Voltamperometrik analiz usuli, tasnifi. Amperometriya.
Amperometrik titrlash
Voltamperometriya umumiy tasnifi va tavsifi
Simob tomchi elektrodi menga nazariy va amaliy elektrokimyoda qo’llanilishi jihatidan cheksiz imkoniyatlarning instrumentini taqdim etdi.
Yaroslav Geyrovskiy (Praga, 1933)
Voltamperometriya–aniqlanadigan modda ishtirokidagi elektrokimyoviy reaksiya amalga oshadigan va analiz qilinadigan eritmaga botirilgan indikator mikroelektrodning potensiali bilan elektrolitik yacheykadagi tok kuchiga bog’liqligini tadqiq qilishga asoslangan elektrokimyoviy analiz usullarining majmuidir.
Bunday usulni birinchi bo’lib anlitik maqsadlarda Ya. Geyrovskiy qo’llagan. U tomonidan ishlab chiqilgan simob tomchi elektrodidan foydalanishga asoslangan usul polyarografiya deb ataladi. Voltamperometriya atamasini 1940 – yilda I.M.Koltgof taklif etdi.
Chex olimi Ya.Geyroskiy Pragada tug’ilgan. Aniq fanlar va tajribalarga qiziqish unda gimnaziyada o’qish chog’ida paydo bo’ldi. 1909 – yilda u Praga universitetiga o’qishga kirib, 1910 yilda o’qishni Londondagi universitet qoshidagi kollejda davom ettirdi. Universitetda o’qish davomida Geyrovskiy matematika, fizika va kimyo bilan qiziqdi. Taniqli fizik-kimyogar F.Donnan rahbarligida u alyuminiyli elektrodning
potensialini aniqladi. Shu paytdan boshlab simob tomchi elektrodi uning tadqiqotlarida markaziy o’rinni egalladi. 1918 – yilda Geyrovskiy Praga universitetida elektrokimyo bo’yicha dessertatsiya himoya qilib, falsafa doktori ilmiy darajasini oldi.
1923 – yilda yapon tadqiqotchisi M.Shikato bilan birgalikda tok kuchini potensialga bog’liqligini qayd qiluvchi avtomatik asbob (polyarograf) yaratdi.
1926 – yilda Praga universitetidagi polyarografik tadqiqotlar markazining direktori bo’ldi. 1933 – yilda uni Amerika Qo’shma Shtatlariga taklif etishdi. Bu
yerda u yarim yil davomidda Kaliforniya va Stenford universitetlarida maruzalar o’qidi. 1950 – yilda Geyrovskiy Polyarografiya institutining
direktori lavozimini egalladi va elektrod jarayonlarining fundamental tadqiqotlari bilan shug’ullandi. 1959 – yilda polyarografik analiz usulini fanga kiritganligi va rivojlantirganligi uchun unga kimyo bo’yicha Nobel mukofoti taqdim etildi.
Voltamperometriya usullarini tasniflashning turli usullari mavjud. Indikator elektrodining tabiatiga bog’liq bo’lgan voltamperometrik
analiz usullari polyarografiya va voltamperometriyaning o’ziga bo’linadi. Polyarografiyada indikator sifatida “tomchilovchi elektrodlar” (klassik
polyarografiya – simob tomchi elektrod) ishlatiladi.
Voltamperometriyaning o’zida boshqa elektrodlar ishlatiladi.
Elektrolizni o’tkazish sharoitiga bog’liq holda voltamperometrik usullarni to’rtta asosiy guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga kiritiladigan usullarga (klassik doimiy tokli polyarografiya, normal impulsli polyarografiya va h.z.o lar) voltamperogramma olish jarayonida indikator elektrodida elektrolizning boshlang’ich sharoitlarida davriy yangilanish ro’y beradi.
Ikkinchi guruhiga potensial o’zgarishining tezkor chiziqli yoki zinasimon chiziqli usullari (xronovoltamperometrik usullar yoki ostsillografik polyarografiya) kiradi.
Uchinchi guruh usullariga birinchi tartibli o’zgaruvchan tokli usullari, diffirensial impulsli polyarografiyalar kiradi. Bunday usullarda ta’sir qiluvchi signal kichik amplitudali va berilgan chastotali nazorat qilinuvchi o’zgaruvchidan potensial ∆E sekin o’zgaruvchi doimiy tashkil etuvchiga Edoim.ga bog’langandir.
To’rtinchi guruh usullariga ikkinchi tartibli (yuqori chastotali, modifikatsion, farqli chastotali, voltamperometriyalar) o’zgaruvchan tokli nochiziqli usullar kiradi. Bunday usullarda nazorat qilinadigan potensial sekin o’zgaruvchi doimiy tashkil etuvchilarga Edoim yuklangan bir yoki bir necha garmonik tashkil etuvchilardan tuzilgan. Bunday
guruhdagi usullarning signal formasi polyarografik to’lqinning ikkinchi tartibli o’zgaruvchilariga mos keladi.
Analitik signalni o’lchash sharoitlariga bog’liq holda potensiostatik (potensial o’zgarishi nazorat qilinadi) va galvanostatik (berilgan tok o’zgarishida elektrod potensialini o’lchash) voltamperometrik usullar. Voltamperometriyaning zamonaviy usullaridan yaxshi metrologik va ekspluatatsion tavsiflari bilan farqlanadigan potensiostatik o’lchashdan ko’proq foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |