Web sahifa sarlavhasi



Download 2 Mb.
bet5/8
Sana30.04.2022
Hajmi2 Mb.
#595883
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Web sahifa sarlavhasi

ЗС//DTD HTML<4.0//EN”>
Prolog bu maxsus ko’rinishga ega bo’lgan yolg’iz teg. Bu teg ochuvchi oldida HTML–hujjatning eng oldiga o’rnatiladi va HTML 4.0–spetsifikatsiyasiga qat'iy mos kelgan holda rasmiylashtirilgan hujjat hisoblanadi.
HTML – hujjatga prologni o’rnatish–bu WZS talabidir, (Internetdagi ko’pchilik HTML hujjatlarda prolog qo’yilmaydi).
HTML 4.0 spetsifikatsiyasida monitor ekranida taqdim etilgan ta'rifdan hujjat strukturasi ta'rifini ajratish asosiy (ключeвой) g’oyaga aylandi. Tajriba ko’rsatishi bo’yicha hujjatning bu ikkala ta'rifini bir-biridan ajratish platforma, muhit va shu kabilarni keng miqyosda quvvatlashga qilinadigan sarf-harajatlarni ancha kamaytirar ekan, shu bilan birga hujjatlarga o’zgarishlar kiritishni osonlashtirar ekan. Bu g’oyaga asosan, uslub (стил) jadvali yordamida, xujjatlarni taqdim qilish usulidan ko’plab foydalanish maqsadga muvofiq keladi.

Uy vazifa Mavzuni mustahkamlash


3-Mavzu: HTML xujjatining umumiy strukturasi.
Internet - sayyoramiz miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stanstiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sarhadlaridan chiqqanini ham ko’rishimiz mumkin. Butun dunyo o’rgimchak to’ri WWW (World Wide Web) - bu ko’p sonli o’zaro bir-biriga bog’langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog’lovchi chekli gipermurojaat bo’ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so’z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi. Gipermurojaat butunjahon o’rgimchak to’ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funkstional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko’ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operastion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko’rinishda bo’lishi kerak. Foydalanuvchi o’z operastion muhitida qanday yozuv shriftlar o’rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko’tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi malumotlarning yo’qligi yoki etarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi. Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan qog’ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Markup Language) tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi. Web sahifa uchun bu yaxshi yo’l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko’p vaqt ketgan bo’lardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo’l yo’riqlar ketma – ket joylashgan bo’ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo’lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o’qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko’rib bo’lmaydi chunki uning o’rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko’rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o’z Web sahifamizni yaratmoqchi bo’lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi. HTML ning konstrukstiyasi TEG lar deyiladi. Brauzer TEG larni oddiy matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi. Masalan, har bir Web sahifa tegi bilan boshlanib
tegi bilan yopilishi kerak. Etibor bergan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » belgisi bilan farq qiladi. Teg nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzer bir xil qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyuter tillaridagi kabi izoh berish imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» belgilar orsiga yoziladi. Masalan: <-- Bu izox --> Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi. Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi va yopiluvchi teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa
va
teglari orasida joylashadi. Odatda sarlavha qismi oldidan qo’llanilayotgan HTML standartlari haqida malumot yoziladi. Har qanday Web sahifaning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: Misol 3_1:
Asosiy qism
Rasm 3_1


<br />Hujjat sarlavhasi <br />


Asosiy qisim

va
Mening bu sahifamga kiruvchilarga alangali salom
bo’limining barcha teglarida ishlatish mumkin. Bu parametrlar CLASS, ID, LANG, LANGUAGE, STYLE va TITLE lardir. Parametrlar CLASS, ID, STILElar Internet Explorerning 3.0 versiyasidan boshlab va Netscapening 4.0 versiyasidan boshlab quvvatlanib keladi. Bu parametrlar uslub (stil) lardan fodalanilganda kerak bo’ladi. Parametrlar LANG, LANGUAGE, TITLE lar faqat Internet Explorerning 4.0 versiyasidan boshlab quvvatlanib keladi. Bu parametrlar mos kelgan foydalanadigan tillarni ko’rsatadilar (masalan, Rossiya uchun LANG=ru), skript yozish tilini (masalan, LANGUAGE=Java Script) va boshqalar.
Zamonaviy HTMLda til teglari va unda ko’rsatilgan qiymatlar bilan birga, boshlang’ich HTML-kodda stsenariy kodlari (Java Script yoki VB Script) ham yoziladi. Ular to’g’risida keyingi mavzularda batafsil so’z yuritamiz.
Keling, endi HTML – hujjat yozishni boshlashda ishlatiladigan teg to’g’risida so’z yuritsak. HTML - hujjatini yozishni boshlashda ishlatiladigan birinchi teg bu tegidir. U har doim hujjat yozuvining boshida bo’lishi lozim. Yakunlovchi teg esa shakliga ega bo’lishi kerak. Bu teglar, ular orasida joylashgan yozuvning hammasi butun bir HTML-hujjatini anglatishi bildiradi. Aslida esa hujjat oddiy matnli ASCII-faylidir. Bu teglarsiz brauzer hujjati formatini aniqlab, tarjima qila olmaydi. Ko’pincha bu teg parametrga ega emas. HTML 4.0 versiyasiga qadar VERSION parametri mavjud edi. HTML 4.0 da esa VERSION o’rniga parametri paydo bo’ldi. Yodga olishimiz lozim, 1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e'lon qilindi va 1997 yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan (yuqorida aytib o’tganimizdek) standartlarning eng oxirgisidir.
Umuman, HTML hujjat standart hisoblanishi uchun yana prolog (muqaddima) ham kerak. Hujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o’rnatiladi. Prolog quyidagi ko’rinishga ega:

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish