Ekologiya huquqi manhalarining tushunchasi, xususiyatlari va tizimi.
Har bir fan, huquq sohasi o'z manbalariga ega bo'lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.
Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin.
Ekologiya huquqining manbalari me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, har qanday huquqiy hujjat manba bo'lib xizmat qilmaydi.
Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi.
Belgilangan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi.
Ekologik qoida-talablarni belgilashi.
Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo'lishi, hokazo.
Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushuniladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari yig'indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartbiga solishi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
yuridik kuchi bo'yicha manbalar qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarga bo'linadi.
Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo'nalishlari bo'yicha:
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;
aholining ekologik xavfsiziligini ta’minlash qonunchiligi.
Munosabatlarni tartibga solish predmeti bo'yicha:
umumiy va maxsus ekologik qonunchilik hujjatlari;
huquqiy tartibga solish holati bo'yicha moddiy va protsessual ahamiyatidagi qonunchilik hujjatlari;
qonunchilik hujjatlarining tizimi bo'yicha oddiy, kodifi- katsiyalashgan va manbalar.
Qonunchilik hujjatlarining qo'llanilish doirasi bo'yicha:
hududiy-mintaqaviy;
respublika miqyosida;
xalqaro miqyosidagi manbalar va hokazo.
Tabiat-jamiyat tizimida o'zaro munosabatlarni tartibga solishda
bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarini qo'llanilishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashda ekologik normativ, standart va yo'riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qoilaniladi.
Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo'llashda umumiylikka egadir.
Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo'lib, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra biz ularni o'rganish oson bo'lishi uchun uchta asosiy qismga bo'lamiz:
ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari;
ekologiya sohasidagi O'zbekiston Respublikasining qonunlari tizimi;
ekologiya sohasidagi qonun osti me’yoriy hujjatlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |