Vrach faoliyatining huquqiy asoslam



Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/64
Sana01.01.2022
Hajmi4,88 Mb.
#294844
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Bog'liq
Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G'iyosov Z.A.) - 2012 y.

Jinoiy abort
Jinoiy  abort  ham  tibbiy  xodimlar  faoliyatidan  ko‘p 
uchraydigan  jinoyatlardan  biridir.  0 ‘zR  JK  114-moddasining 
birinchi  qismida  shifokor  akusher  yoki  ginekolog  tomonidan 
davolash  muassasalaridan  tashqari  joylarda  yoki  tibbiy  nuqtai 
nazardan  mumkin  boim agan  holda  sun’iy  ravishda  homila


tushirganligi  (abort)  uchun  javobgarlik  ko‘zda  tutilgan.  Ushbu 
moddaning  ikkinchi  qismi  sun’iy  ravishda  homila  tushirishga 
huquqi  boMmagan  shaxsning  bunday  ishni  amalga  oshirishiga 
taalluqlidir.
Ushbu  jinoyat  obyekti  homilador  ayolning  sog‘lig‘i  va 
hayoti,  jinoyat  subyekti  esa  ham  vrach  -   akusher-ginekologlar, 
shuningdek,  boshqa  mutaxassislikdagi  vrachlar,  o‘rta  tibbiy 
xodimlar,  ayrim  holatlarda  esa  biron-bir  tibbiy  bilimi  bo‘lmagan 
shaxslar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Jinoyatning  subyektiv  tomoni 
qasddan sodir etilganligi,  ya’ni  sun’iy ravishda homila tushirishni 
amalga  oshirgan  shaxs,  muolajaning  mutlaqo  qonunga  zid 
ekanligini  anglagan  va  ushbu  harakatlar  natijasida  homiladorlik 
uzilishini  oldindan  ko‘ra  bilgan,  va  shu kabi  oqibat  yuz  berishini 
istagan.  Aksariyat  holatlarda  shaxsiy  manfaatning  mavjudligi 
ushbu jinoyatning motivi hisoblanadi.
Mamlakatimizda  ma’lum  bir  sharoitlarda  va  tegishli 
talablarga  rioya  etilganda  homiladorlikni  uzishga  rasman  ruxsat 
beriladi. Ya’ni, ayolning hohishi bilan 12 haftagacha homiladorlikni 
uzish  amaliyotini  ixtisoslashtirilgan  muassasalarda  o ‘tkazish 
mumkin.  Ijtimoiy (22 haftagacha), tibbiy (muddatidan qat’i nazar) 
ko'rsatmalar  mavjud  bo‘lganda  homiladorlikni  uzish  amaliyotini 
nisbatan  kechroq  muddatlarda  ham  o ‘tkazishga  imkon  beriladi. 
Ijtimoiy  ko‘rsatmalar  ro‘yxati  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Maxkamasi,  tibbiy  ko‘rsatmalar  esa  -   0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  belgilanadi.  Ular  sohaga 
taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarda keltirilgan.
Ta’kidlash  lozimki,  ushbu operatsiya faqat vrach -  akusher- 
ginekolog  tomonidan,  ixtisoslashtirilgan  tibbiy  muassasa  yoki 
tuzilmalarda  belgilangan  tartibga  rioya  etilgan  holda  amalga 
oshiriladi.  Shunga  ko‘ra  homiladorlikni  uzish  amaliyotini 
boshqa  mutaxassislikdagi  vrachlar,  ayniqsa  o ‘rta  tibbiy  xodimlar 
(masalan:  hamshiralar,  akusherkalar)  va  tibbiy  ma’lumoti 
bo‘lmagan  shaxslar  tomonidan  o ‘tkazilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.


Shunindek, homiladorlikni sun’iy ravishda uzish amaliyoti nafaqat 
tibbiy  muassasalardan  tashqarida,  balki  davolash-profilaktika 
muassasalarining  boshqa  profil  tuzilmalarida  ham  o ‘tkazilishiga 
mumkin emas.
Jumladan,  homiladorlikni  sun’iy  tarzda  uzish  amaliyotini 
o‘tkazishga tibbiy moneliklar sifatida quyidagilar hisoblanadi:
- homiladorlik muddatining  12 haftadan ortiqligi;
- o‘tkir yuqumli kasalliklar;
-  jinsiy  a’zolaming  o‘tkir  va  o ‘tkir  osti  yallig‘lanish 
kasalliklari;
-  organizmda  joylashgan  o‘midan  qat’iy  nazar  yiringli 
o‘choqlaming mavjudligi;
- so‘nggi abortdan so‘ng 6 oydan kam muddatning o‘tganligi.
Tibbiyot  nuqtai-nazaridan  monelik  qilishi  mumkin  bo‘lgan
boshqa  holatlar  homiladorlikni  sun’iy  ravishda  uzish  bo‘yicha 
maxsus yo‘riqnomalarda keltirilgan.
Homiladorlikni 
uzish  tibbiy 
muassasadan  tashqarida 
o‘tkazilganda  ushbu tibbiy  monelik holatlarining mavjudligi  yoki 
yo‘qligi inobatga olinmaydi.  Shuningdek, 0 ‘zR JK  114-moddasiga 
muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishda  homiladorlikning  muddati 
va amaliyotni o‘tkazish usuli ahamiyatli emas.
Agarda homiladorlikni  uzish  og‘ir tan jarohati  etkazilishiga 
olib  kelsa,  ushbu jinoyat  0 ‘zR  JK  114-moddasi  “Jinoiy  ravishda 
homila tushirish (abort)” bilan emas, balki jazo nisbatan jiddiyroq 
bo‘lgan  0 ‘zR  JK  104-moddasi  -  “Qasddan  og‘ir  tan  jarohati 
etkazish” bo‘yicha tasniflanadi.
Agar homiladorlikni uzish homilador ayolning o‘limiga yoki 
boshqa  og‘ir  oqibatlarga  (nasi  qoldirish  qobiliyatini  yo‘qotish, 
ruhiy  kasalliklar  vujudga  kelishi)  olib  kelsa,  jinoyat  0 ‘zR  JK 
114-moddasining uchinchi bandi bo‘yicha tasniflanishi lozim.
Homilador  ayolning  o ‘zi  homiladorlikni  sun’iy  tarzda 
to‘xtatish  amaliyotini  o‘tkazgan  holatlarda  jinoiy  javobgarlik 
vujudga kelmaydi.


Shunindek,  oxirgi  zarurat  holatida  ayolning  hayotiga tahdid 
solayotgan  xavfni  bartaraf etish  maqsadida  homiladorlikni  uzish 
amaliyotining  o‘tkazilishi,  hattoki  amaliyot  tibbiy  muassasadan 
tashqarida yoki tibbiy moneliklar bo‘lganda o‘tkazilgan holatlarda 
ham jinoiy javobgarlik vujudga kelmaydi.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish