Mumtoz sharq filologiyasi



Download 29,25 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2022
Hajmi29,25 Kb.
#785744
  1   2
Bog'liq
Kamolova Oyazim. Arab tili kurs ishi


O’ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
MUMTOZ SHARQ FILOLOGIYASI” FAKULTETI
ARAB TILI VA ADABIYOTI AL-AZHAR” KAFEDRASI
Filologiya va tillarni o’qitish:
Sharq tillari yo’nalishi

Asosiy sharq tili: arab tili” fanidan



KURS ISHI
MAVZU: Egaga ta’sir qiluvchi yuklamalar.

Bajardi: Filologiya va tillarni o’qitish
arab tili yo’nalishi 4-bosqich
talabasi Kamolova Oyazim
Ilmiy rahbar: dotsent.R.Matibayeva
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Kirish….
I Bob.
1.1.
1.2.
II Bob.
2.1.
2.2.
Xulosa..
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati…

kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda har bir soha shiddat bilan rivojlanmoqda. Shu jumladan, ilm-fan sohalarida bu jarayonni kuzatishimiz mumkin. Albatta, bu jarayonlar tilshunoslik sohasida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Yurtimizda ham tilshunoslik sohasida ko’plab islohotlar qilinmoqda. Bunga O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining tashkil etilishi va arab filologiyasi yo’nalishining ochilishi ham yorqin misol bo’ladi. Arab tilida hali o’rganilmagan ko’plab manbalar mavjud bo’lib, aynan arab tili sohasida juda keng imkoniyatlar yoshlarga taqdim etilmoqda.
Arab tili BMT qoshidagi dunyoning oltita yetakchi tillaridan biri hisoblanadi. Arab tili somiy tillari oilasining janubiy shahobchasiga oid bo’lib, u o’z geneologik taraqqiyotida uch bosqichni bosib o’tdi: qadimgi arab tili, klassik adabiy arab tili va zamonaviy arab tili.
Qadimgi arab tiliga Arabiston yarim oroli va Suriyaning janubidagi qadimiy obidalarva qoyalarda topilgan yozuvlar misol bo’ladi. Ularning eng qadimgilari eramizning IV-VI asrlarga oiddir.
Klassik adabiy arab tilida esa eramizning VI-VII asrlarida asarlar bitilgan. Biz ularda mukammal grammatik tuzilishga ega bo’lgan, keng leksik tarkibli, johiliy davri nazmi va qabilalar lahjalarining nodir xususiyatlarini o’zida mujassam etgan boy tilni ko’ramiz. Klassik adabiy arab tili hozirgi zamon arab adabiy tilining shakllanishi uchun zamin bo’ldi. IX-X asrlarda klassik davrning adabiy tili to’la shakllanib bo’ldi. Bu davrga kelib, Qur’oni Karim, qadimiy nazm va Quraysh lahjasi ta’siri ostida arab yozuvi va sarf va nahv shakllandi. Qur’oni Karimning nozil bo’lishi bilan klassik arab tili badiiyati yanada go’zallashdi va Grammatik me’yorlar mukammallashdi. Yetuk grammatik nizom va lug’at boyligiga ega bo’lgani uchun klassik arab tili qabilalar o’rtasidagi adabiy til bo’lib, xizmat qildi. Uning lug’at boyligi shevalar hisobiga ham ko’payib bordi. Klassik arab tili Islom dini bayrog’i ostida Yaqin va O’rta Sharqqa, Markaziy Osiyo va Afrikaning ko’p qismiga tarqaldi. O’rta Osiyoda u uzoq muddat xalqaro va bilim tili bo’lib keldi. Dunyo fani ravnaqida chuqur iz qoldirgan buyuk bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibs Sino, Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Mahmud Zamaxshariy va Ahmad al-Farg’oniylar arab tilida ijod qilishgan. Klassik adabiy arab tili leksik jihatdan biroz o’zgargan holatda hozirga qadar arablarning adabiy tili bo’lib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosi va musulmon dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, muqaddas hadis va boshqa mo’tabar manbalarning arab tilida ekanligidir.
Zamonaviy arab tili XX asrdan boshlab yangicha ruhda shakllana boshladi. Yangi zamonaviy texnika va taraqqiyot tushunchalari va pradmetlarini ifodalash uchun unga Ovrupa tillaridan ko’p o’zlashtirma so’zlar kirdi. O’z navbatida arab leksikasi ham boshqa sharq hatto, g’arb tillarigacha kirib bordi. G’arb tillaridagi algebra, admiral, azimut, zenit, sifra, magazin, shaxmat kabi so’zlar shu jumladandir. Adabiy til bilan bir qatorda har bir arab davlati qishloq, shahar va viloyatlarining o’z shevalari bor. Ular bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Hozirgi kunda yigirma ikkita arab davlati mavjud bo’lib, har bir davlat o’z lahjasiga ega hisoblanadi.
O’tgan yillar mobaynida arab tili o’qitish bo’yicha darsliklarni tayyorlash borasida ancha samarali ishlar qilindi. Jumladan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutining “Arab filologiyasi” kafedrasi ustozlaridan marhum B.Z.Xolidov, E.Talabov, N.I.Ibrohimov va M.Yusupovlar hamda Toshkent Islom Universitetining 1999-yil tashkil etilgan “Sharq tillari” kafedrasi ustozlaridan marhum A.Abdujabborov, B.Ibrohimov, M.Hasanov, M.Abzalova va boshqalar tomonidan arab tilini o’rganuvchilar uchun chop etilgan bir qancha darslik va qo’llanmalar taqdim qilindi.
Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlab xalqimiz ma’naviy-madaniy boyliklarini har tomonlama o’rganish, ularni kelgusi avlodlarga to’liq yetkazish va hozirgi avlodni ulardagi ijobiy an’analar asosida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Uzoq tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi, uning yuksak madaniyati, qadriyatlari, boy ilmiy merosi butun jahonning diqqat -e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan va kelmoqda. Ibn Sino, Beruniy, Ulugbek, Muhammad al-Xorazmiy, Maxmud Zamaxshariy, Al Farg’oniy kabi buyuk ajdodlarimizning nomlari va yaratgan asarlari mashhur bo’lib, ularning ijodlari jahon madaniyati xazinasiga qo’shilgan bebaho boylik hisoblanadi. Ammo, shu allomalar yaratgan ilmiy asarlar, yozma yodgorliklarning aksariyati to’laligicha o’rganilgan emas. Mustaqillik yillarida buyuk vatandoshlarimizning yaratgan boy ilmiy meroslari o’rganila boshladi va bu yo’lda bugungi yosh o’sib kelayotgan kadrlarimizga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Xususan, arab tiliga bo’lgan e’tibor yanada oshdi va bu bilan Movaraunnahr va Xuroson o’lkalariga VI-VII asrlarda kirib kelgan arab tili va arab yozuvi va shu davrdan boshlab toki Chor Rossiyasi yurtimiz hududiga kirib kelguniga qadar arab yozuvi asosida yaratilgan boy ilmiy me’rosimizni o’rganish va tadqiq qilish imkoniyatlari eshigi ochildi. Bu biz uchun asrlar davomida hali tadqiq qilinmagan va o’rganilmagan ma’naviy, madaniy, ilmiy meroslarimizni omma e’tiboriga havola etib milliy meroslarimizni o’rganishda bo’gan ilmiy tadqiqotlar salmog’ini oshirish uchun xizmat qiladi. Hozirgi arab tili ham jahon tillaridan biri hisoblanadi. Arab tilida bugungi kunda lahja va shevalarning ortib ketishi sof arab tilini ya’ni, fus’ha tilini o’rganish zaruratini talab qiladi. Fus’ha tilini o’rganish uchun esa arab tili grammatikasini mukammal o’rganish zaruratini keltirib chiqaradi. Arab tili grammatikasi boshqa dunyo tillarining grammatikasiga qaraganda anchagina murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Arab tili ko’p davrlardan beri o’rganilmoqda, xususan, Mahmud Zamaxshariy arab tili grammatikasini tuzib chiqadi. Bundan tashqari arab tili ustida ish olib borgan olimlardan Grande, Talabov, Xolidov, Hasanov, Ne’matullo Ibrohimov, Muhammad Yusupov, Sunnatullo Bekpo’latov va shu kabi boshqa sharqshunos olimlarni nomlarini sanab o’tishimiz mumkin.

Download 29,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish