koV.lab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar
va yozuvlar
kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar
tuzishi va taqdim etishi fuqarolaming huquqlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat
manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon etkazilishi
mansab soxtakorligi sifatida tasniflanadi. Nisbatan jiddiyroq jazo
bu kabi jinoyatlarni takroran yoki uyushgan guruh manfaatlari
yo‘lida sodir etilgan holatlar uchun ko‘zda tutilgan. Masalan: harbiy
xizmatdan ozod qilish yoki aksincha, yuborish maqsadida soxta
hujjat taqdim etish; tan jarohatining og‘irlik darajasini pasaytirish
uchun vrach qovurg‘adagi siniqni kasallik tarixida qayd etmasligi.
Aksariyat holatlarda ushbu jinoyat boshqa jinoyatlar, masalan, pora
olish bilan birga sodir etiladi.
Pora olish deganda mansabdor shaxsning o‘z xizmat
mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin
bo‘lgan
muayyan
harakatni
pora
berayotgan
shaxsning
manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan
o ‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib,
moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf ko‘rishi tushuniladi.
Jinoyatni og‘irlashtiruvchi holatlarga bir guruh mansabdor shaxslar
tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh manfaatlarini
ko'zlab, ta’magirlik yo‘li bilan, mas’ul mansabdor shaxs tomonidan
sodir etilishi va juda ko‘p miqdorda pora olinishi kiradi.
Mansab jinoyati bo‘lmasa ham, boshqaruvning belgilangan
tartibiga qarshi jinoyatlar toifasiga “tovlamachilik yo‘li bilan haq
berishni talab qilish” (214-modda) ham kiritilgan. Tovlamachilik
bilan haq berishni talab qilish, ya’ni davlat organining mulk
shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa yoki tashkilotning,
jamoat birlashmasining, fuqarolar o ‘z o ‘zini
boshqarish organining
mansabdor shaxs boim agan xizmatchisining xizmat vazifasi
doirasiga kiradigan muayyan ishni bajarishi yoki xizmat ko‘rsatishi
evaziga haq berishni yoki mulkiy yo‘sindagi manfaatni talab qilish,
shuningdek, shaxsan qasddan fuqarolaming huquqlari yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishining oldini olish uchun
haq berishga majbur etadigan ahvolga solib qo‘yishi tovlamachilik
bilan haq berishni talab qilish sifatida tasniflanadi. Ushbu jinoyat
subyekti sifatida deyarli barcha tibbiy xodimlar - vrachlar,o‘rta va
kichik tibbiy xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Tibbiy xodimlaming mansab jinoyatlarining aksariyati
asosan qasddan sodir etiladi, faqat mansabiga sovuqqonlik bilan
qarash bundan mustasno bo‘lib, u asosan ehtiyotsizlik orqasida
vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: