"Web dasturlashga kirish"
fanidan 38 soatlik
taqvimiy-mavzular rejasi
Qiziriq 2021
1-Mavzu: WEB dasturlashga kirish. Asosiy tushunchalar.
Hozirgi kunga kelib veb texnologiya juda katta tezlikda oshib bormoqda. Har kuni yangi saytlar butun olam o’rgimchak to’riga qo’shilib bormoqda(shu qatorda ko’p saytlar o’z ishini yakunlamoqda). Saytlarning asosini html gippertekst tili tashgkil etadi. Ko’p yillar davomida sayt yaratuvchilar(taxminan 10 yil ) html4 dan foydalanib kelishgan. 2004 yilda esa yirik kompaniyalar (Apple, Opera , Mozilla) birlashib yangi guruh hosil qilishdi va bu guruhni WhatWG(Web Hypertext
Application Technology Working group) deb nomlashdi. So’ng guruhga World Wide Web Consortium (W3C) ham kirib keldi va yangi HTML5 ni ishlab
chiqarishni boshlashdi. HTML5 da flash pleyerlar o’rnini teglar egalladi va sayt strukturasi uchun alohida teglar qo’shildi. 18-yanvar 2011 yilda HTML5 logotipi yaratildi va 2011 yil 1 aprelda ommaga taqdim etildi. HTML5 ning ba’zi bir teg va atributlari haqida to’xtalib o’tamiz:
Sayt strukturasini yaratishda asosan biz
tegidan yoki jadvalardan foydalanamiz. Saytning qismini
orqali ajratamiz. HTML5 da esa sayt strukturasi uchun alohida teglar yaratilgan. Bu teglar quyidagilar:
-sahifa nomi uchun teg;
-saytning eng pastki qismi (podval) uchun zarur bo’lgan teg. Asosan bu tegning ichiga “copyright” kabi ma’lumotlar yoziladi;
-sayt navigatsiyasi uchun teg ;
- asosan sektsiyalar (o’ng yoki chap menyular) yaratish uchun ishlatish mumkin bo’lgan teg;
-sahifadagi asosiy ma’lumotlarni chiqarish uchun;
- yangiliklar , kommentariyalar maqolalarning kontentlarini chiqarish uchun.
Bu teglarni kerakli joylarda to’g’ri ishlatish sayt strukturasini tushunarli (tartibli) bo’lishiga olib keladi.
Hozirgi kunda saytlarni formalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, ya’ni formalar saytlarning asosi bo’lib qilgan. Formalar asosan ro’yxatdan o’tishda , kommentariyalar yozishda , qandaydir blankalarni to’ldirishda zarur bo’ladi. Foydalanuvchilar formalarni to’latib , serverga jo’natish jarayonida kiritilgan ma’lumotlarning to’liqligi va to’g’riligini tekshirish uchun alohida skriptlar yoziladi. HTML5da yangi Web Forms 2.0 nomli formalar bilan ishlash uchun tartib qoidalar ishlab chiqilgan. Yangi “required” va “email” nomli atributlar orqali avtomat tarzda foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar tekshiriladi. Hattoki elektron pochta adreslari to’g’ri kiritilganligi to’g’risida ma’lumot beradi. Bu atributlardan boshqa yana bir necha forma ma’lumotlarini tekshiradigan atributlar mavjud(url, data, datetime, week, month, number,..).
Saytlar orqali videolar ko’rmoqchi bo’lib, videoga oid saytni ochsangiz, u yerda flash player qidirishni boshlaysiz. Ortiqcha ish bajarasiz va vaqtingizni yo’q joydan sarflaysiz va bir hisobda pulingizni ham (yuklab olish uchun ketadigan megabaytlar). HTML5 tuzuvchilari multimedia yo’nalishida ham yangi teglar yaratishdi va bu teglarni
HTML5 ning yana bir yutug’i User Interaction nomli qismi. Bu qism orqali saytni interaktiv shaklda yaratish mumkin. Contenteditable atributi orqali saytni qaysi qismini foydalanuvchilar o’zgartirish mumkinligini belgilab qo’yish mumkin. Shablonlar yaratish jarayonida bu atributni ishlatish qulay bo’ladi , ya’ni web texnologiyadan xabarsiz bo’lgan foydalanuvchilar ham visual tarzda sayt qismlarini o’zgaretirish mumkin bo’ladi.
Javascript dasturlash tili haqida ma’lumotlar:
Javascript bu web sahifalarni o’zaro ta’sirini hosil qilish uchun foydalaniladigan dasturiy tildir. Bu sahifagfa hayot beradi ya’ni foydalanuvchini jalb qiladigan o’zaro ta’sirlashuvchi elementlar va animatsiyalar hosil qiladi. Agar bosh sahifada qidiruv qutisini ishlatgan bo’lsangiz , yoki videoni tomosha qilgan bo’lsangiz , u Javascript orqali ishlayotgan bo’lishi mumkin.
JavaScript va HTML
HTML va JavaScript ikki xil narsadir , lekin ular bir birini to’ldiradi. HTML – static veb kontentni aniqlash uchun mo’ljallangan formatlash tilidir. Bu veb-sahifani uning asosiy tuzilishi bilan ta’minlaydi. JavaScript bu sahifadagidinamik vazifalarni , masalan, animatsiya yoki qidiruv maydonchasini bajarish uchun mo’ljallangan dasturiy tildir.
JavaScript veb-saytning HTML tizimida ishlash uchun yaratilgan va odatda bir necha marta ishlatiladi. Agar siz kod yozishni davom ettirmoqchi bo’lsangiz , ularni alohida fayllarga joylashtirsangiz JavaScript ga osonroq kira olasiz. (.JS kengaytmasidan foydalanish ularni aniqlashda yordam beradi.) JavaScript ni HTML ga teg kiritish orqali bog’lanadi.
Interfaol veb-saytlarni yaratishda , kod ishlashini sinab ko’rishda , foydalanuvchi qurilmasi bilan ishlashda va boshqa ko’p narsalarda yordam beradigan funksiya va xususiyatlarni qamrab olishda html5 va apin lardan foydalaniladi.HTML5 spesifikatsiyasi yangi APIlarga bir qator foydali funksiyalarni qo’shdi. Lekin ularni brauzer yordami yetishmasligi sababli o’rganish murakkab.
Asosiy 10 ta HTML5 API lar:
1.Yuqori aniqlikdagi API
2. Foydalanuvchi vaqti API
3. Navigatsiya vaqti API
4. Tarmoq haqida ma’lumot API
5. Tebranish API
6. Batareya holati API
7. Sahifa ko’rinishi API
8. To’liq ekran API
9. Foydalanuvchi media API
10. Veb rozetka API0
HTML5 Javascript API indeksi HTML5 spetsifikatsiya hujjatlaridan avtomatik ravishda IDL bo’laklarini skanerlash orqali hosil bo’ladi.Indeks generatori IDL kodini tahlil qiladi va uni mos keladigan sarlavhalarga bog’laydi , freymlardan foydalanib qulay tarzda o’tish mumkin bo’lgan o’zaro bog’liqlik yaratadi.
API- bu atama bilan ozgina bo’lasa ham shug’ullangan odam uchun nimanidir anglatadi. Lekin, hamma ham u nimani anglatishini va u nimaga kerakligini to’liq tushunishmaydi. Dasturchi Pyoter Gazarov API haqida oddiy tilda o’zining blogida gapirib berdi.
API abbereviaturasi “Application Programming Interface” so’zalrining bosh harflariodan olingan bo’lib, dasturlarni dasturlash interfeysi yoki dasturlarni dasturiy interfeysi deb tarjima qilinadi. Ko’plab katta kompaniyalar ma’lum darajaga yetishganda, o’z mijozlari yoki kompaniya ichida qo’llanilishi uchun , API yartishadi. API’ni dastur yaratishda yoki biznesda qanday qo’llanilishi tushunish avvalo “butunjahon o’rgimchak to’ri” qanday ishlashi bilan tanishib chiqish kerak bo’ladi.
Uy vazifa Mavzuni mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |