Voleybol o’yinida texnik tayyorgarlik haqida umumiy tushuncha mundarija kirish


Voleybol o’yinida sakrovchanlikni rivojlantirish texnikasining dolzarbligi



Download 43,19 Kb.
bet3/6
Sana17.03.2023
Hajmi43,19 Kb.
#919861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Voleybol o’yinida texnik tayyorgarlik haqida umumiy tushuncha

1.2. Voleybol o’yinida sakrovchanlikni rivojlantirish texnikasining dolzarbligi
Voleybolchilar uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik tezlik-kuchlilik sifatlariga mansub bo’lib oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarish bilan ifodalanadi. Aynan shu sifatni yuksak darajada bo’lishi nisbatan past bo’yli o’yinchilarni baland bo’yli o’yinchilar bilan raqobatini va asosiy o’yin malakalarini (zarba berish va to’siq qo’yish) samarali ijro etilishini ta`minlaydi [11].
Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun eng qulay davr bu 10-11 yoshdir. Bu davrda yosh voleybolchilarda joydan turib balandga sakrash 12,5 sm gacha ortishi kuzatiladi [11].
Sakrovchanlik sifatining turlari ko’p. Masalan, ikki oyoq bilan debsinib yugurib kelib yoki joydan turib vertikal sakrash bir oyoq bilan debsinib vertikal yoki uzunlikka sakrash, ikki oyoq bilan debsinib uzunlikka sakrash va hokazo. Har bir sakrash turining o’ziga hos maqsadi va maqsadga mos ijro etish tartibi (texnikasi) bo’ladi. Voleybol, basketbol, futbol va boshqa sport o’yinlari bilan shug’ullanuvchi sportchilarning sakrovchanligi bir-biridan farq qiladi. Ta`kidlash lozimki, hatto bir sport o’yinida, masalan voleybolda - zarba yoki to’siq qo’yish, to’p kiritish yoki uzatish uchun ijro etiladigan sakrashlar mohiyati bir-biriga sira o’xshamaydi [15]. Boz ustiga yana shuni eslatish o’rinliki, faqat bir o’yin malakasi - zarba berish turiga qarab (qisqa yoki baland to’pdan zarba berish) sakrash xususiyati umuman boshqacha bo’ladi. Binobarin, sakrovchanlik yoki sakrash chidamkorligi degan tushuncha ko’p qamrovli mazmun, mohiyat, xususiyat va ma`noni anglatadi. Demak, bu sifatlarni rivojlantirish haqida gap borganda muayyan sakrash turi va uni o’ziga munosib mashqlariga alohida e`tibor berilishi o’ta muhim masaladir.
So’nggi yillarda voleybol musobaqasi qoidalarining tubdan o’zgarishi o’yin faoliyati va o’yin malakalarining ijro etilishiga batamom yangicha tus berib yuborgan. Hozirgi kunda deyarli barcha o’yin malakalari aksariyat vaziyatlarda «havoda», ya`ni sakrab ijro etiladi (zarba, to’siq qo’yish, to’p kiritish, uzatish, to’pni qabul qilish, yiqilib qabul qilish). Ushbu holatni yuzaga kelishi voleybol amaliyotida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi sifatlariga e`tibor qaratishni nafaqat kuchaytirayapti, balki bu sifatlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi ilmiy texnologiyalar yaratishni taqazo etmoqda [8].
Shuning uchun ko’p yillik sport tayyorgarligi jarayonida malakali voleybolchilarni tayyorlash samarasi sakrovchanlik sifatini har tomonlama mukammal tarbiyalash ustivorligiga bevosita bog’liq bo’lib boryapti.
Voleybolchilar sakrovchanligi va sakrash chidamkorligini rivojlantirish muammolarini yorituvchi ilmiy tadqiqotlar hamda lmiy adabiyotlar doirasi juda keng (Kao Van Txi, 1971; Kondak N.N., 1985; Ivoylov A.V., 1974, 1981, 1985; Jeleznyak Yu.D., 1978, 1988; Popichev M.I., 1990; Ayrapetyants L.R., 2003; Boyirbekov M., 2003 va boshqalar).
Yuqori malakali sportchilarni erishgan yutuqlari ma`lum manoda ularning fundamental tayyorgarligiga bog’liqdir [9].
Shunday ekan, yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlash va sport mahoratini yuksak darajaga olib chiqish dastlabki o’rgatish jarayoni samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Yu.D.Jeleznyak (1991) ning fikricha voleybolga ixtisoslashgan mashg’ulotlar bilan ilk bor shug’ullanishni 10-11 yoshdan boshlash maqsadga muvofiqdir. U o’zining tadqiqotlarida aynan shu yoshda bolalarni jismoniy va texnik tayyorgarligini jadal o’stirish imkoniyatlarini ochib berdi.
Isbot qilinganki dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh voleybolchilarning kelajakdagi istedodini aniqlashga yordam beradigan test mashqlarini tanlay bilish va qo’llash katta axamiyatga ega. E.A.Sergeev (1979) bunday mashqlar qatoriga birinchi navbatda sakrovchanlik va chaqqonlikni baholovchi mashqlarni kiritish muhimligini ta`kidlaydi. Tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida asosiy jismoniy sifatlarni, shu jumladan maxsus sifatlarni baholash imkoniyatini beruvchi test mashqlari tarkibini oshirish tavsiya etiladi.
Albatta, sakrovchanlikni rivojlantirish tayyorgarlikning qaysi bosqichida amalga oshirilishidan qat`iy nazar bu masala umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini qanday darajada rejalashtirilishiga bog’liq. Shuning uchun ushbu jarayonning malakali voleybolchilarni tayyorlashdagi ahamiyati, qolaversa asosiy o’yin malakalarini zarba berish, to’siq qo’yish) ijro etish samarasi sakrovchanlikka to’g’ridan-to’g’ri bog’liqligi haqidagi ma`lumotlar taxlili alohida ahamiyatga egadir [6,7,8].
Maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) sport faoliyatidagi dolzarb muammolardan biridir va barcha sport turlarida yuksak sport natijalarga erishish uchun muhim axamiyatga ega. Shuning uchun maxsus jismoniy sifatlarni (MJS) rivojlantirish sportchilarni musobaqa oldi tayyorgarligining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi [12].
«Voleybolchilar mashg’ulotsining muvaffaqiyati, o’yinchilar MJS larining rivojlanish darajasini aniq va to’g’ri nazorat qilinishiga bog’liqdir. Pedagogik nazorat (PN) alohida MJSni o’zgarish darajasi dinamikasini (sur`atini) aniqlash imkoniyatini beradi. Buni asosida, MJTni samarali boshqarishni yangi yo’llarini belgilash mumkin» (E.V.Fomin, 1981). Negaki «tayyorgarlik tuzilishini oqilona tashkil etishni zamonaviy yo’llaridan biri, qisqa vaqt ichida sport formasini rivojlantirishni ko’p qirrali modelini tuzishdir» (V.M.Maksimova, V.A.Nikulichev, 1983).
Jismoniy tayyorgarlikni, pedagogik nazorat turlarini o’rganish: A.V.Belyaev, 1978; E.I.Bondarevskiy, 1983; M.A.Godik, 1977, 1981; V.M.Zatsiorskiy, 1982; Yu.A.Jendibin, 1982; V.V.Solovev, 1980; E.V.Fomin, 1981 va boshqalarni ishlarida tez-tez uchraydi, ma`lum ravishdagi MJTni PNning aniq belgilangan savollariga javob bera oladi.
Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug’diradi (V.Zatsiorskiy, 1989).
Hozirgi jaxon sportidagi ko’rsatkichlarning jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashning yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqazo etadi [13].
Ko’pgina tadqiqotlar (Kao Van Txi, 1971; Yu.D.Jeleznyak, 1973; A.V.Belyaev, 1975; E.V.Fomin, 1980; R.S.Nasimov, 1990 va boshqalar) shuni ko’rsatadiki, voleybolchilarning sport mahoratini yuksalishi aksariyat xollarda tezlik-kuchlilik sifati bo’yicha belgilanadi. Ushbu sifatni rivojlantirish voleybolchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biridir (Yu.D.Jeleznyak, 1978; E.V.Fomin, 1979; A.V.Belyaev, 1983; M.A.Naraliev, 1987; A.T.Garipov, 1990 va boshqalar).
Yuqorida qayd etilgan ma`lumotlar shuni ko’rsatadiki, yosh voleybolchilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakillanishi muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori malakali voleybolchilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy o’yin malakalarini takomillashishida muxim o’rin egallar ekan.
Voleybol nazariyasi va amaliyoti sohasi doirasidagi ko’pgina mutaxassislar fikricha sakrovchanlik va sakrash tayyorgarligining o’yin davomida ijro etiladigan texnik malakalar samarasini belgilab beradi. Har bir o’yinda ishtirok etuvchi jamoa o’yinchilarning o’yin mahorati, jismoniy tayyorgarligi va o’yin partiyalarining davom etishga qarab texnik malakalar hajmi va samaradorligi turlicha bo’lishi o’z-o’zidan ma`lum [6,7,8].
L.R.Ayrapetyants (2012) o’yin samarasini baholashda nafaqat ijro etilgan texnik malakalar hajmi, balki ularning turlarini ham e`tiborga olish muhimligini ta`kidlaydi. Uning tadqiqotlariga ko’ra, to’p kiritish, zarba beri, to’siq qo’yish malakalari o’tkazilgan musobaqalar mavqeiga qarab turli samaradorlik bilan ijro etilishi mumkin.
Ayrim tadqiqotchilar (L.R.Ayrapetyants, M.A.Godik, 1991) turli musobaqa o’yinlarida sakrab ijro etiladigan ba`zi texnik malakalar xajmini aniqlab, o’yin mavqei va davom etishga qarab sakrash harakati hajmi turlicha bo’lishini e`tirof etishgan.
Yuqorida berilgan jadvallarda shu narsa ko’zga tashlandiki, ijro etilgan malakalar, shu jumladan sakrash harakati ham o’yin mavqei va natijasiga nisbatan o’yin samarasini aniqlashda to’laqonli mezon bo’la olmaydi. Chunki, g’alabaga yoki mag’lubiyatga uchragan jamoa o’yinchilarida malakalar hajmi bir xil bo’lishi, hatto mag’lubiyatga uchragan jamoa o’yinchilarida xajm ko’p bo’lishi mumkin. Demak, o’yinda malakalar, shu jumladan sakrash harakati xajmi yuqori bo’lgani bilan uni sifati (samaradorligi) bo’lmasa o’yinning yakuniy natijasi ham ijobiy bo’lmaydi. Shunday bo’lsada, ushbu ko’rsatkichlar mezon sifatida mashg’ulot yuklamasini baholashda muhim omil bo’lib hisoblanadi [7].
Musobaqa jarayonida sakrovchanlikning tezlik-kuchlilik sifatlarining muhim ko’rsatgichlari ekanligi N.A.Belyaev (1975) tomonidan o’ziga xos ravishda talqin qilingan. Muallifning fikriga ko’ra, musobaqa o’ynalgan partiyalarning soni ortishi bilan ularga sarflanadigan vaqt ham turlicha o’zgarib boradi. Masalan, 5 partiya davom etgan o’yinda 1 partiya 19 daqiqaga teng bo’lsa, 5 partiya 29 daqiqani tashkil etdi. So’nggi partiyaning davom etish vaqti uzayishi bilan zarba berish va to’siq qo’yish uchun bajarilgan sakrash harakati xajmi ortib borishi kuzatilgan.
Yuqorida tahlil qilingan adabiyotlardan ko’rinib turibdiki, sakrovchanlik sifatlari voleybol o’yinida texnik-taktik malakalarni samarali ijro etishda hal qiluvchi omillardan biri ekan.
Sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirish ilmiy asosda amalga oshirilsagina rejelashtirilgan maqsad samarali hal qilinishi mumkin. Ayniqsa, yosh voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik bosqichida bu sifatni shakllantirish ehtiyotkorlik va muntazam nazoratni talab qiladi.
Bu bosqichda sakrovchanlikni maxsus mashqlar yordamida rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir.Voleybol o’yin texnikasini o’yinda qo’llaniladigan harakat faoliyatlarining maqsadga muvofiq, aniq vazifalarni xal qilishga imkon beradigan usullari yig’indisi deb atash mumkin. «Texnika» so'zi yunoncha so’z bo’lib, «mahorat» ma’nosini anglatadi. Takomillashgan texnik usullarni egallash bilan yuqori mahoratga erishiladi. Voleybol o’yin texnikasi o’yinni olib borish uchun zarur bo’lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir, xarakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi, o’yindagi har bir texnik usulni bajarish bir-biri bilan uzviy bog’langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli bo’lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o’rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar).Texnikaning asosiy qismi - ma'lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va xal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi.
Texnikaning detallari - harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. tehnika detallari turli sportchilarda turlicha bo’lib, bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog’liq bo'ladi.
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo’yish mumkin.
Tayyorgarlik fazasini ahamiyati harakatning bosh fazada bajarish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma hafakatlarni (to’siq qo’yganda, koptokni o’yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo’nalishda samarali foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash maqsadida so’nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinarnik o’yin bo’lganligi sababli voleybolni turii texnik usullarni egallashi, o’yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o’yinchining texnik mahoratini belgilaydi. Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilarda ifodalanadi:
harakat usullarining aniq va sarnarali bajarilishi;
halal beruvchi omillar (charchash, psixologik keskinlik, tashqi sharoltning salbiy ta'siriari va boshqalar) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqaroriigi;
raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish;
usullarning bajarilish ishonchliligi.
Voleybol rivojlanishining har xil davriarida texnik harakatlarni bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o’zgardi va takomillashlb bordi. Texnik usullarning o’zgarishiga o’yin qoidalarining o’zgarishi, taktik harakaflarning takomillashuvi, o’yinchilar jismoniy tayyorgarlik darajasining o’sib borishi asosiy sabab bo’ldi. Hujum va himoyadagi o’yin dinarnikasining o’sishi, harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo’ldi.
Shunday bo’lsada, o’yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundanda samaraliroq imkoniyatlari yo’q deb bo’lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o’yin texnikasiga yangi, ilgor usullarni kiritish va uni ro’yobga chiqarish uchun istiqbol yaratadi.
O’yin texnikasining tasnifi
O’yin texnikasini tasniflash - ularni shakli, mazmuni, qo’llaniladigan usullarning nimaga mo’ljallanganligi, harakatlarning bir-biriga bogliqligi, harakatlarning kinematik va dinamik tuzilishga qarab ma'lum guruhlar va bo’limlarga ajratishdir.
Voleybol texnikasi ikkita katta bo’lim: hujum va hirnoyadagi texnikalarga bo’linadi. O’z navbatida, yuqoridagi bo’limlar ham texnik usullarning shakli va mazmuniga ko’ra bir qancha guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhda texnik harakatlarning o’ziga xos bajarish usullari mavjud bo’ladi.Hujum zarbasini, berish va to’siq qo’yishda - baland {1 a-rasm), o’yinga kiritilgan to’pni qabul qilishda - o’rta (1 б-rasm), hujum zarbasini yoki to’siqdan pastlab qaytgan to’pni qabul qilishda - past (1 в-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umunniy og’irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Shuni ham ta'kidlash o’rinliki, o’yinchining bo’yi va uning koordinaesion qobiliyati UOMga sezilarli ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bolishi kerakki bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko’rsatish imkoniyatini bera olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo’llanilish xususiyatiga qarab statik (o’yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o’tkazish bilan to’pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to’siq qo’yishni kutishda) holatlarda bo’ladi. Bu turish holatlarida qo’llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo’ladi. Gavda erkin holatda bo’lishi kerak.
Harakatlanish. O’yinehi ma'lum bir texntk usulni bajarish uehun maydon bo’ylab harakatlanadi. Bunda usul va o’yinning vaziyatiga bog’liq holda, qadam tashlab {oldinga, orqaga, yon tomonga), sapehib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuneha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo’ladi, Yon tomonga qadamlashdan ko’p hollarda katta bo’lmagan masofani bosib o’tish bilan to'siq qo’yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to’siqdan o’z yo’nalishini o’zgartirib qaytgan to’pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yo’nalishiga yaqin bo’lgan oyoqdan boshlanadi. Sapehib, sakrab, yugurish bilan bo’ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo’llaniladi. Ko’rib ehiqilgan harakatlardan ko’p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi


Download 43,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish