muassasasining rahbari ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) bilan
muvofiqlashtirgan holda ekspertlar komissiyasini ushbu muassasada
ishlayotgan xodimlardan tuzadi. Agarda maxsus bilimlari sud
ekspertizasi oldiga qo‘yilgan savollami hal etish uchun zarar
bo‘Isa, sud ekspertiza muassasasining rahbari ekspertiza tayinlagan
organga (shaxsga) ekspertlar komissiyasi tarkibiga boshqa
muassasalar mutaxassislarini ham kiritish haqida tavsiyanoma
berishi mumkin. Ayni vaqtda, ekspertlar komissiyasi tarkibiga
muhokama etilayotgan hodisa yuz bergan davolash muassasasining
rahabarlari, mutaxassislari kiritilishi mumkin emas. Shuningdek,
ishning natijasidan biron-bir ko‘rinishda manfaatdor bo‘ladigan
shaxslar ham ekspertlar komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Ekspertlar komissiyasi a ’zolarining raddiyasi masalasi ekspertiza
tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonunda belgilangan tartibda
ko‘rib chiqiladi.
Ekspertlar komissiyasi tarkibida etakchi ekspert, ish bo‘yicha
ma’ruzachi va komissiyaning boshqa a’zolari farqlanadi. Etakchi
ekspert odatda sud-ekspertiza muassasasining rahbari yoki
profil tuzilmaning mudiri bo‘ladi. U ekspertlar komissiyasining
faoliyatini lozim darajada tashkil etish va nazorat qilishni
ta’minlaydi. Ish bo'yicha ma’ruzachining vazifasiga quyidagilar
kiradi: ekspertizaning ijrosini ta’minlash rejasini tuzish, ekspertiza
tayinlagan shaxs bilan doimiy muloqot olib borish, ish materiallarini
komissiya majlisiga tayyorlash, ekspertlar komissiyasi a’zolarini
o ‘z vaqtida ish materiallari bilan tanishtirish, to‘xtam loyihasini
tuzish, ekspertlar komissiyasi xulosasini rasmiylashtirishni nazorat
qilish.
Ta’kidlash lozimki, ekspertlar komissiyasining barcha a’zolari,
shu jumladan etkachi ekspert va ish bo‘yicha ma’ruzachi ham, teng
protsessual huquq va majburiyatga ega. Shunday qilib, hech kim,
hattoki etakchi ekspert ham, komission sud-tibbiy ekspertizalami
o‘tkazish jarayonida, jumladan ekspertiza oldiga qo‘yilgan
masalalami hal etishda
biron-bir imtiyozga, ustunlikka ega emas.
Qonunchilikka muvofiq ekspertlar komissiyasi ekspertiza
tayinlagan organ (shaxs) ruxsati bilan sud ekspertizasini o ‘tkazish
uchun ahamiyatli bo‘lgan jinoiy, fuqarolik ishi materiallari bilan
tanishish huquqiga ega. Ekspertlar komissiyasi shuningdek,
ekspertiza tayinlagan organdan (shaxsdan) sodir etgan kasb
huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortilgan tibbiy xodimni
tushuntirish berishi uchun ekspertlar komissiyasi ishtirokida so‘roq
qilishni talab qilish huquqiga ega.
Amaldagi qoidalarga muvofiq, barcha tibbiy muassasalar
ekspertlar komissiyasining ishiga har tomonlama yordam (tibbiy
muassasa mutaxassislarini ekspertlar komissiyasi tarkibida ishtirok
etishi, maslahatlar olish, turli xil laboratoriya tekshiruvlarini
o‘tkazish va sh. k. ) berishlari shart. Ayrim holatlarda shaxsni
statsionar sharoitda tekshiruvdan o‘tkazish zaruriyati vujudga
keladi. Bu kabi holatlarda ekspertlar komissiyasining tavsiyasi
va ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)ning yo‘llanmasiga asosan
shaxs tegishli statsionargayotqizilishi mumkin. Statsionar tekshiruv
natijalari qo‘shimcha tarzda ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)
tomonidan ekspertlar komissiyasiga taqdim etiladi.
Komission sud-tibbiy ekspertiza natijalari tasdiqlangan
shaklda ekspertlar xulosasi ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va uch
qismdan tashkil topadi.
Xulosaning
Do'stlaringiz bilan baham: