Keyinroq AQShda va Buyuk Britaniyada "EDVAK", "EDSAK", "SEAK", "UNIVAK" va boshqa turdagi EHMlar yaratildi. Bu turdagi mashinalar hisoblash texnikasi taraqqiyotida yangi bir davrni boshlab berdi. Sobiq ittifoqda birinchi elektron hisoblash mashinasi aka-demik S.A.Lebedev rahvarligida 1951-yili Ukraina FA elektron institutida yaratildi va "MESM" (Malaya elektronno-schetnaya mashina) kichik elektron hisoblash mashinasi deb nom oldi. 1954 – yili aniq mexaniqa va hisoblash texnikasi institutida S.A.Lebedev rahvarligida "BESM" (Bolshaya elektronno-schetnaya mashina) katta elektron hisoblash mashinasi yaratildi, u 2048 ta xotira yacheykasiga ega bo'lib sekundiga 9 ming amalni bajarar edi. O'sha vaqtda u jahondagi eng tezkor mashina edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |