Hayot sug‘urtasida sug‘urta operatsiyalarini rejalashtirishning asosiy tamoyillari.
Hayot sug‘urtasining asosida boshqa sug‘urta turlari kabi sug‘urta hodisasi natijasida ko‘riladigan zararlarni ko‘p sonli sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanishidir. Sug‘urta qoplamalari barcha sug‘urta qatnashchilarining to‘lagan sug‘urta badallari orqali shakllantirilgan sug‘urta jamg‘armasidan to‘lanadi. Badal miqdori bitta sug‘urtalanuvchiga sug‘urta muddati davomida kutilayotgan sug‘urta to‘lovi miqdoridan aniqlanadi. Har bir odamning o‘limi oldindan aytib bo‘lmaydigan tasodifiy hodisadir. Lekin ko‘p sonli sug‘urta qatnashchilari uchun har sug‘urta yiliga va butun sug‘urta muddatiga o‘limlar sonini yuqori darajada aniqlik bilan bashorat qilish mumkin bo‘ladi. Bunday bashoratni asosida ko‘p sonli aholi uchun demografik statistika yordamida aniqlanadigan o‘limni yoshga bog‘liqligining barqaror qonuniyati yotadi. Chunki aholining o‘lim ko‘rsatkichi o‘n yillar davomida sezilarli o‘zgarmaydi. Hayot sug‘urtasida tasodifiylikning roli boshqa sug‘urta turlariga qaraganda unchalik katta emas. Boshqa sug‘urta turlarida tasodifiylikning roli sezilarli darajada yuqori bo‘lib, ehtimollar nazariyasi va matematik statistukaning murakkab usullarini qo‘llashni taqazo etadi. Shuning uchun ularni riskli sug‘urta turi deyiladi. Hayot sug‘urtasida sug‘urtalanayotgan risk sug‘urtaga olingan shaxsning o‘limi emas, uning o‘limi aniq, lekin qachon o‘lishi tasodifiy, ya’ni o‘lim yuz berishi muqarrar hodisa, uning muddati esa tasodifiy hodisadir. Demak, hayot sug‘urtasida risk o‘limning ro‘y berish vaqti ekan.
Hayot sug‘urtasini olib borish uchun ham uning narxini, ya’ni ta’rif stavkasini hisoblash kerak bo‘ladi. Ta’rif stavkalarini hisoblashlarini olib borish manb’ai, bu aholi o‘limi va yosh tarkibi haqidagi statistik ma’lumotlar asosida, demografik statistika tomonidan maxsus metodologiya yordamida ishlab chiqilgan o‘lim va o‘rtacha umr davomiyligi jadvallaridir. Bu jadvallarda alohida yoshdagi aholining o‘limi va bir yoshdan keyingi yoshga o‘tishda yashab qolganlari haqidagi hisoblash ko‘rsatkichlarini xarakterlovchi ma’lumotlar mujassam bo‘ladi. Bu jadval bir vaqtda tug‘ilgan avlodlarni (shartli ravishda 100 000 ta deb qabul qilingan) yoshi ulg‘aygani sari bosqichma-bosqich kamayib borishini ko‘rsatadi. Bunday shaxsiy yoki aholini ro‘yxatga olish asosida tuzilgan jadvallardan sug‘urta tashkilotlari hayot sug‘urtasining ta’rif stavkalarini hisoblashda foydalanadilar. Ushbu jadvalning namunaviy tuzilishi quyidagicha:
Yosh
|
Erkaklar
|
Ayollar
|
x
|
|
|
|
|
|
|
0
|
100 000
|
2047
|
0,02047
|
100 000
|
1512
|
0,01512
|
1
|
97 953
|
200
|
0,002042
|
98 488
|
161
|
0,001635
|
2
|
97 755
|
113
|
0,001156
|
98 327
|
98
|
0,000997
|
3
|
97 640
|
85
|
0,000871
|
98 229
|
69
|
0,000702
|
4
|
97 555
|
78
|
0,0008
|
98 160
|
57
|
0,000581
|
5
|
97 477
|
74
|
0,000759
|
98 103
|
45
|
0,000459
|
6
|
97 403
|
69
|
0,000708
|
98 058
|
41
|
0,000418
|
7
|
97 334
|
62
|
0,000637
|
98 017
|
39
|
0,000398
|
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
|
40
|
83 344
|
1145
|
0,013738
|
94 143
|
310
|
0,003293
|
41
|
82 199
|
1198
|
0.014574
|
93 833
|
344
|
0,003666
|
42
|
81 001
|
1194
|
0,014741
|
93 489
|
382
|
0,004086
|
43
|
79 807
|
1208
|
0,015137
|
93 107
|
417
|
0,004479
|
44
|
78 599
|
1212
|
0,01542
|
92 690
|
458
|
0,004941
|
45
|
77 387
|
1292
|
0,016695
|
92 232
|
449
|
0,004868
|
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
|
93
|
597
|
158
|
0,264657
|
2 617
|
823
|
0,314482
|
94
|
439
|
138
|
0,314351
|
1 794
|
610
|
0,340022
|
95
|
301
|
95
|
0,315615
|
1 184
|
434
|
0,366554
|
96
|
203
|
66
|
0,320388
|
750
|
296
|
0,394667
|
97
|
140
|
45
|
0,321429
|
454
|
192
|
0,422907
|
98
|
95
|
32
|
0,336842
|
262
|
119
|
0,454198
|
99
|
63
|
22
|
0,349206
|
143
|
70
|
0,48951
|
100
|
41
|
41
|
1
|
73
|
73
|
1
|
Ushbu jadvalda - bir (x=0) vaqtda tug‘ilgan 100 000 boladan x yoshgacha yashab qolganlar soni,
- x yoshdan x+1 yoshga o‘tgunga qadar vafot etganlar soni, bu x yoshgacha yashab qolganlar ichida nechtasi keyingi yoshga yetmaganligini ko‘rsatadi.
- x yoshdagi odamni x+1 yoshgacha vafot etish ehtimolligini, u holda
esa x yoshdagi odamni x+1 yoshgacha, ya’ni yana bir yil yashab qolish ehtimolligini bildiradi. Odamning x yoshdan keyin yana n yil yashash ehtimoli:
.
x yoshdagi odamning n yillar davomida vafot etish ehtimoli:
.
O‘lim jadvali odatda 100 000 ta yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan boshlanadi, lekin xududlar miqyosiga qarab 10 000 yoki 1000 000 tadan hisoblangan jadvallar ham uchrab turadi. O‘lim jadvalini tuzishning har xil konsepsiyalari mavjud. O‘lim jadvalida (O‘J) erkak va ayol jinslari ajratiladi, chunki statistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘lim erkaklar orasida ayollarga nisbatan yuqori. Masalan, Jahon bankining 2018 yildagi ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekistonda erkaklar uchun o‘rtacha umr davomiyligi 69,445 yoshni, ayollarda esa 73,676 yoshni tashkil etgan. Rossiyada 1990 yilgi ma’lumotga ko‘ra bu ko‘rsatkich mos ravishda 63,9 va 74,4 yoshni tashkil etadi. O‘J yoshga va xududga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun aktuarlar uni nazardan chetda qoldirishlari mumkin emas.
Shunday qilib, o‘lim jadvaliga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyasi sug‘urtaga olinganlar qiziqayotgan davr ichida katta ehtimollik bilan vafot etadigan va yashab qoladiganlar soni haqida, y’ani ma’lum yilda nechta sug‘urtaga olingan shaxslar uchun qancha sug‘urta summasini to‘lash mumkinligi haqida zarur ma’lumotlarga, ta’rif stavkalarini hisoblash, sug‘urta zahiralarini shallantirish, sug‘urta operatsiyalarini barqarorligini ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |