Vertikal huquqiy munosabatlar ma’muriy-huquqiy boshqaruvning hamda subyekt va obyekt o'rtasida yuzaga keladigan davlat boshqaruv faoliyati uchun xos bo‘lgan subordinatsiya aloqalarining mohiyatini eng ko‘p darajada aks ettiradi. Odatda hokimiyat munosabatlari deb ataladigan munosabatlar aynan shu munosabatlardir.
Gorizontal huquqiy munosabatlar deganda, taraflar amalda va yuridik jihatdan teng huquqli bo‘ladigan munosabatlar tushuniladi. Binobarin, ularda bir tarafning boshqa taraf uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari bo‘lmaydi.
Ishtirokchilarning tarkibiga ko'ra, huquqiy munosabatlar apparal ichkarisidagi va tashqarisidagi munosabatlarga boiinadi. Birinchi holda mavjud bo'lishi shart boigan (majburiy) subyekt (ma’muriy hokimiyat egasi. apparat bo‘g‘ini) apparatning boshqa bo‘g‘inlari (organlar, xizmatchilar va boshqalar) bilan munosabatga kirishadi. Ushbu huquqiy munosabatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimini, organlar va xizmatchilarning vakolatlarini, ularning o‘zaro munosabatlarini apparat ichidagi ishlar shakli va usullarini belgilovchi ma’muriy-huquqiy normalarga asoslanadi. Ikkinchi holda, majburiy subyekt fuqarolar, davlatga qarashli boMmagan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari. Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni alohida guruhga ajratish mumkin.
Ma’muriy huquqda fuqarolarning huquqlarini mustahkamlovchi va ularning boshqaruv organlari bilan munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yetarlicha katta o'rin egallaydi. Subyektlarini boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) va fuqarolar tashkil etadigan munosabatlar huquqiy voqelikdagi eng an’anaviy munosabatlardir. Har qanday fuqaro o‘z hayoti mobaynida ma’muriy, huquqni muhofaza qiluvchi muassasalar va ularning mansabdor shaxslari bilan, transport va aloqa organlari bilan, soliq organlari, pasport idorasi, bojxona xizmati, ijtimoiy himoya va boshqa idoralarning xodimlari bilan ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kirishadi.
Fuqarolar 0‘rtasidagi munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabatlarning alohida guruhini tashkil qiladi. Fuqarolar o'rasidagi ko'pgina munosabatlar ma’muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinganligi uchun ma’muriy-huquqiy munosabatlarga kiradi. Ushbu munosabatlar ko'proq jamoat tartibi, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohalarida yuzaga keladi hamda qonunchilik fuqarolarga jamoat joylaridagi o'zaro munosabatlarini, mustaqil ravishda, boshqarishning huquq va manfaatlariga rioya etgan holda tartibga solish majburiyatini yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |