Dastlabki hisob aasboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo`lib, shotlandiyalik olim Jon Neper nomi bilan atalgan. Neper tayoqchalari yordamida qo`shish, ayirish va ko`paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob takomillashtirlib logarifmik chizg`ich yaratilgan.Hisoblash texnikasida mexaniq mashinalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623 yili yaratilgan. Biroq bu borada birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan franso’z matematigi Blez Paskal deb hisoblanib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |