Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Abidova N.Z., Utbasarova U.M. Maktab yoshidagi dizartriya nutqi nuqsonli o‘quvchilar bilan logopedik
ishni tashkil qilish va nutqini davolovchi fonetik ritmlash orqali qayta qurish //Pedagogs jurnali. – 2022. – Т.
5. – №. 1. – С. 78-84.
2. Абидова Н.З., Утбасарова У.М. Организация логопедической помощи для детей с заиканием //
Pedagogs jurnali. – 2022. – Т. 5. – №. 1. – С. 85–91.
3. Архипова Е.Ф. Коррекционно-логопедическая работа по преодолению стертой дизартрии у детей.
-М.: АCТ: Астрель, 2008. –128–134 с.
4. Ayupova M.Y. Logopediya. –T.: Faylasuflar milliy jamiyati, 2007.
5. Лопатина, Л.
В. К вопросу о стертых формах дизартрии / Со-вершенствование методов диагностики
и преодоления нарушений речи. –Л., 1989. С.93–97.
132 •
1 APRIL 2022
•
ВОСПИТАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНОГО ПРЕОБРАЗОВАНИЯ
RAISING A NEW GENERATION IN ERA OF GLOBAL TRANSFORMATION •
1 APRIL 2022
• 133
OG‘IR NUTQIY NUQSONGA EGA BOLALARNI MAKTAB
TA’LIMIGA TAYYORLASHDA RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI MODELLASHTIRISH
Z. Sabirova
Nizomiy nomidagi TDPU
Logopediya kafedrasi o‘qituvchisi
Аннотация
: в данной статье рассматриваются основные знания и умения детей при подготовке к
школе. В ней приводится краткий анализ работ, посвященных проблеме, и соответствующие выво ды.
Освещены методы и формы работы для подготовки детей к школе.
Ключевые слова
: школа, подготовка к школе, готовность к школе, дети с тяжёлыми нарушениями
речи.
Og‘ir nutqiy nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitni
modellashtirish maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim tizimida yangi ishlash texnologiyalari, usullari va
shakllari ularning psixofizik rivojlanish xususiyatlari, o‘ziga xos imkoniyatlari va sog‘lig‘i holatidan kelib
chiqqan holda ish usullarini yaratish yo‘llarini izlashga faol kirishildi. Og‘ir nutq nuqsoniga ega bo‘lgan
bolalarga maxsus ta’lim va davlat yordamining ichki tizimini rivojlantirishdagi o‘tish davrining strategiyasi
va taktikasi ta’limning yangi mazmunini loyihalashga qaratilgan.
Hozirgi kunda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoya qilish —
hayot faoliyatiga doir cheklovlarni yengib o‘tish, ularning o‘rnini qoplash (kompensatsiya qilish) uchun shart-
sharoitlarni yaratish va ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kerakligidan
dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari
bo‘lgan bolalar rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlanishida alohida ehtiyojga ega
bo‘lgan bolalarning ta’lim sharoitlarini rivojlantirish uchun mutaxassislarni maqsadli ravishda belgilab
beradi. Ushbu toifadagi bolalarni o‘rganish va o‘qitish masalalari R. E. Levin, L. N. Efimenkova, T. A. Tkachev
tomonidan amalga oshirildi. Nutqni shakllantirish masalalari E. I. Tikacheva, A. A. Leontiyev, L.S.Vigotskiy
tomonidan o‘rganildi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqni rivojlantirish muammosi V. Glukhov,
T. Filicheva, L. Efimenkova, T. Tkachenko, N. Jukova kabi mamlakatlarning xorijiy olimlari tomonidan
tadqiqotlarda o‘rganib kelinmoqda.[2]
Muammo bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlili bir qator hal etilmagan masalalarni
aniqlash imkonini berdi:
- rivojlanishning mujassam buzilishi mohiyatini yetarli darajada tushunmaslik mujassam nuqsonning
tuzilishini tushunishga mazmunli yondashishni talab etadiki, bu, o‘z navbatida, bolaning umumiy
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi tarkibiy qismlar o‘zaro ta’sirining intensivligi darajasini aniqlab beradi.
Bizning fikrimizcha, yuqorida aniqlangan masalalar ular:
- turli birlamchi buzilish birikmalari mavjud bolalarga nisbatan “murakkab buzilish”, “mujassam buzilish”,
“bir necha buzilish”, “murakkab tuzilishdagi buzilish” tushunchalar talqinining foydalanishga nomuvofiqligi,
zamonaviy kasbga oid lug‘atda bu tushunchalar ta’rifiga oydinlik kiritish uchun bu bolalar xarakterologik
xususiyatlarini oshkor etish, psixologik va pedagogik yordam vazifalariga oydinlik kiritish;
- og‘ir nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ruhiy rivojlanishining individual darajasini to‘laqonli aks
ettiradigan asosiy ko‘rsatkichlarning yetarli ishlab chiqilmaganligi va o‘rganilayotgan toifadagi bolalarning
buzilish va aqliy rivojlanish darajalarining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda rivojlantirish, ta’lim va
tarbiya berish muammolarini hal qilish uchun tashkiliy-uslubiy yondashuvlar yaratishga talab ortib borish
zarurati;
- amaliyotda yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning o‘quv ehtiyojlari va bu
ehtiyojlarni qondirishning o‘ziga xos amaliy imkoniyatlari, o‘z navbatida, korreksion-rivojlantiruvchi jarayonni
ta’minlashda dasturiy, mazmuniy va metodik qo‘llab-quvvatlash masalalarini hal qilishda juda seziladi;
- korreksion-rivojlantiruvchi ta’sirning mavjud ilmiy-metodik ishlanmalari va bilish faoliyatini
rivojlantirishga, ijtimoiy muhim ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga, rivojlanishda jismoniy yoki psixik
nuqsonlari bo‘lgan bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan ta’lim jarayoniga sharoit yaratuvchi psixologik-
pedagogik yordamning integratsiyalashgan (yaxlit) tizimi mavjud emasligi.
Bizning fikrimizcha jismoniy yoki psixik nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarga psixologik-pedagogik
yordam ko‘rsatish tizimini nazariy-uslubiy ishlab chiqish va asoslash, ushbu toifadagi bolalar rivojlanishining
o‘zgaruvchan xususiyatlariga yetarlicha va uni turli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sinab ko‘rish zarur
deb hisoblaymiz. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ruhiy rivojlanishining individual darajasini aniqlash
zaruratini muhim deb hisoblab, ta’lim muhitida rivojlanishda jismoniy yoki psixik nuqsonlariga ega bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |