Вoshlang‘ich sinf larda bilimlar sinovini o‘tkazish bo‘yicha baholash mezonlari
ONA TILI VA O‘QISH
Ona tili va o‘qish fanidan bilimlar sinovi umumta’lim maktablarining 3-4-sinflarida bir bosqichda maktabda yozma ish shaklida o‘tkaziladi.
Yozma ish:
Mazkur bosqichda o‘quvchilar diktant yozadilar. O‘quvchining yozma savodxonligi sinovdan o‘tkaziladi. Yozma ishlar uchun mavzular uch variantda taqdim etiladi. Bu variantlardan bittasi tanlab olinadi. Mavzu asosida diktant yozadilar. O‘quvchilar tomonidan yozilgan diktantning minimal hajmi quyidagicha:
Diktantdagi so‘zlar hajmi 3-sinfda 50-60 tagacha, 4-sinfda 75-80 tagacha bo‘ladi. Diktant yozish uchun 45 minut vaqt belgilanadi
Diktant uchun Vatan, do‘stlik, ota-onaga hurmat, ustozlar, tabiat, kitob, odob, mehnat mavzulardagi matnlar qamrab olinishi mumkin.
Yozma ish uchun mavzulardan namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |