Vonmindonlik shoir



Download 19,73 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi19,73 Kb.
#434210
Bog'liq
Juraboyeva Nazira essay


Vonmindonlik shoir
Yang Kvi Ja
Hikoyada ona obrazi.
Hikoyada ona Vonmindon “aql donosi” degan nom olgan. Bu qo’shtirnoq ichidagi laqabidan ko’rinib turibdiki u haddan tashqari aqllilik qiladi, o’zgalar ishiga aralashadi va donolik qilib kerak, kerak emas maslahatlar beradi. U biroz urushqoq va shalaqi ayol ekanligi haqidayam hikoya orqali bilib olishimiz mumkin. Ona farzandlariga nisbatan e’tiborsiz, loqayd ayol. Ayniqsa kichkina qizalog’iga nisbatan bemehr sababi uning o’g’il emas qiz bo’lib dunyoga kelganligi, ona esa to’rtinchi farzandini o’g’il deb ishonib dunyoga keltirganligidir.
Onam qirq uch yoshda menga homilador bo'lib avvaliga semirayotgan bo'lsam kerak, deb o'ylagan. Keyin esa homiladorligini bilib, barcha eshitgan kuchli folbinlarga qatnab, oxir oqibat dunyoga keltirishga qaror qilgan. Chunki barcha folbinlar o'g'il tug'asan, deb bir xil gap aytishgan”.
Onaning farzandlariga bee’tiborligini qizlarining turmush tarzlaridan bilib olishimiz mumkin. Agar ona qizlariga nisbatan loqaydlik qilmaganida, talabchan bo’lganida, qizlarini yurish turishiga e’tibor berganida bir qizi yomon yo’lga kirmas edi, ikkinchi qizi ham aktrisa bo’laman deb hamma narsaga tayyor turadigan qiz bo’lib voyaga yetmagan bo’lar edi. Ona qizlarini nazorat qilmaydigan o’zi bilan o’zi ovora ayol. Qizlarining yengil tabiat bo’lib voyaga yetishida onaning ham aybi bor.
Ikkinchi opam haqida gapirishga tilim bormaydi. Ikkinchi opam Avvaliga avtobus xizmat ko'rsatuvchisi bo'lib, keyin esa sosiska zavodining ishchisi, so`'ngra qahvaxona ofitsianti bo'lib ishladi. Pul topishga ishtiyoqi balandligidan yigirma olti yoshli qiz Kurodongning allaqayerida mayxona ochish bilan ovora”.
Ona kichik qiziga nisbatan bemehrligi insonni hayratga soladi, nima bo’lganda ham qizmi o’g’ilmi o’z tuqqan farzandiku. Jajji qizaloqqa nisbatan qanday qilib shirin tuyg’ularni, mehrni his qilmaslik mumkin. Shundan ko’rinib turibdiki ona ko’ngli bo’sh, oqko’ngil, har narsani yaxshi tarafini ko’ra oladigan ayol emas.Onada qizlarimni turmushga uzatsam bo’ldi degan fikr bor, shuning uchun ham ikki qizini faqat maktabda o’qitgan xolos. Balki bunday fikrlashiga sabab o’zining savodsizligidir. Lekin o’rtancha qizini kollejda ham o’qitgan. Onani ham faqat yomon xislatlari bor emas, albatta yaxshi onalarga xos, ayollarga xos hislatlari ham mavjud. Ona ham qizlarining yaxshi hayot kechirishini, yaxshi kasb egasi bo’lishini ham xohlaydi. Yaxshi turmush tarzida hayot kechirishini istagani ham uchun balki, qizini kollejda o’qitgandir. U ham qizlari hamma ona kabi qizlari bilan faxrlanishni xohlaydi. Qizining mashhur aktrisa bo’lishini astoydil xohlaydi. Qizlarini hamma onalar kabi eng go’zal qiz deb o’ylaydi ana shu hislati onalarga xos hislatlardan biridir.
Qiz tushmagur Sono'gi shahar koʻrgan echki bo'lgandan ko'ra kinoaktrisa bo'lsa yaxshiroq bo'lardi Shunday emasmi? Yuz koʻrinishi ham shu kunlardu sohibjamol Chang Mihidan ko'ra a’lo”.
Onani faqat yomon hislatlari haqida ko’p so’zladik, ammo uning ham ayollarga, onalarga xos hislatlari borligi aniq. Ona qiyinchilikda kun ko’rgan ayol, balki shuning uchun ham shunaqa urushqoqroq bo’lib qolgandir. Balki shu qiyinchilik, yo’qchilik hayotidan qutulish uchun o’g’il farzand dunyoga keltirmoqchi bo’lgan-u lekin orzulari chippakka chiqqani uchun shunaqa bemehr bo’lib qolgandir. Balki shu yo’qchilikdan qutulish uchun qizlarining qaysi yo’l bilan pul topishi bilan ishi yo’qdir. Muhimi pul topish deb hisoblar. Qizlarini ham o’zidek og’ir sharoitda, yo’qchilikda kun kechirisihini xohlamagani uchun loqaydlik qilar.

Hikoyada qiz obrazi.


Hikoyada o’rtancha qiz Sono’gi chiroyli, o’ziga ishongan, o’qimishli, yaxshi hayotni orzu qiladigan harakatchan qiz, biroz ayyorlik xarakteri ham mavjud. Biroz qaysar va o’z fikrida turib oladigan va aytganini qiladigan qiz. Hamma narsani pul bilan o’lchaydigan qiz desak ham xato bo’lmasa kerak. Balki bunday manfaatni birinchi o’ringa qo’yishiga sabab o’zining kambag’al oiladan bo’lganligidir. Kambag’allikdan qutulish uchun, mashhurlikka erishish uchun hamma narsaga tayyor qiz. O’z manfaatini ustun qo’yadigan va shu yo’lda had narsaga rozi bo’ladigan qiz. U avvaliga o’z shaharchasidagi do’kon egasi nazoratchi Kim bilan iliq munosabati bor edi. Lekin Seulga borib kelgach o’zgardi. Bunday o’zgarishga ham sabab albatta manfaatdir. Shu vaziyatdan kelib chiqib aytishimiz mumkinki Sono’gi vafosi yo’q qiz.
Biroq Sono'gi opam birinchi marta jo'nab ketayotganida ham, hozir ham uyga bir bir kelib ketadi-yu, ammo ,Hyongje" market tomonga qayrilib ham qaramaydi. Ba'zida opam ,,Uff! Bu devona bola" deb uni haqoratlaydi. Raqamni qayerdan topganini bilmayman-u, zerikkanida xolamning kiyim do'koniga qo'ng'iroq qiladi, deb tishini g'ichirlatadi”.
Qiz Seulga borib boshqa bir inson bilan munosabat o’rnatishi ham bevafoligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Sono’gi qimmatbaho sovg’a salomlarga uchadigan, har narsani pul bilan o’lchaydigan, yengil tabiatroq qiz. Seulga borgandan so’ng Sono’gi kibrli bo’lib qolganligini ham hikoyada ko’rishimiz mumkin. Uning kibrini sobiq yigitiga qilayotgan munosabatida ham, singlisi bilan suhbatida ham ko’rishimiz mumkin.
- Qalay? Chiroyli-a? Kyong Ok, sen bunday narsani endi ko'rishing-a? Bularning hammasi sovg'a!”.
Sono’gi o’zi bilan o’zi ovora, nazoratsiz bebosh yurishga o’rgangan qiz. Unga Seulda ota onasisiz, nazoratsiz yashash yoqib qolganidan uyiga ham borishga imkoni bo’lsa ham borishni xohlamaydi. Ozodlikda, yengil turmush tarzida kun kechirishga o’rgangan qiz. Unga faqat ko’chada daydish, ko’ngilhushlik qilish bo’lsa bas.
Yaqinda Seulga borib kelgan onamning aytishicha, bir oyda ikki marta chevarchilik uyidan ta'til olsa ham, uyga qaytishni hayoliga ham keltirmaydi. Kun bo'yi daydib,kech tushganda esa sudralib kirib kelar ekan. Ustiga ustak chevarchilik uyi telefoni to'xtovsiz jiringlarkan. Shu sababdan bu qiz oyimga qo'ng'iroq qilishga ham vaqt topolmayotganmish”.
Hikoyada qizaloq obrazi.
Qizaloq juda aqlli, ziyrak, zehnli, o’zi kichkina bo’lsa ham kattalardek fikrlaydigan dono qiz. Qizaloq juda oqko’ngil va samimiy qiz. Uning aqlli, kattalardek fikrlashi hikoyada yaqqol yoritib berilgan. Uning fikrlash doirasi tengdoshlariga nisbatan ilgari. Shuning uchun ham o’zidan ancha kattalar bilan do’stlashish, suhbatlashish unga yoqadi. Qizaloq juda oqko’ngil, haqiqatparvar qiz. U opalariga o’xshamaydi aksincha opalarining yengiltabiat ekanligidan nafratlanadi. Opasining qilib yurgan ishlaridan uyaladi. Jajji qizaloq bo’lsa ham, or- nomusi kuchli qiz desak mubolag’a bo’lmaydi.
Ikkinchi opam haqida gapirishga tilim bormaydi. Ikkinchi opam avvaliga avtobus xizmat koʻrsatuvchisi bo'lib, keyin esa sosiska zavodining ishchisi, so'ngra qahvaxona ofitsianti bo'lib ishladi. Pul topishga ishtiyoqi balandligidan yigirma olti yoshli qiz Kurodongning allaqayerida mayxona ochish bilan ovora”.
Yosh bo’lsa ham ancha narsani tushunadigan, sir saqlashni biladigan, beg’ubor qiz. Hikoyada shu jajji qiz orqali insoniylik tuyg’ulari ilgari surilgan. Shu qizaloq orqali insoniylik tuyg’ulari ko’rsatib berilgan. Qizaloqda insoniylik tuyg’ulari, sofdillik, haqiqatoarvarlik ustun turadi. U yosh bo’lsa ham market egasining beradigan shirinliklar-u yogurtlariga uchmadi. U market egasining qilgan ishidan nafratlanib bolalarcha xush ko’rib iste’mol qiladigan narsalaridan voz kechdi ya’ni qizaloq insoniylik tuyg’ularini ustun qo’ydi.
“- Bu ablahni taniysanmi? Agar shunday bo'lsa sen ham mushtimning ta'mini totib ko'rasan - haligi erkak pivo shishalarini ag'darib baqirdi. Nazoratchi Kimning yuzi birdan oqarib ketdi.
B-b-bu, nima deganingiz? Men uni tanimayman. Menga aloqasi bo'lmagan ishga aralashishni xohlamayman. Shuning uchun tashqariga chiqib hal qilinglar”.
Hikoyada yosh bolalarning toza, g’uborlarsiz qalblari qizaloq timsolida tasvirlangan. Hikoyada lattalarning qabih ishlari, yuzsizliklari, nomardliklari, o’zlaridan boshqa xech kimni o’ylamasliklariga nisbatan jajji qizaloqning sof yuragi, tuyg’ulari ko’rsatilgan. Haqiqatdan ham kichkinalarning yuragi kattalarnikidan ko’ra kattaroq, mehr bilan to’la boladi. Qizaloq o’zi kichkina bo’lsa ham katta yuragi bor.
Juraboyeva Nazira
Download 19,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish