Tashqi va ichki fanlararo bog’liqlik:
Shifokor nazorati fani bo’yicha ta’lim berish vertikal integratsiya bo’yicha
normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar
propedevtikasi, gorizontal integratsiya bo’yicha bioximiya, fakultativ terapiya,
travmatologiya va ortopediya, jismoniy tarbiya, ShJT va gigiyenik fanlari bilan
uzviy bog’langan.
Mashg’ulot mazmuni
Nazariy qismi
Jismoniy mashqlar ta’sirda organizm tizimlarida bo’ladigan o’zgarishlar
muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy yuklamalar ta’sirida yurakning
strukturasida va funktsional holatida o’zgarishlar kuzatiladi. Yurakning struktura
tuzilishida birinchi navbatda dilyatatsiya kuzatiladi, yurakning qorincha va
bo’lmachalari kengayadi. Dilyatatsiyaning qanday paydo bo’lishi oxirigacha
o’rganilmagan, lekin muntazam ravishda mashg’ulot qilish uning paydo
82
bo’lishiga sabab bo’ladi. Dilyatatsiyaga uchragan yurak sport yuragining asosiy
xususiyatini ta’minlab beradi, ya’ni yuqori ishlab chiqarish yoki ko’p hajmda
qonni haydash. Dastlab yurak qisqarganda, chap qorinchadan hamma qon
chiqadi degan fikrlar aytilardi, lekin keyingi olingan natijalar shuni ko’rsatadiki,
sistoladan chiqadigan qon hajmi qorinchadagi hamma qon bo’lmay, balki
ma’lum miqdorda qon qoladi. Bu qon zahira qon miqdori deb ataladi. Ish
bajarish vaqtida sistolik qon hajmining ortishini zahira qon hajmi ta’minlab
beradi. Bu esa ish bajarish vaqtida yurakning yuqori ishlab chiqarish
xususiyatini ko’rsatadi. Tekshirish va izlanishlar shuni ko’rsatdaki, tinch holatda
sport bilan shug’ullanuvchilarda dilyatatsiyaga uchragan yurakdan chiqayotgan
sistolik qon hajmi dilyatatsiyaga uchramagan yurakdan chiqayotgan sistolik qon
hajmidan deyarli farqlanmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, dilyatatsiyaga
uchragan yurakda zahira qon bo’ladi va uning miqdori yurakning qanchalik
dilyatatsiyaga uchraganiga bog’liqdir. Chidamlilikni talab qiluvchi sport turlari
bilan shug’ullanuvchilarning yuragi dilyatatsiyaga ko’proq uchraydi.
Shug’ullanmaydigan 20-30 yoshlilarda yurakning hajmi o’rta hisobda
erkaklarda 760 sm
3
va ayollarda 580 sm
3
ni tashkil etadi. Yurak hajmining
qanchalik o’zgarishi sport faoliyatiga bog’liq. Chidamlilikni talab qiluvchi sport
turlari bilan shug’ullanuvchilarda yurak hajmi ko’proq oshadi (chang’ichilar,
velosipedchilar, o’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar va h.k.). Ularga nisbatan
chidamlilikka ma’lum miqdorda e’tibor beriladigan sport turlarida, ya’ni ularda
chidamlilik
dominant
rolini
o’ynamaydigan
sport
turlarida
kamroq
dilyatatsiyaga uchraydi (kurashchilar, sport o’yinlari va h.k.). Asosan tezlikni va
kuchni talab qiluvchi sport turlari bilan shug’ullanuvchilarning (og’ir atletika,
qisqa
masofaga
yuguruvchilar,
gimnastlar
va
h.z.)
yuragi
shug’ullanmaydiganlarga nisbatan kam miqdorda hajmi kengayadi. Shunday
qilib, yurak dilyatatsiyasi hamma sportchilar uchun bir bo’lmasdan, balki
chidamlilik bilan bog’liq bo’lgan sport turlari bilan shug’ullanuvchilarga
xarakterlidir. Agar tezlik va kuchni talab etuvchi sport turlari bilan
83
shug’ullanuvchilar yuragida dilyatatsiya aniqlansa, uning sababini albatta
aniqlash zarur. Yurak hajmining haddan tashqari ortishi (1200 sm
3
dan yuqori),
hattoki chidamlilik bilan shug’ullanuvchi sportchilarda ham fiziologik
dilyatatsiya patologik shakliga o’tishi mumkin. Mumkin bo’lgan yurak hajmi
kattaligini aniqlash uchun yurak hajmi va kislorodni maksimal ist’emol qilinish
ko’rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash kerak. Agar shug’ullanish vaqtida yurak
hajmining kattalashishi kislorodni maksimal ist’emol qilishning ortishi bilan
borsa, dilyatatsiya moslashish – fiziologik xarakterga ega bo’ladi, agarda
kislorodni maksimal iste’mol qilish ko’tarilmasa, hattoki pasaysa yurak
dilyatatsiyasi haddan tashqari deb hisoblanadi.
Shuningdek jismoniy mashqlar ta’sirida yurakning miokardida fiziologik
gipertrofiya kuzatiladi. Miokard gipertrofiyasi a’zolarning ish bajarish
qobiliyatini oshiruvchi asosiy mexanizm bo’lib hisoblanadi. Gipertrofiya
jarayoni sportchilarda yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan: tinch holatda
yurakning chap qorinchasidan 50-70 ml qon haydaladi, unga o’rta hisobda 0,26-
0,27 soniya vaqt ketadi. Jismoniy ish bajarish vaqtida sistolik hajm 150-200 ml
gacha ortishi mumkin, tinch holatdagi hajmiga nisbatan. Shu bilan bir qatorda
qon haydashga ketadigan vaqt esa 0,1-0,12 soniyagacha kamayadi. Shunday
qilib, misoldan ko’rinib turibdiki, yurak qisqa vaqt ichida deyarli 3 marta ko’p
miqdorda qon haydashi kerak. Buning uchun yurak qon oqimi yaxshinilashi
uchun kuch bilan ishlashi zarur, bu esa miokardning gipertrofiyasi orqali amalga
oshiriladi. Yurak mushagining qisqaruvchi elementlarining hajmi ortishi bilan
gipertrofiya jarayoni amalga oshiriladi. Miokardning ishchi gipertrofiyasi
kapillyar qon tomirlarining ortishi bilan xarakterlanadi, ya’ni miokardning qon
bilan ta’minlanishi buzilmaydi. Miokard gipertrofiyasining haddan tashqari
bo’lishi organizmda patologik holat rivojlanayotganidan darak beradi.
Sportchi yuragiga xos bo’lgan funktsional xususiyatlaridan biri bu
yurakning ekonom-tejamli ishlashidir, ya’ni ularda tinch holatda bradikardiya
kuzatiladi. Nazoratlar shuni ko’rsatadiki, sportchilarning yuragi tinch holatda
84
kun davomida 85000 marta qisqargan, huddi shu yoshdagi va jinsdagi sog’lom
odamlarda kuniga 110000 marta qisqargan. Misoldan ko’rinib turibdiki,
sportchining yuragi 20-25% ekonom ishlagan. Hattoki sportchi kun davomida
mashg’ulot o’tganda ham yuragi ekonom ishlab, sog’lom odamning kunlik
yurak qisqarishi soniga etmaydi. Zaruriy ko’rsatkichlardan biri bu qonning
daqiqalik hajmidir. Bu ko’rsatkich sportchilarda ish bajarish vaqtida katta
bo’ladi. Sog’lom shug’ullanmaydiganlarda qonning daqiqalik hajmi 15-20 l/min
ga oshsa, sportchilarda 25-40 l/min gacha oshadi (sistolik hajm hisobiga).
Sistolik qon hajmini mushakning ishlash kuchiga bog’liq. Yurak ishi kuchi kam
bo’lsa, sistolik hajm o’zining individual bo’lgan maksimal miqdoriga
erishmaydi. Agar yurak ishi kuchli bo’lsa, yurakdagi qoldiq qon to’liq
chiqarilib, sistolik hajm maksimal bo’ladi. Bu esa chidamlilikni talab qiluvchi
sport turi bilan shug’ullanuvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yurakning
bunday ishlashi tomir tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jismoniy yuklama
bilan shug’ullanuvchilarda katta jismoniy yuklama bajarish vaqtida maksimal
qon bosim 200-250 mm sim. ustunidan oshishi, minimal qon bosimi esa 50 mm
sim. ustunigacha tushushi mumkin. Bu tomir tizimining jismoniy yuklama
bajarilishiga tez moslashuvini ta’minlaydi, tinch holatdagi qon tomirlarning
funktsional holatga o’tishi to’qimalarni kislorodga bo’lgan, oshib borayotgan
talabini qondiradi. Yurak-qon tomir tizimidagi bunday o’zgarishlar nafaqat
jismoniy yuklama bajarish vaqtida, balki insonlarning betobligi vaqtida
organizmning kislorodga bo’lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Birlamchi tibbiy tekshirish printsipial ahamiyatga ega, chunki unda
ma’lum sport turi bilan shug’ullanishga ruhsat etish savoli hal etiladi yoki tibbiy
guruh aniqlanadi. Organizmning salomatlik holatiga, funktsional holatiga va
jismoniy rivojlanganligini baholashda yo’l qo’yilgan xatolik bir tomondan
jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarining ijobiy ta’siriga to’sqinlik qiladi,
ikkinchi tomondan esa a’zo va tizimlarda organik qaytmas o’zgarishlarni yuzaga
keltiradi, hattoki o’limga ham olib kelishi mumkin.
85
Sport bilan shug’ullanishga ruhsat etishda asosiy e’tibor surunkali
infektsiya (surunkali tonzilit, karies, surunkali xoletsistit, otit, sinusit, gaymorit,
bronxit, salpingoofarit va boshqalar) o’chog’ini aniqlashga qaratilishi kerak.
Surunkali infektsiya o’chog’i deyarli insonning hamma a’zolarida bo’lishi
mumkin. Bu o’choqlar organizmning immunologik reaktivligining pasayishiga
sabab bo’ladi, yurak-qon tomir tizimiga, qon tarkibiga yomon ta’sir etadi.
Sportchilarda surunkali infektsiya o’choqlari holsizlanishga (charchash,
toliqish) va organizmning yetuk tizimlarining (asab, yurak-qon tomir, nafas,
qon, hazm) haddan tashqari zo’riqishiga sababchi bo’ladi.
Sportchilarni tekshirishda chegarali holatlarni aniqlash shifokordan talab
qilinadi. Sport tibbiyotida quyidagilar yuqori qiziqish uyg’otadi:
- gipertoniya oldi holati;
- qorinchalarning qo’zg’alishdan oldingi klino-elektrokardiografik
sindromi;
- biriktiruvchi to’qima displaziyasining bo’lishi.
Jismoniy yuklamalardan noratsional foydalanilganda sportchilarda
bo’ladigan patologik oldi va patologik holat, haddan tashqari holsizlanish – bu
yuqori darajali holsizlanishdir, bunda organizm ma’lum vaqtda mashg’ulotdan
mashg’ulotgacha yoki musobaqadan musobaqagacha tiklanmaydi. Sportdagi ish
bajarish qobiliyati deyarli o’zgarishsiz qoladi yoki qisman pasayadi.
Shug’ullanuvchining o’zini xis etishi, uyqusi yomonlashadi, o’zgaruvchan
kayfiyat paydo bo’ladi, befarqlik kuzatiladi, odatiy holatga nisbatan
mashg’ulotdan keyin xolsizlik xissiyoti uzoq davom etadi.
O’tkir jismoniy haddan tashqari zo’riqish – organizmning funktsional
dastlabki holati uchun bir marta katta yoki noadekvat yuklama bajarish vaqtida
yoki darhol undan keyin rivojlanadi. Bu yuklamalar patologik o’zgarishlarni
chaqiradi yoki tizim va a’zolarning yashirin patologik holatini yuzaga keltiradi.
Surunkali jismoniy haddan tashqari zo’riqish – yuklamaning funktsional
imkoniyatga mos kelmaganda paydo bo’ladi. Markaziy asab tizimining
86
boshqaruv funktsiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu esa anabolizm va
katabolizm disbalansi ko’rinishida, shuningdek tiklanish jarayonlarining
noadekvantligida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |