigan ushbu ifoda usuli shoirdan cheksiz taxayyul bilan bir qatorda teran tafakkur ham taqozo qiladi. Arab adabiyotshunosi al-Askariyning (XI asr) mashhur iborasi bor: “She’riyatda eng muhimi - yangi mavzu topish emas. Chunki bunga arab ham, ajamiy ham, shaharlik ham, ko‘chmanchi ham bir xilda qodir. Muhimi - qay tariqa ifodalash”. Agar Ibn Sino she’rga “kalomi mavzuni muxayyali muqaffo” (vaznga ega, taxayyul bilan yozilgan, qofiyalangan so‘z) deya ta’rif berganini inobatga olsak, yuqoridagi baytlarda ham vazn, ham qofiya va ham radif bir-biriga mutanosib ra- vishda tanlanganiga guvoh bo‘lamiz. Foniy g‘azaliyotiga xos yaxlitlik, mantiqiy izchillikni ta’minlagan omillardan yana biri - har bir g‘azalga konkret bir fikr, timsol yo detaining asos qilib olinishi va tasviriy imkoni- yatlarning barchasi tasvir obyektining to‘liq va izchil ifodasi uchun safarbar etilishidan iborat. Yuqoridagi misollarda ham matla’da tugal bir ma’no o‘z ifodasini topgan bo‘lib, g‘azalning umumiy mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettira olgan. Agar birinchi g‘azalda lirik qahramonning ishtiyoqi, umidvorligi, ruhiy o‘zgarishlari sharob xumoridan tavba qilish yo‘lidagi nochorligi orqali tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchi g‘azalda bu ikkilanishlar butkul bartaraf bo‘lib, shoir o‘z dardining chorasi sharobda ekanligini izhor etadi. Birinchi g'azalda ruhiy tasvir unsurlari yetakchilik qilsa, ikkinchi g‘azalda falsafiy ohang ustuvor. Shu tariqa, ayni bir mavzuda, vazn, qofiya va radif, asosiy timsolni o‘zgartirmasdan ham ikkita mustaqil va ayni paytda bir-birini to‘ldiruvchi, umumlashma xulosalar, kutilmagan tashbihlar, oldin uchramagan kuzatuvlarga boy, eng muhimi, har biri o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlovchi asar yaratish mumkinligini ushbu g‘azallar misolida ko‘ramiz. Foniyning muxtara’ g'azallarida ko‘zga tashlanadigan yangiliklaridan yana biri shuki, u xalq tilida mavjud, ammo o‘sha davr yozma adabiyotida qo‘llanilmaydigan so‘zlarni dadillik bilan qo‘llab, she’riyatni leksik jihatdan ham boyitgan. Jumladan, tahlil qilinayotgan g‘azalning quyidagi baytlarida mumtoz fors she’riyatiga “begona” ikkita so‘zga ko‘zimiz tushadi: Baloxo‘roni xaroboti ishqro dar dil, Chi fitnaho, ki daroyad ba ro‘zgori sharob Sabo'kashoni mayi ishqro chu ushturi mast Ba rohi dayr kafandoz bin zi bori sharob . ( Mazmuni: Ishq xarobotidagi ozig‘i balo bo‘lganlarning ko'ngliga Sharob davronida ne fitnalar g'alayon solur. Ishq mayining tarqatu- vchilarining mast tuyalar kabi Sharob yukidan dayr yo'lida og'zidan ko‘pik sachrayotganiga qara). Yuqoridabelgilangan ikkala so‘z “Farhangi zaboni tojiki”da mavjud emas. Qolaversa, bu so‘zlar Foniyning g‘azalnavislikdagi ustozlari - Hofiz, Sa’diy, Amir Xusrav, Jomiylarning asarla rida ham uchramaydi. Navoiyning turkiy tilda yozgan asarlari o‘z navbatida turkiy tillarning bebaho qomusi ekanligini olim- larimiz allaqachon isbotlagan. M a’lum bo‘ladiki, Navoiy-Foniy turkiy asarlarida qo‘llagan m uvaffaqiyatli tajribalarini forsiy g'azallarida ham tatbiq etgan va bunda ham yaxshi natijalarga
erishgan.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish