|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 10/10 | Sana | 26.05.2023 | Hajmi | 232,9 Kb. | | #944264 |
| Bog'liq 10-mavzu Voltamperometrik analiz usuli
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Voltamperometriya qanday analiz usuli?
Voltamperometriya analiz usulini analitik maqasadlarda birinchi bo’lib kim qo’llagan?
Polyarografiya usuli qanday elektroddan foydalanishga asoslangan?
Voltamperometriya atamasini fanga kim kiritgan?
Chex olimi Ya.Geyrovskiyning hayoti va ilmiy faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
Elektrolizni o’tkazish sharoitiga ko’ra voltamperometriya usullarini nechta asosiy guruhga bo’lish mumkin?
Voltamperometriyada necha elektrodli yacheykalar qo’llaniladi?
Indikator mikro elektrodda qanday jarayon sodir bo’ladi?
Kllassik polyarografiyada indicator elektrodi nimadan iborat?
Simob tomchi elektrodining afvzalliklarini ayting nuqta.
Voltamperometriyada qanday indicator elektrodlari ishlatiladi?
Inversion voltamperometriyada qanday statsionar elektroddan foydalaniladi?
Sirt maydoni jihatidan indicator va taqqoslash elektrodlari qanday farqlanadi?
Polyarografiyada taqqosalash elektrodi nimadan iborat?
Polyarografiyadagi taqqoslash elektrodining potensiali eritmaning qaysi xususiyatiga bog’liq?
Uch elektrodli yacheykalarda taqqoslash elektrodi sifatida qaysi elektrodlar ishlatiladi?
Yordamchi elektrod sifatidachi?
Voltamperometrik o’lchovlarni o’tkazishda fon elektroliti qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Voltamperometriyada fon elektroliti sifatida qanday elektrolitlardan foydalanish mumkin?
Elektoaktiv moddaning elektrodga konvektiv uzatilishining oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
Voltamperometrik aniqlashlarda kislarodning ta’sirini yo’qotish uchun qanday amallar bajariladi?
Voltamperogramma nima?
Polyarografik to’lqin nima?
Yarim to’lqin potensiali nimani ifodalaydi?
Ionlarning polyarografik spektri nima?
Voltamperometriyada aniqlanadigan moddaning indicator elektrodi tomonga ko’chishi nima hisobiga ro’y beradi?
Ilkovich tenglamasi ifodasini yozing.
Diffuziya koeffitsiyenti moddaning qanday xususiyatiga bog’liq bo’ladi?
Simob tomchisining yashash davri nimaga bog’liq?
Birinchi tur maksimumlarning paydo bo’lishiga sabab nima?
Ikkinchi tur maksimumlar qanday hosil bo’ladi va ularni yo’qotishning qanday usullari bor?
Voltamperometriyaning zamonaviy usullariga nimalar kiradi?
Polyarogrammada qanday tok sohalari kuzatiladi?
Differensial impulsli voltamperometriyaning mohiyatini izohlang?
Xronoamperometriyaning mohiyatini ayting.
Siklik voltamperometriya nima?
Inversion voltamperometriya usuli qanday jihatlarga ega?
O’zgaruvchan tokli voltamperometriyaning asosiy xususiyatlarini baholang.
Voltamperometriyaning amaliy qo’llanilishiga misollar keltiring.
Amperometrik titrlashning boshqa elektrokimyoviy titrlash usullaridan farqi va o’ziga xos jihatlari.
Amperometrik titrlashda qanday reaksiyalardan foydalanish mumkin?
Tenzammetriya polyarografiyaning qanday o’ziga xos usuli?
Sirt aktiv moddaning elektrod sirtida adsorbilanish jarayonini tushuntiring.
Tenzammetrik cho’qqilarning balandligi va holati nimaga bog’liq?
Statsionar elektrodlardan foydalanish tenzometrik aniqlashlarning qanday xossasini oshiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|