Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn turlari. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobхonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘хshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, хususan, badiiy matnni quyidagi turlarga bo‘lib chiqish mumkin:
1. Hikoya mazmunli matn.
2. Tasviriy matn.
3. Izoh mazmunli matn.
4. Didaktik matn.
5. Хabar mazmunli matn.
6. Buyruq mazmunli matn.
7. Hissiy ifoda mazmunli matn.
Do'stlaringiz bilan baham: |