§. Ma ’muriy huquq manbalari
Ma’muriy huquq manbalari bo‘lib, o'zida ma’muriy huquqiy normalarni ifoda etgan davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarining (ayrim hollarda boshqa davlat organlarining) aktlari hisoblanadi. Bu normalar qonunlarda, vakillik organlarining normativ hujjatlarida, Prezident farmonlarida, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, vazirlik va davlat qo‘mitalari, hokimlarning normativ aktlarida namoyon bo'ladi.
0‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi ham ma’muriy huquq manbalari tizimida alohida o‘rinni egallaydi. Zero, unda ma'muriy huquqbuzarlik tushunchasi. ma’muriy javobgarlik tushunchasi va turlari, ma’muriy norma- larning harakat qilishi, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli organlar, ularning faoliyat yo‘nalishi va vakolatlari doirasi to‘g‘risidagi qoidalar o‘z o'rnini topgan.
Ma’muriy huquq manbalariga 0‘zbekiston Respublikasi Havo Kodeksi, Bojxona Kodeksi, Soliq Kodeksi va boshqa huquqiy normativ aktlarni kiritishimiz mumkin.
Ma’muriy huquq manbalariga shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo'mitalari, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan chiqarilgan aktlar ham ma’muriy huquqning manbalari qatoriga kiradi.
Ma 'muriy huquq tizimi asosan, ikkiga bo'linadi:
Umumiy qism — davlat boshqaruvining barcha sohalarini qamrab oluvchi normalarni o'z ichiga oladi. Ma’muriy huquqning umumiy qismi tarkibida quyidagi normalar ajralib turadi:
davlat boshqaruvi xususiyatlarini belgilovchi hamda davlat boshqaruvi tamoyillarini mustahkamlovchi normalar;
davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomini, faoliyatining shaklini belgilovchi normalar;
davlat xizmatini tartibga soluvchi normalar;
boshqariluvchi obyektlarning maqomini belgilovchi normalar;
jamoat tashkilotlarining huquqiy maqomi to ‘g ‘risidagi normalar;
fuqarolarning huquqiy maqomi to ‘g ‘risidagi normalar;
davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralari to ‘g ‘risidagi normalar;
davlat boshqaruvida qonunchilikni ta’minlash usuli to'g'risidagi normalar;
Maxsus qism — ma’lum bir sohada harakat qiluvchi normalarni o'z ichiga olib quyidagilardan iborat:
-rejalashtirish, moliva, bank-kredit, soliq, hisob-kitob sohalaridagi va tarmoqlararo faoliyatning boshqa sohalaridagi davlat boshqaruvini tartibga soluvchi normalar;
xalq xo jaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish va ma ’muriy-siyosiy faoliyat sohasidagi davlat boshqaruvini tartibga soluvchi normalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |