Yuridik xususiyatga ko‘ra, ma’muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o'zaro munosabatlari vertikal va gorizontal huquqiy munosabatlarga ajratiladi.
Vertikal huquqiy munosabatlar ma’muriy-huquqiy boshqaruvning hamda subyekt va obyekt o'rtasida yuzaga keladigan davlat boshqaruv faoliyati uchun xos bo‘lgan subordinatsiya aloqalarining mohiyatini eng ko‘p darajada aks ettiradi. Odatda hokimiyat munosabatlari deb ataladigan munosabatlar aynan shu munosabatlardir.
Gorizontal huquqiy munosabatlar deganda, taraflar amalda va yuridik jihatdan teng huquqli bo‘ladigan munosabatlar tushuniladi. Binobarin, ularda bir tarafning boshqa taraf uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |