130 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
• 131
NUTQIDA DUDUQLANISH NUQSONI BOR BOLALAR
BILAN LOGOPEDIK ISHNI TASHKIL QILISH
U.Utbasarova
Toshkent viloyati, Qibray tumani
5-umumta’lim maktabi logopedi
Аннотaция.
Статья посвящена проблемам исследования природы
заикания и его преодоления,
показаны разные теоретические подходы к коррекционно-педагогической работе.
Ключевые слова:
заикание, диагностика, симптоматика, профилактика,
коррекция, принцып,
методика.
Hozirgi vaqtda maktab yoshidagi bolalar orasida nutqida duduqlanish nuqsoni bor bolalar kо‘p
uchramoqda va bu kо‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda. Duduqlanish nafaqat yakka, balki boshqa nutq
kamchiliklari va nutqning tо‘liq rivojlanmasligi bilan birgalikda kuzatilmoqda. Bu nutq nuqsoni bosh miyaning
yaqqol sezilmagan mikroorganik jarohatlanishi natijasida nutqning fonetik va prosadik komponentlarining
buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Hozirgi kunda duduqlanish murakkab nutq nuqsoni bо‘lib, dunyoning turli
ilmiy amaliyotchilari tomonidan nazariy va amaliy jihatdan о‘rganib kelinmoqda.
Logopediyada duduqlanish bilan ishlash uslublari N. Pravdina-Vinarskaya, Y. M. Mastyukova,
L. M. Shipitsina, I. I. Mamaychuk, I. I. Panchenko, L. V. Lopatina, I. Y. Levchenko, O. G. Prixodko, T. G. Vizelning
mehnatlarida ko‘rsatib о‘tilgan. Hozirgi kunga kelib, duduqlanishni о‘rganishda uning nevrologik, logopedik
va psixologik aspektlarni qamrab olgan holda izlanishni talab qiladi. Bu nuqsonning kо‘p
tarqalganligi
duduqlanishga defferensial tashxis qo‘yish va logopedik ishni tо‘g‘ri tashkil etishdagi muammolarni keltirib
chiqardi [2]. G. G. Gutsman, O. V. Pravdina, L. V. Melexova, O.
A.
Tokarevaning qilgan ishlarida duduqlanish
simptomatikasida artikulyatsiyadagi «smitost», «stertost» kuzatilishi yoritib о‘tilgan. Mualliflar duduqlanish
dislaliyaga о‘xshab ketganligining sababi kо‘pincha noto‘g‘ri tashxis va logopedik ishni sistemali olib
borishdagi xatoliklarga olib kelishi aytilgan. L. V. Lopatina, N. V. Serebryakova, E. Y. Sizova, E. K. Makarova va
Y. F. Sobotovichning qilgan mehnatlarida duduqlanishga tо‘g‘ri tashxis qо‘yish va logopedik ishni olib borish
ishlari keng yoritilgan.[3]
Duduqlanuvchi bola bilan logopedik korreksion ishni olib borishdan oldin uni psixologo-pedagogik
va logopedik tekshiruvdan o‘tkazish olib borilishi kerak bо‘lgan korreksion ishni tо‘g‘ri tashkillashtirish va
nuqsonni bartaraf etish samaradorligini oshiradi.
Klinik pedagogik klassifikatsiya boladagi nutq nuqsonining turi va har bir bolaga individual yondashuvni
va logopedik ishni tо‘g‘ri tashkil qilishda katta yordam beradi. Psixologo-pedagogik tizim mutaxassisni
birinchi navbatda muomala vositalarining buzilishiga yoki uni qо‘llashdagi buzilishlarga
ahamiyat berishni,
keyinchalik logopedik ishni yakka yoki guruhli tarzda olib borishni tо‘g‘ri tashkillashtirishni talab etadi.[1]
Sistemalashtirilgan va tо‘g‘ri olib borilgan kuzatuv natijasida mutaxassis tomonidan bu nutq
komponentlaridan qaysi birida buzilish borligi va tashxisning to‘g‘ri qо‘yilishini ta’minlaydi.
Duduqlanish namoyon bо‘lishiga qarab logoped о‘z ishini tashkillashtiradi. Logoped ish davomida
bir guruhga kiruvchi tovushlar talaffuzidagi buzilishlar kuzatilganda bolaga tovushni qо‘yish va tovushni
spontan nutqda mustahkamlash, zarurat tug‘ilganda akustik va artikulyatsion jihatdan о‘xshash tovushdan
farqlashni maqsad qilib qо‘yadi. Nutqida duduqlanish nuqsoni bor bolalar bilan ishlashda esa logoped
nafaqat tovush qо‘yish
va mustahkamlash, balki fonematik idrok, tovush bо‘g‘inni tо‘laqonli analiz va
sintez qilish malakalarini egallaydi. Shu bilan birgalikda bola yoshiga qarab nutqning leksik, grammatik va
bog‘langan nutqi rivojlantiriladi.[5]
Ilmiy izlanishlarni tahlil qiladigan bо‘lsak, duduqlanishda bolalarda tovushdan tovushga, bо‘g‘indan
bо‘g‘inga о‘tishda qiyinchiliklar nutqning leksik va grammatik buzilishlari bilan birgalikda kuzatiladi.
Nutqning tovush talaffuzi tomonidan buzilishi katta qiyinchiliklar bilan tovushni nutqga qо‘yishni
talab
etadi. Bu bolalarda nutqni leksik va grammatik qurilishidagi buzilishlar bolada so‘z yasash malakalarining
yaxshi shakllanmaganligi maktab dasturini о‘zlashtirish va ikkilamchi nutq kamchiliklari disleksiya va
dizgrafiyani keltirib chiqaradi.
Maktabda logopedik ishni tо‘g‘ri tashkil qilish quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
• tekshirish;
• oldini olish;
•
korreksion pedagogik;
• tashkiliy
-
uslubiy;
• maslahat;
• nazorat, baholash
.