o ‘mini bosa olmaydi”. Shu bilan birga tibbiy faoliyatning axloqiy-
etik va huquqiy jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi va ulami zinhor
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib boimasligini ta’kidlash zarar
(V. L. Popov). Mazkur jihatlaming o ‘zaro munosabatida huquqni
ma’naviyatning eng quyi darajasi yoki rna’lum bir minimumi,
axloq, etikani esa ma’naviyatning yuqori darajasi deb hisoblash
lozim. Zero, axloqiy-etik talablar erkin, ixtiyoriy bajarilishi
nazarda tutilsa, huquqiy me’yorlarning amal qilinishi
bevosita yoki
bilvosita majburlash orqali ta’minlanadi.
Shunday qilib, tibbiyot huquqi fanimng tizimini davolash-
profilaktika, sanitariya-gigiena me’yorlari, fuqarolar so g iig in i
saqlash sohasidagi faoliyatni belgilovchi huquqiy hujjatlar tashkil
etadi. Bundan kelib chiqqan holda mazkur fanning predmeti turli
ko‘rinishdagi tibbiy faoliyatni olib borish jarayonidagi huquqiy
munosabatlarni va shu munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy
statusini belgilovchi me’yorlami o‘z ichiga oladi.
Bu
borada
awalambor
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasini
ко‘rsatish
lozim.
Mustaqillik
yillarida
0 ‘zbekistonda sogiiqni saqlash tizimining tegishli huquqiy -
me’yoriy bazas ini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan,
tibbiy faoliyatga oid qator maxsus qonunlar - ’’Fuqarolar
so g iig ‘ini saqlash to‘g ‘risida”, “Davlat sanitariya nazorati
to‘g ‘risida”, “Dori vositalari va iarmatsevtika faoliyati to‘g ‘risida”,
“Giyohvand vositalar va psixotrop-moddalar to‘g ‘risida”, “Odam
immunotanqisligi virusi (OITV) chaqiruvchi kasalliklaming
profilaktikasi
to‘g ‘risda”,
“Psixiatrik
yordam
to‘g‘risida”,
“Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”, “Aholini sil kasatligidan
himoyalash to‘g ‘risida”, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi
to‘g ‘risida” va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Binobarin, qonun yaratuvchilik jarayoni uzluksiz b o iib ,
bu yo£nalishda zamon talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda
kelajakda yangi qonunlarning ishlab chiqilishi va amaldagi
qonunlarga tegishli o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi
tabiiy holdir.
Ta’kidlash lozimki, tibbiy faoliyat nafaqat yuqorida qayd
etilgan sogiiqni saqlash borasidagi qonunchilik bilan belgilanadi,
balki keng ma’noda tibbiyot xodimlarining kundalik faoliyati
fuqarolik, mehnat, m a’muriy va jinoiy huquqlar talablari doirasiga
ham bevosita taalluqlidir. Shu sababli huquqning ushbu sohalariga
tegishli tibbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlar ham tibbiyot
huquqi tizimiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: