EHMning rivojlanish taraqqiyotida ularni avlodlarga ajratish qabul qilingan bo'lib, ularning har biri elementlarining tayyorlanish texnologiyasi va jihozlarining parametrlari, shuningdek, hal etiladigan masalalar va dasturi bilan ajralib turadi. Birinchi avlod mashinalari 50-yillarda ishlab chiqarilgan bo'lib, asosiy komponentlari elektron lampalardan iborat bo'lgan. Bu EHM lardagi minglab lampalar elektr energiyani ko'p miqdorda talab qilgan, katta miqdorda issiqlik ajratib chiqargan va ko'p joyni egallagan. Bu mashinalarning amallarning bajarish tezligi past, xotira sig'imi kichik va tez-tez ishdan chiqib to’rgan. Dasturlar mashina kodida yozilgan. Dastur tuzuvchi o'zi xotira yacheykasini dastur orqali taqsimlagan. Bu avlod EHM lariga EDVAC, UNIVAC, IBM 700, MESM, BESM-1, BESM -2, Strela va boshqalar misol bo`ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |