Ekologiya huquqining tamoyillari — tabiat-jamiyat tizimidagi о ‘zaro munosabatlar yo ‘nalishi. chegaralarini belgilab herishda ekologik-huquqiv mexanizmining barqarorligini kafolatlashda va qonunchilik qoida-talablarning ekologik munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar juda xilma- xil va murakkab bo'lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimga bo'lishimiz mumkin:
davlat va huquqning umumiy tamoyillari;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillari;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik
munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillaridan foydalanadi:
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini rag‘batlantirish;
yer, yerosti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydalanganlik uchun haq toiash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to'lamaslik;
yerlardan belgilangan toifalar doirasida maqsadli foydalanish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ustuvorligi;
tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.
Tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, davlat va ekologik funksiyasi ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Ekologiya huquqi o'z predmeti, yo'nalishlari, maqsad va vazifalariga ega bo'lgani kabi o'z usullariga ham ega bo'lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar holatiga ta’sir etish orqali katta ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to'g'ri yo'naltirish uchun turli usullar qo'llanilib, ularning ko'lami ortib bormoqda. Ekologik-huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi: 1. Ekologizatsiyalashtirish. Ma 'muriy-huquqiy.
Fuqaroviy-huquqiy.
Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiyjabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuniyatlarining ustuvorligini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qoilanilishi sog‘lom ekologik muhitga erishish zaruriyatini oldimizga qo‘ymoqda. Ushbu usul shaxs, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini ekologik qoida-talablar asosida olib borilishini taqozo etadi. Ma’muriy-huquqiy usul — davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo'lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qoilanilishida namoyon bo‘ladi. Ekologiya huquqida ma’muriy-huquqiy usul keng qo'llaniladi. Bu atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlovchi qoida- talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amal qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag'bat- lantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foyda- lanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo‘llanilishida namoyon bo‘ladi. Ekologiya huquqi — tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlami tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushun- chalar, institutlar, toifalar keng qoilanib, ekologik-huquqiy qoida- talablarni qoilanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Ekologiya huquqining tizimi — ekologik munosabatlami tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko'ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning ma’lum tartibda joylashishidir. Biz murakkab ekologik-huquqiy munosabatlar yo'nalishlarini tahlil qilish va o'rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismga, ya’ni, umumiy va maxsus qismga bo'lib o'rganamiz. Ekologiya huquqining umumiy qismi:
tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog' liqligi;
ekologiya nazorati va ekologiya ekspertizasining huquqiy holati;
ekologiya huquqining umumiy qismi qonunchilikni buz- ganlik uchun javobgarlik kabi mavzularni o'z ichiga olib, tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning ilmiy-nazariy jihatlari, huquqiy asoslari, ekologik-huquqiy mexanizmi va uning elementlarining umumiy ekologik-huquqiy qoidalarini belgilaydi.
Maxsus qismi esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bilan bog'liq quyidagi:
yerlami muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati;
atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy holati;
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati;
xalq xo'jaligi sohalari va aholi punktlarida atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish;
atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish kabi har bir tabiat obyektining huquqiy holatini qamrab oluvchi maxsus ahamiyatdagi ekologik-huquqiy qoidalarni o'z ichiga oladi.