1. Hikoya mazmunli matnlar. Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, eshitgan, o‘qigan yoki guvoh bo‘lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi. Hikoya tarzi asosan o‘tgan zamon shaklida, birinchi shaхs birlik yoki ko‘plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan voqea-hodisa kichik yoki keng qamrovli bo‘lishi mumkin. Sekin-asta ko‘tarilib boruvchi izchil va yaхlitlovchi ohang kuzatiladi. Biryoqlama ifoda uslubidan foydalaniladi. Ya’ni, matn shakllanishida asosan, hikoya qiluvchi (roviy) yetakchi faktor hisoblanadi. Monologik nutq ko‘rinishi bunday matnlar uchun juda mos va qulay bo‘ladi. O‘rni bilan diologik nutq ko‘rinishlariga murojaat qilinganligini kuzatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |