qonuniylik;
ijtimoiy adolat;
oshkoralik;
ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi;
shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar. Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash va tabiatni muhofaza
qilishning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelgusi avlodning genetik fondini saqlash;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan olish;
fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega boiish huquqini ta’minlash;
jamiyatning ekologik, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini uyg'unlashtirish;
tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro uyg‘unlashtirish;
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish tadbirlaridan ustuvorligini tan olish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag'batlantirish;
tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi;
ekologiya ekspertizasini o'tkazishning majburiyligi;
ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javob- garlikning qoilanilishi va boshqalar.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi:
tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning zarurligi;
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag‘batlantirish;
yer, yerosti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydalanganlik uchun haq toiash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to'lamaslik;
yerlardan belgilangan toifalar doirasida maqsadli foydalanish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ustuvorligi;
tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.
Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, davlat va
ekologik funksiyasi ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Ekologiya huquqi o'z predmeti, yo'nalishlari, maqsad va vazifalariga ega bo'lgani kabi o'z usullariga ham ega bo'lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar holatiga ta’sir etish orqali katta ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to'g'ri yo'naltirish uchun turli usullar qo'llanilib, ularning ko'lami ortib bormoqda.
Ekologik-huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Ekologizatsiyalashtirish.
Ma 'muriy-huquqiy.
Fuqaroviy-huquqiy.
Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiyjabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustuvorligini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qoilanilishi sog‘lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo‘ymoqda. Ushbu usul shaxs, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini ekologik qoida-talablar asosida olib borilishini taqozo etadi.
Ma’muriy-huquqiy usul — davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo'lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qoilanilishida namoyon bo‘ladi.
Ekologiya huquqida ma’muriy-huquqiy usul keng qo'llaniladi. Bu atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlovchi qoida- talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amal qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag'bat- lantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foyda- lanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi.
Ekologiya huquqi — tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlami tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushun- chalar, institutlar, toifalar keng qoilanib, ekologik-huquqiy qoida- talablarni qoilanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Ekologiya huquqining tizimi — ekologik munosabatlami tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko'ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma’lum tartibda joylashishidir.
Biz murakkab ekologik-huquqiy munosabatlar yo'nalishlarini tahlil qilish va o'rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismga, ya’ni, umumiy va maxsus qismga bo'lib o'rganamiz.
Ekologiya huquqining umumiy qismi:
tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog' liqligi;
ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi;
tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi;
ekologiya sohasida davlat boshqaruvi;
ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati;
ekologiya huquqining umumiy qismi qonunchilikni buz- ganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o'z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining umumiy ekologik-huquqiy qoidalarini belgilaydi.
Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog'liq quyidagi:
yerlami muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
yerosti boyliklarining huquqiy holati;
o'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati;
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati;
xalq xo'jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish;
atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish kabi har bir tabiat obyektining huquqiy holatini qamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-huquqiy qoidalarni o'z ichiga oladi.
Ekologiya huquqi manhalarining tushunchasi, xususiyatlari va tizimi.
Har bir fan, huquq sohasi o'z manbalariga ega bo'lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.
Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin.
Ekologiya huquqining manbalari me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, har qanday huquqiy hujjat manba bo'lib xizmat qilmaydi.
Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi.
Belgilangan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi.
Ekologik qoida-talablarni belgilashi.
Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo'lishi, hokazo.
Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushuniladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari yig'indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartbiga solishi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
yuridik kuchi bo'yicha manbalar qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarga bo'linadi.
Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo'nalishlari bo'yicha:
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;
aholining ekologik xavfsiziligini ta’minlash qonunchiligi.
Munosabatlarni tartibga solish predmeti bo'yicha:
umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari;
huquqiy tartibga solish holati bo'yicha moddiy va protsessual ahamiyatidagi qonunchilik hujjatlari;
qonunchilik hujjatlarining tizimi bo'yicha oddiy, kodifi- katsiyalashgan va manbalar.
Qonunchilik hujjatlarining qo'llanilish doirasi bo'yicha:
hududiy-mintaqaviy;
respublika miqyosida;
xalqaro miqyosidagi manbalar va hokazo.
Tabiat-jamiyat tizimida o'zaro munosabatlarni tartibga solishda
bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarini qo'llanilishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashda ekologik normativ, standart va yo'riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qoilaniladi.
Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo'llashda umumiylikka egadir.
Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo'lib, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra biz ularni o'rganish oson bo'lishi uchun uchta asosiy qismga bo'lamiz:
ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari;
ekologiya sohasidagi O'zbekiston Respublikasining qonunlari tizimi;
ekologiya sohasidagi qonun osti me’yoriy hujjatlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |