§. Ekologiya huquqining asosiy yo‘nalishlari va predmeti
Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro ta’sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo'ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy-ekologik munosabatlar deb ataymiz.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki. ijtimoiy-ekologik munosabatlar shakli, mazmuni jihatdan turli-tuman bo'lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy-ekologik munosabatlarni yo'nalishlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda oqilona aniqlash o'z navbatida, ushbu munosabatlarni tartibga solish huquqiy mexanizmni ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi.
Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta quyidagi asosiy yo'nalishlarda paydo bo'ladi:
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq ekologik- huquqiy munosabatlar:
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog'liq ekologik- huquqiy munosabatlar;
Aholini ekologik xavfsizligini ta ’minlashga qaratilgan ekologik- huquqiy munosabatlar.
Ushbu ekologik-huquqiy munosabatlar yo'nalishlari o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, jamiyatning tabiat bilan o'zaro ta’sirlar tizimida tutgan o'rni muammolarni hal qilishda qo'llaniladigan chora-tadbirlari, uslublari va o'ziga xos xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Atrof tabiy muhitni muhofaza qilish — jamiyatda yer, yerosti boyliklari, suv, o'rmon, hayvonot va o'simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof-muhitning biologik xilma-xilligini ta’minlash bilan bog'liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig'indisi hisoblanadi. Ayniqsa, XX asrda tabiiy muhitni muhofaza qilish yo'nalishiga katta e’tibor berilib, har bir davlatda turli dastur, rejalar va qonunchilik hujjatlari qabul qilingandir.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarini tartibga soladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish deganda. jamiyat a’zolarining o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatning foydali qismlarini o'zlashtirishishi tushuniladi.
Tabiy resurslardan oqilona foydalanish — jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer, yerosti boyliklari, suv resurslari, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonot dunyosida foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rejalari. qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig'indisidan iboratdir.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash bilan bog'liq huquqiy munosabatlar tizimi — atrof tabiiy barqarorligi, aholining sog'lig'iga xavfli ta’sir etuvchi omillarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy- ma’rifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |