166
bo’lib, teri retseptorlarining hosil qilingan banka vakuumda qo’zg’alishi
kuzatiladi. Massajdan oldin ta’sir etiluvchi sohaga isitilgan vazelin yog’i bilan
ishlov beriladi. Perkussion massaj bronxit va zotiljamda qon, limfa aylanishini
va o’pka ventilyasiyasini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Massaj yotgan yoki
o’tirgan dastlabki holatda bajariladi. Ko’krak qafasining ma’lum sohasiga o’ng
yoki chap qo’l kafti qo’yilib, ustidan ritmik holatda bo’sh qo’l bilan uriladi.
So’ngra yuqoridagi harakat simmetrik sohada qaytariladi. Perkussion massaj
avval ko’krak qafasining oldingi yuzasida, keyin orqa yuzasida o’tkaziladi.
Oldingi yuzasida urishning o’mrov suyagining ostida va qovurg’aning pastki
yoyi sohasida, orqa yuzasida ko’krak usti, kurak oralig’i va
kurak osti sohalarida
olib boriladi. So’ngra qo’llar yordamida ko’krak qafasi siqiladi. Bunda qo’llar
diafragmaga yaqin bo’lgan pastki yon bo’limda joylashadi. Nafas olganda
qo’llar umurtqa pog’onasi bo’ylab sirg’anadi, nafas chiqarganda qo’llar to’sh
suyagi tomon harakat qilib, ko’krak qafasi nafas chiqarish oxirida qisiladi.
So’ngra qo’llar qo’ltiq ostiga olib boriladi va harakat qaytariladi. Bundan keyin
ko’krak qafasida qiyshiq massaj o’tkaziladi: Massajchi qo’li (o’ng) bemorning
qo’ltiq osti sohasida, ikkinchisi (chap) diafragmaga yaqin pastki yon yuzasida
joylashadi va nafas chiqarish cho’qisida ko’krak qafasi qisiladi. So’ngra qo’llar
almashtiriladi. Yuqoridagi harakatlar 2-3 daqiqa davomida olib boriladi. Bemor
nafasni ushlab turmasligi uchun qo’llar umurtqa pog’onasi bo’ylab sirpanganda
“nafas ol”, to’sh suyagi tomon harakat qilganda “nafas chiqar” degan buyruqlar
berilishi kerak. Nafas chiqarish oxirida ko’krak qafasi qisilib, nafas
faollashtiriladi.
Perkussion massajda nafasni yaxshilovchi ekstrapulmonal sharoit
yaratiladi. Mexanik ta’sir nafasni stimullaydi va balg’amning haydalishiga sabab
bo’ladi. Ko’krak qafasining qisilishi alveollalar, o’pka ildizi va plevraning
retseptorlariga ta’sir etib,nafas markazi qo’zg’alishining oshishi va nafas
olishning faollashishi uchun sharoit yaratib beradi.
168
bo’lgan silash, surtish, siqib chiqarish, yumshatish, vibratsion usullaridan
foydalaniladi.
4. Kosmetik massaj. Bu massaj faqat mahalliy holda o’tkaziladi. U
qarishni oldini olish uchun normal teri parvarishida, har xil kosmetik
kamchiliklarida, kasalliklarda qo’llaniladi. Kosmetik massaj uch xil bo’ladi:
gigiyenik (profilaktik), shifobaxsh va plastik.
Profilaktik massaj teri qovjirashining oldini olish, qurishini yo’qotish,
ko’rinishini yaxshilashga qaratilgan.
Shifobaxsh massaj ajin, burishish, shishish, ko’paygan yog’ qatlamlarini
yo’qotishda foydalaniladi.
Plastik massaj teri tarangligi keskin pasaygan yoshi kattalarga, hamda
mimik ajin, chuqur burishish paydo bo’lgan yoshlarga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: